$
12695.00 UZS
11.01
138.12 UZS
-1.12
13648.39 UZS
0.42
30° Kechasi 16°

Samarqanddagi yangilanayotgan aeroport hududida XVII asrga oid qabrtoshlar topildi

16:43 / 04.11.2021

Samarqandda yangilanayotgan aeroport hududiga qo‘shilishi kerak bo‘lgan yangi hududdan qadimiy qabrtoshlari topildi. 

Samarqand viloyati madaniy meros boshqarmasi mutaxassislari olib borgan o‘rganishlarga ko‘ra, mazkur qabrtoshlar haqiqatda qadimiy bo‘lib, ular qurilish ishlari olib borilayotgan hududdagi dala hovlilar o‘rnida aniqlangan.

Qabrtoshlar Samarqand arxeologiya instituti va SamDU Tarix fakulteti xodimlari tomonidan o‘rganildi. O‘rganish jarayonida o‘lchami 154x50x34 santimetrli sandiq shaklidagi qabrtosh oq marmardan ishlangani va toshning usti va yon tomonlarida “Baqara” surasining 254, 256-oyatlari tushirilgani ma’lum bo‘ldi. Qabrtoshning ayrim qismlari yaxshi saqlamaganligi shaxsning dafn etilgan vaqti va to‘liq ism-sharifi haqida ma’lumot olish imkonini bermagan. Ammo shikast yetmagan qismidagi “Oqila bibi” degan yozuv o‘qib olingan. 

Ikkinchi qabrtosh ham sandiq shaklida bo‘lib, qora marmar toshdan ishlangan, unda hijriy 1049-yil (milodiy 1659-yil) sanasi bitilgan, o‘lchami 116x37x25 sm. Qabrtosh sohibining ismi yozilgan tomoniga shikast yetganligi sababli hozircha bu borada ma’lumot mavjud emas. 
Madaniy meros agentligining Xabardor.uz’ga ma’lum qilishicha, ayni vaqtda tadqiqot ishlari davom etmoqda. 

Qabrtoshlar Samarqand xalqaro aeroporti MChJ tomonidan Samarqand o‘lkashunoslik muzeyiga olib kelindi, tadqiqot ishlari davom etmoqda.


Bu ham qiziq

Falastinlik san’atkorlar vayronalarda qo‘shiq kuylab, G‘azo faryodini dunyoga yetkazmoqda

Falastinlik san’atkorlar vayronalarda qo‘shiq kuylab, G‘azo faryodini dunyoga yetkazmoqda

Ular umri davomida o‘z so‘zlarini qo‘shiq orqali dunyoga yetkazadi.
09:40 / 09.05.2024
Uzbekistan Airways qator xalqaro reyslarga chegirma e‘lon qildi

Uzbekistan Airways qator xalqaro reyslarga chegirma e‘lon qildi

Aksiya faqat bir kun — 9-may kuni soat 00:00 dan 23:59 gacha amal qiladi.
19:29 / 08.05.2024
Prezident jahon urushi qatnashchilari holidan xabar oldi

Prezident jahon urushi qatnashchilari holidan xabar oldi

Bobolar o‘zbekistonliklarni tinchlikning qadriga yetish, vatanparvarlik, mehnatsevarlikka da’vat etdi.
14:30 / 08.05.2024
Toshkentda 4 ta avtobusning harakat yo‘nalishi o‘zgardi

Toshkentda 4 ta avtobusning harakat yo‘nalishi o‘zgardi

Shuningdek, 72-sonli “Aviasozlar — Jomiy maydoni” avtobus yo‘nalishining ish boshlash vaqti soat 5:30 dan 5:00 ga uzaytirila…
09:57 / 09.05.2024
Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan uchrashdi

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
07:52 / 09.05.2024
Markaziy bank to‘qqizta bankni jarimaga tortdi

Markaziy bank to‘qqizta bankni jarimaga tortdi

Ro‘yxatga olish va ruxsat berish yo‘nalishida 34 ta masala ko‘rib chiqilgan.
11:28 / 09.05.2024
Avtomobillarni daraxtlar tagida qoldirmang!

Avtomobillarni daraxtlar tagida qoldirmang!

Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bugun poytaxtda kuchli shamol boʻlishi kutilayotganligi sababli qator xavfsizlik choralari…
17:13 / 09.05.2024
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev Moskvaga tashrif buyurdi

Prezident Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 79-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.
16:30 / 08.05.2024
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

U urush davrida 214 ming askar va ofitserlarimiz jangovar orden va medallar bilan taqdirlangani ma’lum qildi.
15:16 / 08.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!