$
12620.01 UZS
-42
135.74 UZS
-1.91
13522.34 UZS
-71.59
22° Kechasi 12°

Bolani telefonga qaramlikdan qutqarish mumkinmi?

17:41 / 15.04.2024

XXI asr epidemiyasi deya ta’riflanuvchi nomofobiya kasalligi, telefonga qaramlik, undan ayrilib qolishdan qo‘rquv hissi paydo bo‘lishi bilan kechadi va hozirda ko‘proq bolalar va o‘smirlarda uchramoqda.

Ushbu fobiyadan aziyat chekadigan inson asabiy, diqqatini jamlay olmaydigan bo‘lib qolishi mumkin. Shuningdek, bu holat qo‘lida telefon bo‘la turib, undan foydalanish uchun imkon (uyali tarmoq signali yoki Wi-Fi) bo‘lmasligi sababidan ham yuzaga keladi.

Eng yomoni, telefondan uzoq vaqt davomida betartib foydalanish insonning ham jismoniy, ham ruhiy salomatligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Gajetlar qarshisida ko‘p vaqt o‘tkazish bolada umurtqa pog‘onasi, bo‘yin bilan bog‘liq turli xastaliklar rivojlanishi xavfini ham tug‘diradi.

Albatta, bolalarni telefondan mutlaqo ayirib qo‘yish ham noto‘g‘ri. Chunki ularning zarari bilan bir qatorda foydali tomonlari ham ko‘p. Zamonaviy gajetlar taqdim eta oladigan imkoniyatlar bolalarga yangi bilim olishga yordam beradi, ularga o‘qish jarayonida asqatadi. Shuning uchun ham bu borada ota-onalar e’tiborli bo‘lishlari lozim.

Profilaktik maqsadlarda bolalar va o‘smirlarning telefon bilan o‘tkazadigan vaqtini qisqartirishga harakat qilish kerak. Bu vaqt davomida farzadingiz bilan ko‘proq birgalikda uy yumushlarini bajaring, sevimli mashg‘ulotlariga yo‘naltiring. Natijada, bola telefonsiz hayot nafaqat mumkin, balki yorqin va hissiy jihatdan boy bo‘lishini anglab yetadi.

Uyda telefonini doim yonida olib yurmasligi kerakligini uqtiring. Gajet bir joyda turgani ma’qul ekanini anglab yetsagina nomofobiya kasalligiga uchrash ehtimoli kamayadi.

Dam olish kunlari oilaviy telefonni bir necha soatga o‘chirib qo‘yish odatini shakllantiring. Axir bolalar kattalardan o‘rnak olishadi. Asta-sekin bu vaqtni oshirib borish mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkaziladigan vaqtni nazorat qiling.
Bola uchun “real” hayotda qiziqarli bo‘ladigan, shu jumladan oilaviy muloqotni o‘z ichiga olgan sevimli mashg‘ulotlarni topishga harakat qiling. Dam olish kunlari birgalikda sayrlar uyushtiring.

Eng asosiysi, bu avvaliga juda qiyin ko‘rinsa-da, bolani vaqtida “real” hayotda “ushlab qolish” va telefonga qaramlik darajasigacha yetib bormasligi uchun zamin yarata olishdir.


Lifestyle


														
														Isroil qamoqxonasidagi falastinlik yozuvchi oliy mukofotni qo‘lga kiritdi

Isroil qamoqxonasidagi falastinlik yozuvchi oliy mukofotni qo‘lga kiritdi

Hibsga olinganida u An-Naja universitetining jurnalistika fakulteti talabasi edi.
16:34 / 29.04.2024

														
														Botir Qodirov va Jo‘rayevlarning sud ishiga shubha bildirilmoqda

Botir Qodirov va Jo‘rayevlarning sud ishiga shubha bildirilmoqda

Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati bu haqida bayonot berdi.
16:29 / 29.04.2024

														
														Yurak uchun 8 qoida

Yurak uchun 8 qoida

Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish uchun har yili profilaktik tibbiy ko‘riklardan o‘tib turish lozim!
11:24 / 29.04.2024

														
														Tanqidlarni yengib o‘tgan mashhurlar

Tanqidlarni yengib o‘tgan mashhurlar

Siz ular haqida bilasizmi?
10:12 / 29.04.2024

														
														Mirzo Ulug‘bekning ko‘rinishi haqidagi taxminlar

Mirzo Ulug‘bekning ko‘rinishi haqidagi taxminlar

U o‘z xulosasini AQSh olimlari kashf etgan yangicha ilmiy uslubga asoslangani bilan izohlaydi.
09:56 / 29.04.2024

														
														Birinchi marta 60 yoshli ayol go‘zallik tanlovida g‘olib bo‘ldi

Birinchi marta 60 yoshli ayol go‘zallik tanlovida g‘olib bo‘ldi

Hamda keyingi bosqichga ko‘tarildi.
14:56 / 28.04.2024

														
														Sun’iy olmoslar nima uchun yaratilmoqda?

Sun’iy olmoslar nima uchun yaratilmoqda?

U turli xil sanoat jarayonlarida ishlatiladi.
14:54 / 28.04.2024

														
														Alisher Fayz haqida qiziqarli faktlar

Alisher Fayz haqida qiziqarli faktlar

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Alisher Fayz haqida qiziqarli faktlarni taqdim etamiz.
14:48 / 28.04.2024

														
														Hozir ham uzoq umr ko‘rish mumkinmi?

Hozir ham uzoq umr ko‘rish mumkinmi?

110 yoshli erkak o‘z tavsiyalarini berdi.
11:12 / 28.04.2024

														
														“Titanik”dagi jasaddan topilgan soat auksionda sotildi

“Titanik”dagi jasaddan topilgan soat auksionda sotildi

Qayd etilishicha, bu “Titanik” esdalik buyumlari sotuvidan tushgan eng katta summadir.
09:59 / 28.04.2024

Bu ham qiziq

Kolumbiyada vertolyot qulashi oqibatida 9 askar halok bo‘ldi

Kolumbiyada vertolyot qulashi oqibatida 9 askar halok bo‘ldi

Vertolyotning qulashi sabablarini aniqlash bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda.
12:36 / 30.04.2024
Yurak uchun 8 qoida

Yurak uchun 8 qoida

Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish uchun har yili profilaktik tibbiy ko‘riklardan o‘tib turish lozim!
11:24 / 29.04.2024
Indoneziyada Ruang vulqoni otildi

Indoneziyada Ruang vulqoni otildi

Qayd etilishicha, u tutun va kul ustunini 19 kilometr balandlikka uloqtirgan.
14:02 / 30.04.2024
Botir Qodirov va Jo‘rayevlarning sud ishiga shubha bildirilmoqda

Botir Qodirov va Jo‘rayevlarning sud ishiga shubha bildirilmoqda

Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati bu haqida bayonot berdi.
16:29 / 29.04.2024
Qo‘qonda 11-sinf o‘quvchisi odam urib yubordi

Qo‘qonda 11-sinf o‘quvchisi odam urib yubordi

Qo‘qon shahrida 11-sinf o‘quvchisi mashina boshqarib odam urib yuborganligi haqidagi xabar va unda keltirilgan holatlar yuza…
09:38 / 29.04.2024
Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlarida tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi

Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlarida tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi

Taʼmirlash ishlari tufayli Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlarining quyidagi hududlariga 29-aprel kuni tabiiy gaz yetkazib …
10:10 / 29.04.2024
Qodirovning 16 yoshli o‘g‘li universitetga kurator bo‘ldi

Qodirovning 16 yoshli o‘g‘li universitetga kurator bo‘ldi

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu bo‘yicha ta’lim muassasasining o‘zi iltimos bilan chiqqan.
14:42 / 29.04.2024
29-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

29-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 29-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib t…
18:00 / 28.04.2024
Doha – Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar yo‘lga qo‘yiladi

Doha – Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston elchisi Ashraf Xo‘jayev “Qatar Airways” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Badr Muhammad Al-Miyr bilan uchrashuv…
09:05 / 29.04.2024
O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi qancha?

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi qancha?

Toshkentda o‘rtacha oylik ish haqi 8 million so‘mdan oshdi.
12:29 / 29.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!