$
12683.99 UZS
35.87
139.24 UZS
0.82
13647.97 UZS
25.94
32° Kechasi 21°

Bugun – 9-fevral buyuk bobomiz shoir, mutafakkir, davlat arbobi Alisher Navoiy tavallud topgan kun

11:29 / 09.02.2024

1. Navoiy buyuk shoir, tadbirkor, iqtisodchi va milliarder bo‘lgan.

“Faxri Hirotiy”ga asoslanib Bertesning ma’lumot berishicha, Navoiyning 1 kunlik daromadi 75 ming dinor bo‘lib, shundan 15 ming dinorini xarajatlari uchun sarflagan. Navoiyning 1 kunlik maoshi bugungi hisobda 15 million 900 ming dollar, xarajatlari 3 million 800 ming dollar, sof daromadi esa 12 million 720 ming dollarni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich bir yilda 4 milliard 642 million 800 ming dollarni tashkil etgan. Navoiy bu daromadlarini ilm-fan yo‘lida, mamlakat obodonchiligi yo‘lida sarf etgan.

2. Navoiyning farzandlari bo‘lganmi? Tarixiy manbalarga ko‘ra, Navoiy oila qurmagan, lekin buni aniq fakt deya olmaymiz.

Navoiyshunos olim Muhammadjon Mahmudning “Navoiy hayoti va ijodiga yangicha qarash” nomli risolasida keltirilishicha: Navoiyning haqiqatdan ham o‘z pushtikamaridan bo‘lgan farzandlari bo‘lmagan, ammo farzand sifatida qabul qilgan shogirdlari bo‘lgan. Ular Mir Ibrohim hamda Xojimuhammad hisoblanadi. Ularning har ikkisi ham Navoiy xonadonida suyukli farzand va bilimdon shogird sifatida e’zozlangan. Bunga misol tariqasida esa “Majolis unnafois” asarida Mir Ibrohimga nisbatan “O‘g‘ilchilay”, ya’ni “O‘g‘ilchaday asrabmen” deya keltirilgan satrlarni misol qilish mumkin.

3. Navoiy dasxatini marhuma Navoiyshunos olim Suyuma G‘aniyeva 1991-yil mustaqillik sovg‘asi sifatida Eronning “Ko‘hi Guliston” muzeyidan olib kelgan. Suyuma opagacha bu dasxatni juda ko‘plab Navoiyshunos olimlar, jumladan, Hamid Sulaymon ham izlagan bo‘lib, dasxatni topishning iloji yo‘q degan xulosaga kelgan.

4. Navoiy muhriga qanday satrlar bitilganini bilasizmi?

Navoiy muhriga arab harflari bilan “Sen bu dunyoda bir yo‘lovchidek, bir faqirdek yashagin, faqir Navoiy”, degan satrlar bitilgan ekan.

5. Ilk robotlar haqida Navoiy yozib qoldirgan desam ishonasizmi? U Farhod va Shirin dostonida:

Bo‘lur, darvoza ichra oshkoro,

Temir jismiki qilmish paykar aro.

Ya’ni, odamga juda o‘xshash bo‘lgan temir tanning ichi quvvatga to‘ladir, deya yozib qoldirgan.

6. Televizorni kim kashf qilgan? Graboviskiy va Belyaniskiylarmi? Yo‘q, Alisher Navoiy o‘zining Farhod va Shirin dostonida:

G‘aroyib ko‘p huvaydo bo‘lg‘usidir,

                      Basanda shakl paydo bo‘lg‘usidir,- deya yozadi.

Ya’ni, g‘aroyib jism ichida turli shakllar paydo bo‘ladi. Uning nomi oynaijahon deb nomlanadi.

7. 5 asr oldin divegatel, ya’ni motor haqida kim ham o‘ylabdi deysiz? Shubhasiz, Navoiy:

Kishi hayrati birla jumbush namoil,

Ul otashgoh ichra harorat fuzoy.

Ya’ni, odam gavdasiga o‘xshaydigan narsa ichida olov yonib, harorat yetiladi.   

8. Navoiy lift va eskalatorning ishlash tizimi haqida yozganida amerikalik kashfiyotchi Jessi Renodan nom-nishon ham yo‘q edi. Uning“Sabbai sayyor” dostonida shunday misralar bor:  

Poyalar mahdamida bo‘lgay past,

Aylagay bir-birining yuziga nishast.

Ya’ni, shoh bu taxtga chiqadigan bo‘lsa, tillapoyalar unga tomon pasayib, yoki ko‘tarilib bir-birining ustiga yotadi.

9. Navoiy 5 asr oldin svetofor haqida aytib o‘tgan:

Hilqatikim to aylamish jonon qizil, sarig‘, yashil,

Shulayi ohim chiqar, har on qizil,  sarig‘, yashil.

U payt avtomobillar bo‘lmagan, shuning uchun Navoiy bu ranglarda yor kayfiyatini ifodalagan, xolos.

10. Portlovchi modda-bomba ham Navoiyning g‘oyasi desam ishonavering. Shoir:

Borib tushdi ado arosig‘a chust,

Azim un chiqardi tegib yerga rust.

Ya’ni, koptoksimon jism yerga tushib o‘zidan daxshatli sado chiqardi.

Yuqoridagi misollardan shuni anglaymizki, avval g‘oyalar, keyin ixtirolar paydo bo‘lgan!

 

Tayyorladi: Sabohat Saidrizo


Ilm-fan


														
														Dunyodagi birinchi robot styuardessa namoyish etiladi

Dunyodagi birinchi robot styuardessa namoyish etiladi

Robot styuardessa 6-9-may kunlari “Arabian Travel Market” ko‘rgazmasida namoyish etiladi.
12:26 / 04.05.2024

														
														Qirq yil kuniga qirq varaqdan asar yozgan olim

Qirq yil kuniga qirq varaqdan asar yozgan olim

Tabariy tarix, fiqh va tafsir va qiroat ilmlaridan tashqari arab she’riyati, nahv, matematika va tibbiyot ilmlarini ham yaxs…
10:29 / 17.03.2024

														
														Lenovo olti oyoqli robot-itni taqdim qildi

Lenovo olti oyoqli robot-itni taqdim qildi

Daystar Bot GS qidiruv-qutqaruv ishlarida ishtirok etishi mumkin.
10:30 / 13.03.2024

														
														Finlyandiya qishda energiya bilan ta’minlaydigan “qum batareyasi”ni yaratdi

Finlyandiya qishda energiya bilan ta’minlaydigan “qum batareyasi”ni yaratdi

Kompaniyalarning fikriga ko‘ra, bu quvvatlagich qishda bir hafta yoki yozda bir oy isitish ehtiyojlarini amalga oshira oladi.
10:22 / 13.03.2024

														
														Xakerlar simsiz quvvatlagich orqali telefonlarni masofadan yoqishni o‘rganishdi

Xakerlar simsiz quvvatlagich orqali telefonlarni masofadan yoqishni o‘rganishdi

280°C dan yuqori haroratda qizituvchi elektromagnit shovqin yaratishi mumkinligini aniqladi.
10:46 / 24.02.2024

														
														Bugun – 9-fevral buyuk bobomiz shoir, mutafakkir, davlat arbobi Alisher Navoiy tavallud topgan kun

Bugun – 9-fevral buyuk bobomiz shoir, mutafakkir, davlat arbobi Alisher Navoiy tavallud topgan kun

Navoiy buyuk shoir, tadbirkor, iqtisodchi va milliarder bo‘lgan. Ilk robotlar, svetofor, lift va eskalatorlar haqida bobomiz…
11:29 / 09.02.2024

														
														Qaysi tarixiy shaxslarning qabrlari haligacha topilmagan?

Qaysi tarixiy shaxslarning qabrlari haligacha topilmagan?

Tarixdagi ayrim buyuk shaxslarning qabrlari qayerda ekanligi haligacha aniqlanmagan.
16:06 / 05.02.2024

														
														Dunyodagi yagona gigant albinos chumolixo‘ri aniqlandi

Dunyodagi yagona gigant albinos chumolixo‘ri aniqlandi

Hayvon bir yil davomida kuzatuvga olingan.
12:34 / 01.02.2024

														
														Oydagi birinchi “SLIM” oy modulining tarixiy surati e’lon qilindi

Oydagi birinchi “SLIM” oy modulining tarixiy surati e’lon qilindi

“Hubble” va “Spitzer” teleskoplari tomonidan suratga olingan.
15:04 / 28.01.2024

														
														Sunʼiy intellekt ichimlik suvi zaxirasiga oid xatolarni aniqladi

Sunʼiy intellekt ichimlik suvi zaxirasiga oid xatolarni aniqladi

Maishiy kranlarni ichimlik suvi bilan taʼminlaydigan suv havzalarining 30 foizini tartibga solgan.
13:07 / 28.01.2024

Bu ham qiziq

Amudaryo ustidan o‘tuvchi qo‘shma ko‘prikda transport harakati vaqtincha to‘xtatiladi

Amudaryo ustidan o‘tuvchi qo‘shma ko‘prikda transport harakati vaqtincha to‘xtatiladi

Ushbu davr mobaynida avtotransport vositalari harakati “Qipchoq ponton ko‘prigi” orqali amalga oshiriladi.
17:07 / 07.05.2024
Zelenskiy G‘arbni Ukrainaga qurol yetkazib berishni tezlashtirishga chaqirdi

Zelenskiy G‘arbni Ukrainaga qurol yetkazib berishni tezlashtirishga chaqirdi

Bu haqda u Telegram kanalida ma’lum qilgan.
17:41 / 07.05.2024
Nyu-York dunyodagi eng boy shaharlar ro‘yxatida birinchi o‘rinda turadi

Nyu-York dunyodagi eng boy shaharlar ro‘yxatida birinchi o‘rinda turadi

Kuchli uchlikni bo‘lsa Tokio egallagan.
10:15 / 08.05.2024
UzAuto Motors’da deyarli 40 daqiqa ichida 4 500 ta Lacetti sotildi

UzAuto Motors’da deyarli 40 daqiqa ichida 4 500 ta Lacetti sotildi

Yangi kontraktatsiya bugun, 8-may kuni, soat 10:00 da ochilishi kerak edi.
11:11 / 08.05.2024
Ijtimoiy tarmoqlardan tanaffus qilish ayollarning o‘ziga bo‘lgan hurmatini oshiradi

Ijtimoiy tarmoqlardan tanaffus qilish ayollarning o‘ziga bo‘lgan hurmatini oshiradi

Bu bo‘yicha olimlar talaba qizlar ishtirokida tadqiqot o‘tkazdi.
09:45 / 07.05.2024
Qirg‘iziston oktyabrda Xitoydan O‘zbekistonga temir yo‘l qurishni boshlamoqchi

Qirg‘iziston oktyabrda Xitoydan O‘zbekistonga temir yo‘l qurishni boshlamoqchi

Bu haqda Sadir Japarov ma’lum qilgan.
12:22 / 07.05.2024
Prezident O‘zbekistonga yangi tayinlangan elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi

Prezident O‘zbekistonga yangi tayinlangan elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi

Davlat rahbari xorijiy diplomatik vakolatxonalar rahbarlarini tayinlov bilan samimiy qutladi.
15:13 / 07.05.2024
Qisqa metrajli o‘zbek filmi xalqaro festivalda g‘olib bo‘ldi

Qisqa metrajli o‘zbek filmi xalqaro festivalda g‘olib bo‘ldi

Turkiyada bo‘lib o‘tgan festivalda “Uzum ta’mi” nomli film “Eng yaxshi qisqa metrajli film” deb topildi.
11:05 / 08.05.2024
Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi tashkil etildi

Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi tashkil etildi

Bu bo‘yicha Prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi.
09:47 / 07.05.2024
XAMAS sulh taklifini qabul qildi

XAMAS sulh taklifini qabul qildi

Falastinning XAMAS harakati G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish taklifini qabul qildi, dedi uning rahbari Ismoil Xaniya.…
09:16 / 07.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!