$
12683.99 UZS
35.87
139.24 UZS
0.82
13647.97 UZS
25.94
32° Kechasi 21°

Qirq yil kuniga qirq varaqdan asar yozgan olim

10:29 / 17.03.2024

Abu Ja’far Muhammad ibn Jarir Tabariyning tafsir kitoblari ichida eng mo‘tabarlaridan sanaluvchi “Tafsiri Tabariy” asari va “Musulmon tarixchiligining otasi” unvoniga sazovor etgan “Tarixi Tabariy” nomi bilan mashhur asarlari orqali tanimagan ilm toliblari kam topiladi.

839-yilda hozirgi Eronning tarixiy viloyati Tabaristonda tavallud topgan Abu Ja’far rahimahulloh o‘zining yoshligi haqida so‘zlab: “Yetti yoshimda Qur’oni Karimni yod oldim. Sakkiz yoshga to‘lganimda, tarovih namozlarida insonlarga namoz o‘qib berar edim. To‘qqiz yoshga to‘lganimda esa, hadis yoza boshladim”, degan ekanlar.

Bo‘lajak olim 12 yoshida ilm yo‘lida safar qilgan. Ko‘plab ilm markazlarida bo‘lib, taniqli ulamolardan dars olgan. Bir necha yillik ilmiy safarlardan so‘ng 870-yili Misrdan Bag‘dodga kelgan olim keyingi 50 yillik hayoti davomida o‘ta barakali va sermazmun ilmiy faoliyat olib borgan.

O‘zini butunlay ta’lim va ilmga bag‘ishlagani sababidan zamondoshlari va keyingi avlodlarning yuksak e’tirofi va tahsiniga sazovor bo‘lgan.

Imom Abu Bakr Xatib o‘zining “Tarixi Bag‘dod” kitobida shunday yozadi: “Abu Ja’far Muhammad ibn Jarir Tabariy... shunday olim ediki, so‘zlari hukm o‘rnida qabul qilinardi, uning ra’yiga murojaat qilishardi. U o‘z asrida hech kim muvaffaq bo‘lmagan darajada ilm oldi va ularni yozdi. U Qur’oni karimni to‘la yod olgan, qiroat turlarining barchasini chuqur o‘zlashtirgan, ularning ma’nolarini teran o‘rgangan olim edi. U hadis ilmida ham benazir bo‘lib, sahobalar, tobeinlarning hayotlari, haqida ham hammadan yaxshiroq bilar edi”.

Imom Tabariy yuksak e’tiroflarga sabab bo‘lgan “Tafsir”ini yetti yil davomida shogirdlariga aytib turib yozdirgan. Xatib Bag‘dodiy shunday deydi: “Ali ibn Ubaydulloh Simsimiydan eshitdimki, ibn Jarir Tabariy qirq yil davomida har kuni qirq varaqdan asar yozgan”.

Tabariy tarix, fiqh va tafsir va qiroat ilmlaridan tashqari arab she’riyati, nahv, matematika va tibbiyot ilmlarini ham yaxshi o‘zlashtirgan. U zot vaqtini juda ham tartibli ravishda ilm olish va ta’lim berishga taqsimlab, shunga qat’iy amal qilgan.

Xatib Bag‘dodiy rivoyat qiladi: “Abu Ja’far Tabariy bir kuni o‘z shogirdlariga aytdi: “Tafsir o‘qishni xohlaysizlarmi, yozib beraymi?”- dedi. Ular: “Qancha varaq bo‘ladi?” – deb so‘rashdi. U kishi: “O‘ttiz ming sahifa bo‘lsa kerak…” - deb, javob berdi. Shunda shogirdlari: “Kitobni oxiriga yetmasdan umrimiz tugab qoladi-ku!” - deb, javob berdilar. So‘ng Abu Ja’far Tabariy kitobni uch ming sahifaga qisqartirib, ta’lif qildi.

So‘ngra shogirdlaridan: “Odam alayhissalomdan bizning vaqtimizgacha bo‘lgan olam tarixini yozib beraymi”- deb, so‘radi. Ular: “Necha sahifa bo‘ladi?”- deb, so‘rashdi. Abu Ja’far tafsir kitobining adadicha miqdorni aytgan edi, shogirdlari ham xuddi o‘shanday javob qaytarishdi. Shunda Abu Ja’far: “Inna lillahi! Odamlarda himmat kamayib ketibdi.” – deb, tafsirni qisqartirgan miqdorda qisqartirib yozdi”.

Mufassir, faqih, muhaddis va tarixchi olim ibn Jarir Tabariy 86 yoshida Bag‘dodda vafot etgan.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: “Kimga ilm talab qilib turgan holida ajali kelsa, u bilan payg‘ambarlarning o‘rtasida faqat payg‘ambarlik bo‘ladi, xolos”, (Imom Termiziy rivoyati) degan muborak so‘zlari hayotining so‘ngigacha o‘zini ilmga bag‘ishlagan olimlar haqida aytilgan bo‘lsa kerak.

Manba: Islom.uz


Ilm-fan


														
														Dunyodagi birinchi robot styuardessa namoyish etiladi

Dunyodagi birinchi robot styuardessa namoyish etiladi

Robot styuardessa 6-9-may kunlari “Arabian Travel Market” ko‘rgazmasida namoyish etiladi.
12:26 / 04.05.2024

														
														Qirq yil kuniga qirq varaqdan asar yozgan olim

Qirq yil kuniga qirq varaqdan asar yozgan olim

Tabariy tarix, fiqh va tafsir va qiroat ilmlaridan tashqari arab she’riyati, nahv, matematika va tibbiyot ilmlarini ham yaxs…
10:29 / 17.03.2024

														
														Lenovo olti oyoqli robot-itni taqdim qildi

Lenovo olti oyoqli robot-itni taqdim qildi

Daystar Bot GS qidiruv-qutqaruv ishlarida ishtirok etishi mumkin.
10:30 / 13.03.2024

														
														Finlyandiya qishda energiya bilan ta’minlaydigan “qum batareyasi”ni yaratdi

Finlyandiya qishda energiya bilan ta’minlaydigan “qum batareyasi”ni yaratdi

Kompaniyalarning fikriga ko‘ra, bu quvvatlagich qishda bir hafta yoki yozda bir oy isitish ehtiyojlarini amalga oshira oladi.
10:22 / 13.03.2024

														
														Xakerlar simsiz quvvatlagich orqali telefonlarni masofadan yoqishni o‘rganishdi

Xakerlar simsiz quvvatlagich orqali telefonlarni masofadan yoqishni o‘rganishdi

280°C dan yuqori haroratda qizituvchi elektromagnit shovqin yaratishi mumkinligini aniqladi.
10:46 / 24.02.2024

														
														Bugun – 9-fevral buyuk bobomiz shoir, mutafakkir, davlat arbobi Alisher Navoiy tavallud topgan kun

Bugun – 9-fevral buyuk bobomiz shoir, mutafakkir, davlat arbobi Alisher Navoiy tavallud topgan kun

Navoiy buyuk shoir, tadbirkor, iqtisodchi va milliarder bo‘lgan. Ilk robotlar, svetofor, lift va eskalatorlar haqida bobomiz…
11:29 / 09.02.2024

														
														Qaysi tarixiy shaxslarning qabrlari haligacha topilmagan?

Qaysi tarixiy shaxslarning qabrlari haligacha topilmagan?

Tarixdagi ayrim buyuk shaxslarning qabrlari qayerda ekanligi haligacha aniqlanmagan.
16:06 / 05.02.2024

														
														Dunyodagi yagona gigant albinos chumolixo‘ri aniqlandi

Dunyodagi yagona gigant albinos chumolixo‘ri aniqlandi

Hayvon bir yil davomida kuzatuvga olingan.
12:34 / 01.02.2024

														
														Oydagi birinchi “SLIM” oy modulining tarixiy surati e’lon qilindi

Oydagi birinchi “SLIM” oy modulining tarixiy surati e’lon qilindi

“Hubble” va “Spitzer” teleskoplari tomonidan suratga olingan.
15:04 / 28.01.2024

														
														Sunʼiy intellekt ichimlik suvi zaxirasiga oid xatolarni aniqladi

Sunʼiy intellekt ichimlik suvi zaxirasiga oid xatolarni aniqladi

Maishiy kranlarni ichimlik suvi bilan taʼminlaydigan suv havzalarining 30 foizini tartibga solgan.
13:07 / 28.01.2024

Bu ham qiziq

Farg‘onada O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston maxsus xizmatlari rahbarlari uchrashdi

Farg‘onada O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston maxsus xizmatlari rahbarlari uchrashdi

Ular mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashga oid barcha muammolar to‘plamini muhokama qilgan.
12:48 / 07.05.2024
Ijtimoiy tarmoqlardan tanaffus qilish ayollarning o‘ziga bo‘lgan hurmatini oshiradi

Ijtimoiy tarmoqlardan tanaffus qilish ayollarning o‘ziga bo‘lgan hurmatini oshiradi

Bu bo‘yicha olimlar talaba qizlar ishtirokida tadqiqot o‘tkazdi.
09:45 / 07.05.2024
Saudiya Arabistoni Osiyo uchun barcha turdagi neft narxini oshirmoqda

Saudiya Arabistoni Osiyo uchun barcha turdagi neft narxini oshirmoqda

Boshqa yengilroq va og‘irroq turdagi neft narxi ham may oyiga nisbatan oshdi.
16:48 / 06.05.2024
Isroilning Rafahga uyushtirgan havo hujumlarida 16 kishi halok bo‘ldi

Isroilning Rafahga uyushtirgan havo hujumlarida 16 kishi halok bo‘ldi

Qurbonlarning to‘rt nafari bolalar, jumladan, olti oylik chaqaloq ham bor.
17:04 / 06.05.2024
Qirg‘iziston oktyabrda Xitoydan O‘zbekistonga temir yo‘l qurishni boshlamoqchi

Qirg‘iziston oktyabrda Xitoydan O‘zbekistonga temir yo‘l qurishni boshlamoqchi

Bu haqda Sadir Japarov ma’lum qilgan.
12:22 / 07.05.2024
Tesla Hindiston kompaniyasini savdo belgisini buzganlik uchun sudga berdi

Tesla Hindiston kompaniyasini savdo belgisini buzganlik uchun sudga berdi

Sudya keyingi sud majlisiga qadar “Tesla” nomidan foydalangan har qanday reklama aksiyalarini chiqarishni taqiqladi.
16:48 / 07.05.2024
O‘zbekistonning to‘qqizta viloyatida sel kelishi xavfi e’lon qilindi

O‘zbekistonning to‘qqizta viloyatida sel kelishi xavfi e’lon qilindi

Shuningdek vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi.
17:46 / 06.05.2024
Prezident O‘zbekistonga yangi tayinlangan elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi

Prezident O‘zbekistonga yangi tayinlangan elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi

Davlat rahbari xorijiy diplomatik vakolatxonalar rahbarlarini tayinlov bilan samimiy qutladi.
15:13 / 07.05.2024
Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasida otishma sodir bo‘ldi

Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasida otishma sodir bo‘ldi

Qirg‘iziston Respublikasi chegarachilari orasida qurbonlar yo‘q.
09:46 / 08.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!