$
12694.87 UZS
-25.13
139.48 UZS
-0.56
13766.32 UZS
-61.59
21° Kechasi 13°

Rublning mustahkamlanishi rus gazini milliy valyutada sotish rejasiga aloqadormi? – Iqtisodchi-bloger tahlili

18:22 / 30.03.2022

Rossiyaning Ukrainaga harbiy harakatlari ortidan AQSH va Yevropa mamlakatlari, shuningdek, ayrim boshqa davlatlarning Rossiyaga nisbatan qo‘llayotgan sanksiyalari sabab mamlakatda rublning qadrsizlanishi kuzatildi.

Iqtisodchi-bloger Otabek Bakirovning yozishicha, kecha oqshomga yaqin 25 fevraldan boshlab hisoblaganda rublning eng ko‘p mustahkamlanish holati kuzatilgan. Yaʼni, 1 AQSH dollari uchun 86,28 rubl kursi qayd etilgan bo‘lsa, O‘zbekistondagi aksariyat tijorat banklari 1 rubl uchun 128,57 so‘mgacha taklif qilmoqda.

Xo‘sh nega rubl mustahkamlanmoqda, bu jarayonning rus gazini rublga sotish rejalariga aloqasi bormi?

Bakirovga ko‘ra, bu ko‘p ham yuqoridagi sababga bog‘liq emas va bu quyidagilarda ko‘rinadi:

– birinchidan, gazni rublga sotish mexanizmi haligacha aniqlashmagan, biron kub gaz rublga sotilgani yo‘q, bironta yirik Yevropa davlati gazni rublga sotib olishga rozilik ham bergani yo‘q. Yaʼni, gazni rublga sotish xohishlari g‘irt psixologik tryuk va kelishish qiyin bo‘lgan ultimatumligicha qoladi.

– ikkinchidan, 24 fevraldan keyin Rossiya Markaziy banki rublga talab hosil qiladigan barcha xorijiy va norezident kanallarni yopib tashladi. Bu fond bozoriga taaluqlimi, foizlarmi yoki dividendlarmi, farqi yo‘q. Rossiyani tark etayotgan yoki tark etishini eʼlon qilgan xorijiy kompaniyalar va norezidentlar Rossiyadagi aktivlarini olib chiqishi uchun uni dollarga aylantirishi kerak. Rossiya Markaziy banki bunga to‘liq tabu qo‘ydi. Tabiiyki, rublga bo‘lgan eng katta talabni yo‘qqa chiqardi.

– uchinchidan, Rossiya Markaziy banki Rossiya rezidentlari uchun ham xorijga valyuta olib chiqishga, naqd valyuta sotib olishga yoki o‘tkazishga cheklovlar o‘rnatdi. Shu o‘rinda Visa va Mastercard tizimlari Rossiyadagi segmentni o‘chirish hisobiga ruslarning maqsadga erishishiga yordam berib yubordi. Boshqacha aytganda, Rossiya chakana rezidentlarining dollarga bo‘lgan talabi ham o‘ldirildi.

– to‘rtinchidan, juda ko‘plab g‘arb kompaniyalari Rossiya bilan ishlashdan voz kechgandan keyin, qator tashuv korporatsiyalari Rossiya yuklarini manzilga eltishni to‘xtatgach, rus importerlari uchun xorijdan tovar keltirishga rag‘bati ham vaqtincha to‘xtadi. Chunki logistika muammolari va ehtimoliy yo‘qotishlar importni jismonan imkonsiz qilib qo‘yishi mumkin. Demak, importchilarning dollarga nisbatan talabi ham eng minimal darajagacha tushirildi.

– beshinchidan, bozorda rubl likvidligi mavjud emas. Markaziy bankning qattiq siyosati tufayli sunʼiy ravishda rubl defitsiti yaratilmoqda, xususan asosiy stavkani birdan 20 foizgacha olib chiqilishi bilan. Buni savdolar hajmidan ham bilish mumkin, kunlik savdolar hajmi 24 fevralgacha bo‘lganidan karrasiga kamroq. Rubl taklifi yetarli bo‘lmagach, dollarning tushishi uzoq kuttirmaydi.

– oltinchidan, eksporterlar uchun 80 foizlik majburiy sotuv dollarga nisbatan sunʼiy ravishda pasaytirilgan talab hajmini ortig‘i bilan qoplamoqda.

Boshqacha qilib, sodda tilda aytganda, dollar sotish mumkin, lekin dollar sotib olishga barcha asosiy rag‘batlar o‘ldirildi yoki talablar taqiqlandi.

“Endi ko‘pchilikda savol tug‘ilishi mumkin. Bu siyosat qancha muddat davom etishi mumkin? Ha, bir hafta, o‘n kun davom etishi, cheklangan valyuta rejimi siyosati oylarga cho‘zilishi mumkin. Biz hatto keyingi haftalarga 1 dollar 75 rubl ko‘rsatkichni ham ko‘rishimiz mumkin. Lekin, qabul qilish kerakki, bu rublning bozor o‘lchovi bo‘lmaydi. Bunday siyosatdan Rossiya iqtisodiyoti sanksiyalardan ko‘ra ko‘proq jabr ko‘radi (shartli "Voronejni bombalash"). Ishlab chiqarishning keskin pasayishi, tovar yetishmovchiligi va zaxiralarning tugashi kutilmalari inflyatsiyani juda yuqori darajaga ko‘taradi. Shartli aytganda rus isteʼmolchisi uchun 1 dollarlik tovar 150 rublga yetib boradi, garchi rasman 1 dollar 75 rubl deb eʼlon qilingan bo‘lsada”, – deb yozadi Bakirov.

Iqtisodchining taʼkidicha, kelgusida rossiyaliklarni dollar kursi emas, ishsizlik va inflyatsiya jazolashni boshlaydi.

“Hozircha, zaxiralar mavjudligida shu konsensusga ko‘pchilik rozi”, – deydi o‘z xulosasida Bakirov.


Boshqalar


														
														Microsoft kapitalizatsiyasi ilk marta 3 trillion dollardan oshdi

Microsoft kapitalizatsiyasi ilk marta 3 trillion dollardan oshdi

Ushbu darajaga Apple ham erishgan edi.
11:37 / 25.01.2024

														
														“Toyota” mashina ishlab chiqarishni kamaytiradi

“Toyota” mashina ishlab chiqarishni kamaytiradi

Uning avgust oyidagi ishlab chiqarish rejasi 150 000 ta mashinaga qisqartirildi.
21:17 / 23.07.2022

														
														“Netflix” va “Microsoft” arzon reklama ustida birgalikda ishlashadi

“Netflix” va “Microsoft” arzon reklama ustida birgalikda ishlashadi

“Netflix” “Microsoft” bilan hamkorlikda mijozlarga reklamali arzon obuna rejasini taklif qildi.
18:10 / 14.07.2022

														
														Toshkentning 8 ta tumanida issiq suv taʼminoti qisman to‘xtatiladi

Toshkentning 8 ta tumanida issiq suv taʼminoti qisman to‘xtatiladi

Poytaxt hokimligi issiq suv taʼminoti to‘xtatiladigan hududlar ro‘yxatini eʼlon qildi.
17:57 / 20.06.2022

														
														50 dan ziyod xalqaro tanlovlar g‘olibi bo‘lgan “Zulfiyachi” qizdan tengdoshlariga tavsiyalar

50 dan ziyod xalqaro tanlovlar g‘olibi bo‘lgan “Zulfiyachi” qizdan tengdoshlariga tavsiyalar

Bugungi qahramonimiz Xalqaro tanlovlar g‘olibasi hamda Zulfiya mukofoti sohibasidir.
21:03 / 15.06.2022

														
														O‘zbekistonda elektron skuterlar (elektrosamokat)dan foydalanish tartibi qanday?

O‘zbekistonda elektron skuterlar (elektrosamokat)dan foydalanish tartibi qanday?

Elektron skuterlardan foydalanishda qanday qoidalarga yoki tartibga rioya qilish kerak? Milliy qonunchiligimiz bu haqda aniq…
16:07 / 26.05.2022

														
														Prezident maqtagan “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi imi-jimida tugatib yuborildi

Prezident maqtagan “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi imi-jimida tugatib yuborildi

Bundan ikki yilcha muqaddam aholini kunlik yurish va yugurishga targ‘ib qilish maqsadida “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi…
15:15 / 26.05.2022

														
														“Eng zo‘r shikoyatchi” Ginnesga kiritmasliklari uchun nashriyot ustidan ham sudga shikoyat yozganini bilasizmi? – ajabtovur sud ishlari

“Eng zo‘r shikoyatchi” Ginnesga kiritmasliklari uchun nashriyot ustidan ham sudga shikoyat yozganini bilasizmi? – ajabtovur sud ishlari

Bugun biz sudlarga aloqador tarixda sodir bo‘lgan ba’zi qiziq voqealar va odatlar haqida ma’lumot beramiz.
11:11 / 25.05.2022

														
														Namanganda YPX xodimi haydovchiga “shantaj” uyushtirishga urindi

Namanganda YPX xodimi haydovchiga “shantaj” uyushtirishga urindi

Holat yuzasidan Namangan viloyati IIB rasmiy munosabat bildirdi.
16:16 / 20.05.2022

Bu ham qiziq

Tirnoqlar sinuvchanligi nimadan dalolat beradi?

Tirnoqlar sinuvchanligi nimadan dalolat beradi?

Organizmda kalsiy yetishmasligini qanday aniqlash mumkin.
11:55 / 20.05.2024
Samarqandda Nexia ikkiga bo‘linib ketdi

Samarqandda Nexia ikkiga bo‘linib ketdi

Bu haqda Samarqand viloyati IIB YHXB xabar berdi.
11:38 / 19.05.2024
Toshkentning 6 ta tumanida ichmlik suvi ikki kunga o‘chiriladi

Toshkentning 6 ta tumanida ichmlik suvi ikki kunga o‘chiriladi

Xususan, Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Sergeli, Mirobod, Yangihayot va Yakkasaroy tumanlarida 20-may soat 09:00 dan 21-may 21:0…
16:50 / 19.05.2024
Oliy sudga yangi sudyalar saylandi

Oliy sudga yangi sudyalar saylandi

Senatning tegishli qarori bilan 7 nafar sudya Oliy sud sudyasi etib saylandi.
12:48 / 20.05.2024
Chaqaloqlar uchun dunyodagi birinchi AI gadjeti yaratildi

Chaqaloqlar uchun dunyodagi birinchi AI gadjeti yaratildi

Barcha ma’lumotlar qulay nazorat va tahlil qilish uchun ota-onalarning smartfoniga o‘tkaziladi.
17:14 / 19.05.2024
Qaysi mahsulotlar ayollar uchun zararli?

Qaysi mahsulotlar ayollar uchun zararli?

Mutaxassisning ta’kidlashicha, ushbu mahsulotlar me’yoridan ortiq iste’mol qilinsa, bir nechta noxush oqibatlarga olib kelis…
16:49 / 19.05.2024
Muzlatkichda saqlanmaydigan mahsulotlar

Muzlatkichda saqlanmaydigan mahsulotlar

Shundagina ularni uzoqroq muddat davomida iste’mol qilish mumkin.
11:30 / 20.05.2024
Surxondaryoda chiqindi uchun to‘lov qimmatlashdi

Surxondaryoda chiqindi uchun to‘lov qimmatlashdi

2024-yil 17-may kuni Surxondaryo viloyati hokimining yangi qarori e’lon qilindi. Unga ko‘ra, chiqindilarni to‘plash, olib ke…
18:01 / 18.05.2024
Telegram messenjerida o‘zgarish

Telegram messenjerida o‘zgarish

Ma’lumot uchun, shu paytgacha heshteg yordamida faqat bitta kanal ichida qidiruv amalga oshirilardi.
16:57 / 19.05.2024
Ukraina Rossiyani yoqilg‘isiz qoldirdi

Ukraina Rossiyani yoqilg‘isiz qoldirdi

Dronlarning zarbalari mahalliy yoqilg‘i narxini oshirdi, ammo elektr energiyasi ishlab chiqarishga minimal ta’sir ko‘rsatdi.
16:59 / 18.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!