Telegram asoschisi Pavel Durov fevral oyida amerikalik jurnalist Taker Karlsonga uch soatlik intervyu berganini aytdi. U video formatda chiqariladi.
“Fevral oyida men liberal jurnalistga uch soatlik intervyu berdim va shu kuni konservativ qarashlari bilan tanilgan Taker Karlson bilan ham suhbatlashdim. Shu tariqa men barcha auditoriyaga obyektiv munosabatda bo‘lishim va Telegram tarixini hammaga aytib berishim mumkin”, — deb yozadi Durov.
Telegram asoschisi Taker bilan bo‘lgan intervyu “tez orada” va u uchun juda kam uchraydigan video formatda e’lon qilinishini ta’kidladi.
“Men Taker ham Telegram tarmog‘ida rasmiy kanal ochayotganini eshitdim, keling, u yerda e’lonlarni kuzatib boraylik”, — deya qo‘shimcha qiladi Durov.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!