$
12683.99 UZS
35.87
139.24 UZS
0.82
13647.97 UZS
25.94
30° Kechasi 16°

“Bunyodkor” klubi 30 000 ming shveysar franki miqdorida jarimaga tortildi

15:18 / 24.02.2024

FIFA dissiplinar qo‘mitasi “Bunyodkor” klubi va jamoaning sobiq o‘yinchilari Rivaldo hamda Denilson o‘rtasida uzoq davom etayotgan moliyaviy tortishuv bo‘yicha qaror qabul qildi.

Tribuna.uz manbasi taqdim etgan hujjatlarga ko‘ra, FIFA “Bunyodkor” klubining Rivaldo oldidagi qarzdorligi – 8,1 million yevro, Denilson oldidagi qarzdorlik – 1,1 million yevro mablag‘ni to‘lash bo‘yicha qarorni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga yuborgan.

FIFA tartib-intizom qo‘mitasi aʼzolari 22-fevral kuni “Bunyodkor” klubi va braziliyalik o‘yinchilar o‘rtasidagi mazkur ish bo‘yicha qarorni qabul qilgan. FIFA qarorida quyidagilar maʼlum qilingan:

“Bunyodkor” va Rivaldo o‘rtasidagi ish bo‘yicha:

1. “Bunyodkor” klubi FIFA nizolarni hal qilish palatasining 2017-yil 21-sentyabrda qabul qilgan qarorini to‘liq bajarmaganlikda aybdor deb topilgan. Bu Sport arbitraj sudi tomonidan 2023-yil 6-noyabrda chiqarilgan qarorda to‘liq tasdiqlangan.

2. “Bunyodkor” klubi FIFA nizolarni hal qilish palatasi va CAS qaroriga ko‘ra, Rivaldo Vitor Borba Ferreyrega quyidagilarni to‘lashi shart:
2 489 947 yevro – klub tomonidan braziliyalik futbolchiga to‘lanmagan mukofot puli hamda yillik 5 foiz ustama;
5 664 000 yevro – shartnoma bekor qilinishi sababli tovon puli hamda yillik 5 foiz bonus.
10 ming Shveysariya franki – arbitraj sudi jarayonida xarajatlar uchun tovon puli.

“Bunyodkor” va Denilson o‘rtasidagi ish bo‘yicha:

1. “Bunyodkor” klubi FIFA nizolarni hal qilish palatasining 2017-yil 21-sentyabrda qabul qilgan qarorini to‘liq bajarmaganlikda aybdor deb topilgan. Bu Sport arbitraj sudi tomonidan 2023-yil 6-noyabrda chiqarilgan qarorda to‘liq tasdiqlangan.

2. “Bunyodkor” klubi Denilson Martinsh Nasimyentoga quyidagilarni to‘lashi shart:
700 000 AQSh dollari – klub tomonidan braziliyalik futbolchiga to‘lanmagan mukofot puli hamda yillik 5 foiz ustama;
400 000 AQSh dollari – kelishuv shartlari buzilganligi uchun tovon puli hamda yillik 5 foiz bonus.
10 ming Shveysariya franki – arbitraj sudi jarayonida xarajatlar uchun tovon puli.

Qayd etilishicha, FIFA tomonidan “Bunyodkor” klubiga 30 kun ichida ushbu mablag‘ni to‘lash muhlati berilgan. Aks holda tashkilot tomonidan tegishli choralar ko‘rilishi maʼlum qilingan. Shuningdek, har ikki futbolchi bo‘yicha “Bunyodkor” klubi 30 000 ming shveysar franki miqdorida jarimaga tortilgan.

Eslatib o‘tamiz, Rivaldo 2008-2010-yillar davomida “Bunyodkor” klubi sharafini himoya qilib, uch karra O‘zbekiston chempioni bo‘lgan edi. Denilson esa 2010-yil Toshkent klubi safida chempionlikka erishgan, Oliy Ligada 14 o‘yinda 4 ta gol, OChLda esa 6 o‘yinda 5 ta golga mualliflik qilgandi.


Futbol


														
														Germaniya futboli “Adidas"dan voz kechmoqda

Germaniya futboli “Adidas"dan voz kechmoqda

Adidas DFB bilan 1954-yildan beri hamkorlik qilib keladi.
18:47 / 22.03.2024

														
														Bugun Yevropa Chempionlar ligasining chorak finaliga qur’a tashlanadi

Bugun Yevropa Chempionlar ligasining chorak finaliga qur’a tashlanadi

Bugun, 15-mart kuni Shveysariyaning Non shahrida Yevropa Chempionlar ligasining chorak (1/4) finaliga qur’a tashlash marosim…
10:02 / 15.03.2024

														
														“Bunyodkor” klubi 30 000 ming shveysar franki miqdorida jarimaga tortildi

“Bunyodkor” klubi 30 000 ming shveysar franki miqdorida jarimaga tortildi

FIFA tomonidan “Bunyodkor” klubiga 30 kun ichida ushbu mablag‘ni to‘lash muhlati berilgan.
15:18 / 24.02.2024

														
														Apple kompaniyasi Lionel Messi haqida serial tayyorladi

Apple kompaniyasi Lionel Messi haqida serial tayyorladi

Unda futbol afsonasining Qatar-2022 kubogini olish yo‘li haqida hikoya qilinadi.
09:37 / 22.02.2024

														
														O‘zbekiston FIFA reytingida necha pog‘ona ko‘tarildi?

O‘zbekiston FIFA reytingida necha pog‘ona ko‘tarildi?

“Oq bo‘rilar” g‘alaba evaziga qancha ochko qo‘lga kiritgani maʼlum bo‘ldi.
16:40 / 20.01.2024

														
														Messi va Ronaldo faoliyati davomida qancha pul ishlab topishgan?

Messi va Ronaldo faoliyati davomida qancha pul ishlab topishgan?

Ikki futbolchi doimiy ravishda bir biriga solishtirib kelingan.
17:39 / 18.01.2024

														
														Abbosbek Fayzullayev SSKA safida debyut golini urdi (video)

Abbosbek Fayzullayev SSKA safida debyut golini urdi (video)

O‘zbekistonlik futbolchi Moskva klubini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
11:31 / 25.09.2023

														
														Timur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Gonkongni mag‘lubiyatga uchratdi

Timur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Gonkongni mag‘lubiyatga uchratdi

Bugun O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini boshladi.
19:02 / 22.09.2023

														
														O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasiga bosh murabbiy tayinlandi

O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasiga bosh murabbiy tayinlandi

2024-yilgi futzal bo‘yicha jahon chempionati O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi.
19:54 / 20.09.2023

														
														OChL: “Alamli durrang” bilan tugagan o‘yinda Neymar “Navbahor” futbolchisini atayin turtib yubordi

OChL: “Alamli durrang” bilan tugagan o‘yinda Neymar “Navbahor” futbolchisini atayin turtib yubordi

Saudiyaning “Al-Hilol” hamda O‘zbekistonning “Navbahor” klublari Osiyo chempionlar ligasining 1-tur uchrashuvida durrang o‘y…
10:48 / 19.09.2023

Bu ham qiziq

Uzbekistan Airways qator xalqaro reyslarga chegirma e‘lon qildi

Uzbekistan Airways qator xalqaro reyslarga chegirma e‘lon qildi

Aksiya faqat bir kun — 9-may kuni soat 00:00 dan 23:59 gacha amal qiladi.
19:29 / 08.05.2024
Nyu-York dunyodagi eng boy shaharlar ro‘yxatida birinchi o‘rinda turadi

Nyu-York dunyodagi eng boy shaharlar ro‘yxatida birinchi o‘rinda turadi

Kuchli uchlikni bo‘lsa Tokio egallagan.
10:15 / 08.05.2024
Bolalarga 6-9 oylikkacha qanday qo‘shimcha ovqat berish lozim?

Bolalarga 6-9 oylikkacha qanday qo‘shimcha ovqat berish lozim?

Bolalar parvarishi haqida tavsiyalar.
09:58 / 08.05.2024
6G tezligi sinovdan o‘tkazildi

6G tezligi sinovdan o‘tkazildi

U 5G tezligidan 10 barobarga tez ishlaydi.
17:10 / 08.05.2024
Zelenskiy G‘arbni Ukrainaga qurol yetkazib berishni tezlashtirishga chaqirdi

Zelenskiy G‘arbni Ukrainaga qurol yetkazib berishni tezlashtirishga chaqirdi

Bu haqda u Telegram kanalida ma’lum qilgan.
17:41 / 07.05.2024
O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi

O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi

Uchrashuvda hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.
09:21 / 08.05.2024
Tesla Hindiston kompaniyasini savdo belgisini buzganlik uchun sudga berdi

Tesla Hindiston kompaniyasini savdo belgisini buzganlik uchun sudga berdi

Sudya keyingi sud majlisiga qadar “Tesla” nomidan foydalangan har qanday reklama aksiyalarini chiqarishni taqiqladi.
16:48 / 07.05.2024
O‘zbekistonning qaysi hududida doimiy aholi soni zichligi aniqlandi

O‘zbekistonning qaysi hududida doimiy aholi soni zichligi aniqlandi

Eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahrida ma’lum qilingan.
14:38 / 08.05.2024
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

U urush davrida 214 ming askar va ofitserlarimiz jangovar orden va medallar bilan taqdirlangani ma’lum qildi.
15:16 / 08.05.2024
Amudaryo ustidan o‘tuvchi qo‘shma ko‘prikda transport harakati vaqtincha to‘xtatiladi

Amudaryo ustidan o‘tuvchi qo‘shma ko‘prikda transport harakati vaqtincha to‘xtatiladi

Ushbu davr mobaynida avtotransport vositalari harakati “Qipchoq ponton ko‘prigi” orqali amalga oshiriladi.
17:07 / 07.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!