O‘zbekistonda kiberxavfsizlik bo‘yicha eng yuqori reytingga ega tashkilotlar e’lon qilindi. Bu haqda “Kiberxavfsizlik markazi” DUK xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-iyundagi PQ-4751-sonli hamda Vazirlar mahkamasining 2021-yil 15-iyundagi 373-sonli qarorlarida yuklatilgan vazifalarga muvofiq, “Kiberxavfsizlik markazi” DUK, Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot va kiberxavfsizlikning ta’minlanganligi holati 2022-yilning 3-choragi yakuniy natijalari bo‘yicha reyting baholash o‘tkazildi.
Baholash “Kiberxavfsizlik markazi” DUKning axborot va kiberxavfsizlik monitoringi tizimidagi tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslandi.
Axborot va kiberxavfsizlikning ta’minlanganligi holati bo‘yicha yuqori reytingli (top 20) tashkilotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki – 99,1 ball;
2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi – 97.9 ball;
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi – 97.6 ball;
4. “Asaka” aksiyadorlik tijorat banki – 95.5 ball;
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi – 95.2 ball;
6. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki – 95.1 ball;
7. O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat “Xalq banki” – 94 ball;
8. O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat banki – 93.6 ball;
9. “Aloqabank” aksiyadorlik tijorat banki – 93.1 ball;
10. "Ipoteka-bank" aksiyadorlik tijorat ipoteka banki – 92.4 ball;
11. Navoiy kon-metallurgiya kombinati – 92.3 ball;
12. Namangan viloyati xokimligi – 92.2 ball;
13. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi – 91.6 ball;
14. “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi – 91.4 ball;
15. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi – 90.3 ball;
16. “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati – 90.3 ball;
17. Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati – 90.2 ball;
18. Farg‘ona viloyati hokimligi – 89.8 ball;
19. “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi – 89.7 ball;
20. O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi -89.2 ball.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!