$
12778.12 UZS
78.98
164.01 UZS
1.85
14931.23 UZS
83.4
37° Kechasi 23°

O‘zbekiston maktablarida ham qishki ta’til muddati uzaytirildi

10:08 / 09.01.2022

O‘zbekiston maktablarida qishki ta’til muddati 24-yanvarga qadar uzaytirildi. Bu haqida Xalq ta’limi vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Xalq ta’limi tizimidagi direktor, direktorning o‘quv va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda pedagog-o‘qituvchilarning xalqaro standartlar asosida ishlab chiqarilgan milliy o‘quv dasturlar asosida malakasini oshirish kurslarini tashkil etish, shuningdek, o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida mavsumiy gripp kasalligi keskin ko‘payishining oldini olish maqsadida qishki ta’til kunlari 2022-yil 24-yanvarga qadar uzaytirilgan.

Ta’til kunlari davomida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida ular uchun onlayn fan olimpiadalari, intellektual o‘yinlar, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan bellashuvlar va turli tanlovlar tashkil etiladi. Bundan tashqari, xalq ta’limining ijtimoiy tarmoqlari hamda Milliy teleradiokompaniyaning telekanallari orqali turli to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalari talabalari, akademik litsey va hunar maktablari o‘quvchilari uchun ta’til muddati 24-yanvargacha uzaytirilgan.


Bu ham qiziq

Fransiya hukumatining iqtisodiy prognozi: 2030 yilga kelib Yevropada katta urush boshlanadi

Fransiya hukumatining iqtisodiy prognozi: 2030 yilga kelib Yevropada katta urush boshlanadi

Bu urushdan eng ko'p aynan fransuzlar jabr ko'rishi taxmin qilinmoqda
22:06 / 15.07.2025
“Tashabbusli byudjet”ning 2-mavsumi boshlandi

“Tashabbusli byudjet”ning 2-mavsumi boshlandi

Unda 823 ta mahallaga tanaffus berildi.
09:19 / 15.07.2025
Interpolning O‘zbekistondagi byurosi qidiruvda yurgan navbatdagi jinoyatchini ushladi

Interpolning O‘zbekistondagi byurosi qidiruvda yurgan navbatdagi jinoyatchini ushladi

Ayblanuvchi mablag‘larni talon-toroj qilishda ayblanmoqda
21:15 / 14.07.2025
Surxondaryoda advokat 50 ming dollar pora bilan ushlandi

Surxondaryoda advokat 50 ming dollar pora bilan ushlandi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
11:08 / 15.07.2025
Surxondaryoda 23 bosh ilon tabiatga qaytarildi

Surxondaryoda 23 bosh ilon tabiatga qaytarildi

6 bosh O‘rta Osiyo kobrasi va 17 bosh sharq bo‘g‘ma iloni fuqarolar tomonidan noqonuniy saqlab kelinayotgan bo‘lgan.
17:49 / 15.07.2025
Donald Tramp Patriot komplekslarini Ukrainaga yetkazib berishga va'da berdi

Donald Tramp Patriot komplekslarini Ukrainaga yetkazib berishga va'da berdi

Mazkur sarf-xarajatlar NATO hisobidan amalga oshiriladi
19:53 / 14.07.2025
O‘zbekistonda havo harorati 45 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekistonda havo harorati 45 darajagacha ko‘tariladi

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 17–19-iyul kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilm…
10:16 / 15.07.2025
AOKA faoliyati tugatildi

AOKA faoliyati tugatildi

Prezident farmoni bilan uning asosida Milliy kontent ishlab chiqaruvchi markaz tashkil etiladi.
16:33 / 14.07.2025
Saida Mirziyoyevaga o‘rinbosarlar tayinlandi

Saida Mirziyoyevaga o‘rinbosarlar tayinlandi

Hilola Umrova vazirlikdan olindi.
17:27 / 14.07.2025
15-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

15-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 37-39 daraja issiq bo‘ladi
23:10 / 14.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!