$
12831.81 UZS
-25.54
163.75 UZS
0.3
14606.45 UZS
-66.36
38° Kechasi 25°

O‘zbekistonda maktablar reytingi nimaga asoslanib tuzilgan?

11:16 / 10.10.2022

Bir necha kun avval O‘zbekistonda umumta’lim maktablar reytingi e’lon qilingan edi. Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim foydalanuvchilar tomonidan natijalar haqida bildirilayotgan turli fikrlar sababli Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi ushbu masala yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

Qayd etilishicha, reyting Hukumat qarori (345-son, 03.06.2021 y.) bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan amalga oshirilgan.

Bunda Finlyandiya, AQSH, Janubiy Koreya, Rossiya, Yaponiya, Estoniya, Singapur, Gollandiya kabi davlatlarining ilg‘or tajribasiga muvofiq to‘rtta muhim yo‘nalishda 8 ta indikator bo‘yicha ta’lim sifatiga baho beriladi:

11-sinf bitiruvchilari tomonidan OTMlarga kirishda to‘plagan o‘rtacha ballari (bunda bitiruvchi OTMga kirgani yoki kirmagani ahamiyatsiz) – 10 ball;

OTMga o‘qishga kirganlar salmog‘i – 10 ball; (Davlat OTM bilan birga O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy OTMning filiallari hamda xususiy OTM, dunyoning nufuzli 1000 taligiga kiruvchi OTM xam inobatga olingan)

O‘quvchilarining chet tilini bilish darajasi – 10 ball;

O‘qituvchilarning chet tilini bilish darajasi – 10 ball;

11-sinf bitiruvchilarining bandligi – 10 ball;

O‘quvchilar o‘rtasida sodir etilgan jinoyatlar ulushi (Bosh prokuratura ma’lumoti asosida) – 10 ball;

Pedagoglarning sifati (salohiyati) – 20 ball (amaldagi malaka toifa sertifikatlari asosida);

Maktablar moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va o‘quv-tarbiyaviy muhitni qo‘llab-quvvatlash uchun tuman (shahar) mahalliy byudjetining orttirilgan mablag‘lari hisobidan qilingan qo‘shimcha xarajatlar hajmi (Moliya vazirligi ma’lumoti asosida) – 10 ball;

Ta’lim muassasasida ma’naviy-ma’rifiy va o‘quv tarbiyaviy muhit (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ilgari surgan besh tashabbus doirasida qilingan ishlar asosida) kabi ko‘rsatkichlar inobatga olinadi – 10 ball (xalqaro va respublika tanlovlarining faqat 1-2-3 o‘rinlari inobatga olingan);

Reytingni aniqlash faqatgina Ta’lim inspeksiyasi tomonidan emas, Hukumat qaroriga asosan, tegishliligi bo‘yicha Bosh prokuratura, Moliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida shakllantiriladi hamda ma’lumotlar nizomga ko‘ra 5 yil arxivda saqlanadi.

Shu bilan birgalikda, Prezident topshirig‘iga ko‘ra maktablar reytingi avvalo hokimlar hamda ularning ta’lim va tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilari faoliyatini baholashni ham ko‘zda tutadi.

Ya’ni ushbu jarayon jazolash vositasi sifatida emas, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining rahbarlari va pedagoglarining jamiyatdagi o‘rni va maqomini oshirish, mehnatini munosib qadrlash, faoliyat samaradorligiga qarab moddiy rag‘batlantirish, mahalliy boshqaruv organlarining o‘z hududlarida ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan.

Xususan, Prezident farmoni (PF-6108-son, 06.11.2020)ga ko‘ra, reytingda yuqori o‘rinlarni egallagan maktablarning pedagoglari, direktorlari, xalq ta’limi bo‘limi mudirlari va metodistlari rag‘batlantiriladi.


Bu ham qiziq

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev 11,5 yillik qamoqqa hukm qilindi

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev 11,5 yillik qamoqqa hukm qilindi

Atambayev noqonuniy boylik orttirish, yer uchastkalarini egallab olish va 2019-yil Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi ommaviy tartibsiz…
10:23 / 04.06.2025
5-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

5-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 5-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutl…
08:22 / 05.06.2025
Bugun barcha xodimlar 1 soat vaqtli ketishi mumkin

Bugun barcha xodimlar 1 soat vaqtli ketishi mumkin

Ertaga — Qurbon hayiti kuni, ya’ni rasmiy bayram va dam olish kuni.
09:40 / 05.06.2025
O‘zbekistonning yangi elchisi Iordaniya Podshohiga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekistonning yangi elchisi Iordaniya Podshohiga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekistonning Iordaniyaga yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Nodirjon Turg‘unov ushbu mamlakat Podshohi Abdull…
19:31 / 03.06.2025
Mask Trampni tanqid qildi

Mask Trampni tanqid qildi

“Kechirasizlar, lekin men boshqa chiday olmayman. Ushbu ulkan va g‘azabni keltiruvchi xarajatlar haqidagi qonun loyihasi jir…
14:33 / 04.06.2025
Toshkent metrosi Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi

Toshkent metrosi Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi

Shu munosabat bilan bayram kunlari poyezdlar qatnovi hamda metro ish vaqti quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
14:17 / 05.06.2025
O‘zbekistonlik muhojir Rossiyada 15 yashar qizchaga zo‘ravonlik qildi

O‘zbekistonlik muhojir Rossiyada 15 yashar qizchaga zo‘ravonlik qildi

Sank Peterburg politsiyasi Vyborg tumanida 15 yoshli maktab o‘quvchisiga jinsiy zo‘ravonlik qilgan migrantni hibsga oldi. Bu…
21:59 / 03.06.2025
Ilon Mask ortiq BMTni moliyalashtirmaslikni taklif qildi

Ilon Mask ortiq BMTni moliyalashtirmaslikni taklif qildi

U bu haqda X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.
09:03 / 04.06.2025
Elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanganlik holatlari fosh etildi

Elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanganlik holatlari fosh etildi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari…
18:47 / 03.06.2025
O‘zbekiston Afg‘onistonga hayit munosabati bilan insonparvarlik yordami jo‘natdi

O‘zbekiston Afg‘onistonga hayit munosabati bilan insonparvarlik yordami jo‘natdi

Insonparvarlik yordami tarkibidan un, guruch, shakar, makaron va qandolat mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, tez tayyorlanadigan …
17:35 / 05.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!