$
12831.81 UZS
-25.54
163.75 UZS
0.3
14606.45 UZS
-66.36
38° Kechasi 25°

Poytaxtda daraxtlarni kesishga berilgan ruxsatnomalarning qonuniyligi tekshirilmoqda

16:14 / 03.01.2024

Toshkent shahar ekologiya boshqarmasi tomonidan oʻrganish ishlari olib borilganida “Max Processing” MCHJ mansabdor shaxslari tomonidan 1 dona eman daraxti tegishli agrotexnik talablarga amal qilinmasdan Toshkent viloyati Oʻrtachirchiq tumaniga koʻchirib oʻtqazilgani aniqlandi.

Ayni damda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan “Max Processing” MCHJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan JKning 198-moddasi 3-qismi va 229-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Shuningdek, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirining tegishli buyrugʻiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 151-153-moddalariga koʻra Toshkent shahar ekologiya boshqarmasi boshligʻining faoliyatiga xizmat tekshiruvi tayinlandi va u 2023-yilning 30-dekabridan 2024-yilning 1-fevraliga qadar ishdan chetlashtirildi.

Vazirning buyrugʻiga asosan, xizmat tekshiruvi davomida Toshkent shahar ekologiya boshqarmasining barcha tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari, xodimlarining faoliyati hamda 2021–2023-yillar davomida boshqarma tomonidan davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalarni kesishga berilgan ruxsatnomalarning qonuniyligi va asoslari oʻrganiladi.

Taʼkidlash joizki, poytaxtda moratoriy talablariga toʻliq rioya etilmayotganligi, aholi tomonidan daraxtlarning kesilishi borasida koʻplab eʼtirozlar bildirilayotganligi, qonunchilikka amal qilinmasdan daraxtlarni kesishga yoki koʻchirishga qayta-qayta ruxsatnoma berilayotganligi sababli Ekologiya vazirligi shu yilning 1-fevraliga qadar Toshkent shahar ekologiya boshqarmasi vakolatlarini cheklashiga toʻgʻri keldi.

Xususan, endi daraxtlarni kesish yoki koʻchirib oʻtqazishga ruxsatnoma berish faqatgina vazirlikning tegishli boshqarmasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

 


Bu ham qiziq

4-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

4-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

Harorat kechasi 19-21 daraja, kunduzi 35-37 daraja bo‘ladi.
22:44 / 03.06.2025
O‘zbekistonning yangi elchisi Iordaniya Podshohiga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekistonning yangi elchisi Iordaniya Podshohiga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekistonning Iordaniyaga yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Nodirjon Turg‘unov ushbu mamlakat Podshohi Abdull…
19:31 / 03.06.2025
O‘zbekiston Yaponiyaga ishlash uchun 10 ming nafar ishchi mutaxassis yuboradi

O‘zbekiston Yaponiyaga ishlash uchun 10 ming nafar ishchi mutaxassis yuboradi

O‘zbekiston va Yaponiya 10 ming o‘zbek mutaxassislariga Yaponiyada ish topishga yordam beradigan qo‘shma loyihani ishga tush…
21:06 / 03.06.2025
O‘zbekistonda 2030-yilgacha 1,5 mln gektarda o‘rmonlar barpo etiladi

O‘zbekistonda 2030-yilgacha 1,5 mln gektarda o‘rmonlar barpo etiladi

“O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirla…
14:04 / 03.06.2025
Yashnobodda 19 yoshli yigit o‘zini osib qo‘ydi

Yashnobodda 19 yoshli yigit o‘zini osib qo‘ydi

Yashnobod tumanida 19 yoshli yigitning jasadi topildi. Bosh prokuratura tomonidan ushbu holat bo‘yicha tergovga qadar tekshi…
18:27 / 04.06.2025
Mask Trampni tanqid qildi

Mask Trampni tanqid qildi

“Kechirasizlar, lekin men boshqa chiday olmayman. Ushbu ulkan va g‘azabni keltiruvchi xarajatlar haqidagi qonun loyihasi jir…
14:33 / 04.06.2025
DXX tomonidan Hajga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

DXX tomonidan Hajga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
14:40 / 03.06.2025
O‘zbekiston ketma-ket uchinchi oy eng ko‘p oltin sotgan mamlakat bo‘ldi

O‘zbekiston ketma-ket uchinchi oy eng ko‘p oltin sotgan mamlakat bo‘ldi

O‘zbekiston aprel oyi yakunlari bo‘yicha yana dunyodagi eng yirik oltin sotuvchisi bo‘ldi. Bu haqda Jahon oltin kengashi xab…
18:22 / 04.06.2025
Japarov Almazbek Atambayevni afv etishga tayyorligini aytdi

Japarov Almazbek Atambayevni afv etishga tayyorligini aytdi

U bu haqda “Kabar” axborot agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
15:38 / 04.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!