Buyuk Britaniyaning Oksford universtitetida koronavirusga qarshi ishlab chiqilgan vaksina ilk bor odamlarda sinab ko‘rilmoqda, deb xabar bermoqda BBC news.
Ma’lum qilinishicha, 800 nafar ko‘ngilli tadqiqotda ishtirok etish istagini bildirgan. Hozirda ularning 2 nafarida vaksina sinab ko‘rilmoqda. Vaksina sinovida qatnashuvchilarning yarmi koronavirusga qarshi emlansa, yarmi meningitdan emlanishi rejalashtirilgan. Ammo ularning o‘zlariga qaysi vaksina urilgani aytilmaydi. Chunki bu jarayon vaksinaning ta’sir kuchini baholashda muhim hisoblandi, deyiladi xabarda.
Vaksina uch oy davomida Oksford universiteti jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan. Jenner instituti vaksinologiya professori Sara Gilbert vaksinaga juda ishonishini bildirib, haqiqatda ijobiy ta’sir qila olishini tekshirgach, ommaviy joriy qilinishini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyada koronavirusga qarshi vaksinani sinovdan o‘tkazish, joriy yilning yoz fasli o‘rtalarida bo‘lib o‘tishi ma’lum qilingandi. AQSh esa vaksina keyingi yil yozida tayyor bo‘lishini aytmoqda. Xitoy allaqachon sinovlarni boshlab yuborgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!