$
12831.81 UZS
-25.54
163.75 UZS
0.3
14606.45 UZS
-66.36
34° Kechasi 23°

Siz yashashni istagan 40 ta mehmonxona xonalari

07:19 / 24.04.2015

XABARDOR.UZ - Sayohat notanish joylarni kashf qilish va o‘rganish imkoniyatini beradi, shuning uchun u bizga juda yoqadi.  Sayohat qilish degani, o‘sha joyda haqiqatan ham yashab ko‘rishni anglatadi.

Ba'zida sayohat davomida siz yashayotgan xona sizga juda yoqadi. Undagi chiroyli ko‘rinish, a'lo darajadagi xizmat, betakror ichki dizayn sizni o‘ziga maftun etadi. Xonalar bizda shunday taassurot uyg‘otadiki, beixtiyor “Voy, Xudoyim men bu yerda rostan ham yashashga qolgan bo‘lardim”, deb o‘ylaymiz. 

Biz narsalarni oson va tez olishni o‘rganganmiz. Aynan shuni hisobga olgan holda, mehmonxonalar bizga yaxshi narsalar va maxsus xizmatlarni taklif etadi, shuning uchun yodimizda doim saqlanadigan xonalarni yaratadilar.

Bu yerda keltirilgan 40 ta xona bizda o‘zgacha taassurot uyg‘otadi. Keling, ularni siz ham tomosha qilib, o‘z fikringizni bildiring.

1. Negril g‘ori, Yamayka

Negrilga yaqinida joylashgan, qirg‘oq chegarasi va azur suvlaridan yetti mil uzoqlikda bo‘lgan g‘or qulay sharoitlarda yashashning barcha imkoniyatlarini taklif etadi. Siz bu yerda o‘zingizni o‘zgacha, atrofdagilardan berkingan holda his etasiz. 

2. Singita Sweni, Kryuger milliy bog‘i, Janubiy Afrika

Singita Sweni Kryuger milliy bog‘idan 15 000 gektarda janubiy qism markazida Nuonetsi daryosi bo‘ylab joylashgan. Hashamatli lyuks xonalari sizni butun dunyodan qochib, sarguzashtni tadqiq qilayotgan insonga aylantiradi. Bu yerda bitta tunni o‘tkazish 1369 AQSh dollariga tushadi.

3. Sent-Lyusiya nefrit tog‘li kurorti

Karib dengizining janubi-g‘arbiy qirg‘oq chizig‘i bo‘ylab dunyodagi eng obro‘li dam olish maskanlaridan biri joylashgan. Ushbu joy ekstravagant arxitektor tomonidan qurilgan. U qurilishni oxirigacha organik materiallar bilan olib borgan. Natijada shunday dam olish maskani yuzaga keldiki, uning go‘zalligiga maftun bo‘lmaslikning iloji yo‘q. 

4. Kakslauttanen arktik kurort, Saariselka, Finlyandiya

Kakslauttanen  - shimol yog‘dusini kuzatish mumkin bo‘lgan eng zo‘r joydir. Shimoliy qutb yog‘dusi mavsumi avgust oyining oxirlaridan aprel oyigacha davom etadi. Mehmonxonada yashash bo‘yicha turli paketlar taqdim etiladi, ulardan eng kam miqdori 150 yevrodan boshlanadi.  Bu futurik ruhdagi mehmonxonadir. 

5.  nHow mehmonxonasi, Berlin

Agar siz noan'anaviy dizaynni yoqtirsangiz, bu yerga tashrif buyurishingiz kerak. Mazkur futurik g‘oyalarga boy bo‘lgan mehmonxona juda jo‘shqin, yorqin taassurotlarga sabab bo‘ladi. Mehmonxonalarning har biri nHow brendi ostida qurilgan va o‘z mavzusiga ega. Bu xonada yashagan insonlar ketishni istamaydilar, Yevropaning eng qiziq va o‘ziga jalb etuvchi shahri bo‘lgan Berlinni o‘rganishni istaydilar. Bu xonada yashash narhi 150 yevrodan boshlanadi.

6. Viceroy villasi, Bali

Hashamatli xordiq haqida orzu qilasizmi? O‘zingizni qirollar kabi his qilishni istaysizmi? U holda “Bali qirollar vodiysi” sizga mos keladi. Mazkur 25 ta xususiy villalarning har biri o‘zingizni haqiqiy qirollardek his qilishingizga yordam beradi.  Uning narxi 478 AQSh dollarga teng.

7. Loisaba yovvoyi tabiati, Keniya

Afrika qit'asini tadqiq etish ajoyib malakadir, siz yana qayerda yovvoyi tabiatni uchratishingiz mumkin. Bu yerdan turib Afrika osmoni va yulduzlarni kuzatsangiz bo‘ladi. Bu joyda bir tunni o‘tkazish 420 AQSh dollarini tashkil qiladi.

8. Chromata mehmonxonasi, Santorini

Santorinidagi Chromata  mehmonxonasiga (Gretsiya) tashrif buyurgan insonlar uni bir ko‘rishdayoq sevib qoladi. Ko‘rkam xonalarni tashlab ketishni umuman istamaysiz. Uyg‘onganingizda ushbu manzarani ko‘rishni tasavvur qilib ko‘ring-a! Chromata mehmonxonasidagi bir kecha 283 AQSh dollariga teng.

9. "Poseydon" suvosti kurortlari, Fiji

"Poseydon" dam olish maskani kishini yangi tasavvur va tadqiqotlarga boshlaydi. Xonangiz devorlari oynadan ishlangan bo‘lib, uning ortidagi dengiz hayoti va baliqlarning suzishini ko‘rishingiz mumkin. Narhlar esa quyidagicha: bir kechani o‘tkazish bir kishiga 1500 AQSh dollariga aylanadi, juftlikning bir hafta davomida orolda xordiq chiqarishiga 30 ming dollar ketadi, 3 million dollarga butun orolni band qilishingiz mumkin. 

10. Seven mehmonxonasi, Parij

Josus 007 sirini bilasizmi? Mazkur fantastik mehmonxonaga tashrif buyurgan insonlarga ushbu mavzudagi maxsus kiyim taqdim etiladi. 444 yevro to‘lab, 007 kiyimini kiyib ko‘rishingiz va uning obraziga kirishingiz mumkin, xonaning burchaklari kinodagi sahnalarni aks ettiradi. 007ni yoqtirasizmi? Hashamdor kiyimlarni-chi? Parijni-chi?  U holda mazkur taklif sizga xush yoqadi.

11.  Antumalal mehmonxonasi, Chili

Yog‘ochdan ishlangan, chiroyli manzaralarni aks ettiruvchi xonalarni yoqtirsangiz, Antumalal mehmonxonasi bu borada sizga maxsus xonalar va xizmatni taklif etadi. Xonalardagi issiqlik chiroyli kaminlar yordamida ta'minlanadi. Qo‘lda ishlangan jihozlar, tabiiy material va iliq muhit xordiq olishingiz, o‘zgacha xislarni boshdan kechirishingizga yordam beradi. Bitta tunni o‘tkazish narhi 275 AQSh dollariga teng.

12. Areias do Seixo, Portugaliya

Lissabon yaqinidagi maxsus joyda alohida diqqatga sazovor bo‘lgan dam olish maskani qurilgan. Ajoyib muhit, tabiiy element va futurustik ruhda ishlangan kaminlar bu joyni unuta olmasligingizga sabab bo‘ladi. Undagi turmush tarziga ko‘nikishga bir necha daqiqalar ketsa, undan ajralish esa asrlarni talab etadi. Mazkur joyda yashash narxi 265 yevrodan boshalanadi.

13. Marqués de Riscal mehmonxonasi, Elciego, Ispaniya

Mazkur arxitektura durdonasi zamonamizning eng introvert arxitektori Frank Geri (Frank Gehry) tomonidan yaratilgan. G‘ayrioddiy dizayn, san'at, gastronomiya, vino va go‘zal manzara bir butunlikda ajoyib xislarga sabab bo‘ladi. Mazkur ko‘rkam mehmonxonada yashash 340 (yevromi yoki dollar) yoki undan yuqori narxni tashkil qiladi.

14. Boscolo Exedra Roma, Rim

Bu yerdagi hashamatli dizayn, soflik ko‘rinishidagi yetuklikni, Prezident xonalari, chiroyli manzaraga qaragan xonalarni hech qachon unuta olmaysiz. Xona narxi bitta tunni o‘tkazish uchun 273 AQSh dollari miqdorida belgilangan.

15. Tsala daraxt tepasidagi xona, Janubiy Afrika

Daraxt tepasidagi xona o‘zining yorqinligi bilan ajralib turadi. Bunga esa yog‘ochdan tayyorlangan mebellar va yorqin ranglardan foydalangan holda erishilgan. Sarguzashtli safaridan keyin xonangizga qaytganingizda kenglik va chiroyli bezatilgan xonalarning qulayligidan dilingiz yayraydi. Mazkur xonada bitta tunni o‘tkazish narxi 367 AQSh dollarini tashkil qiladi. 

16. Huvafen Fushi, Maldiv orollari

Bu joy orzuga o‘xshaydi. Mazkur g‘aroyib makon to‘ylarni o‘tkazilishi bilan mashhur, Juftliklar hayotlaridagi unutilmas onlarni o‘tkazish uchun bu yerga tashrif buyuradilar. Bitta tunni bu ajoyib xonada o‘tkazish 1850 AQSh dollarni tashkil qiladi. 

17. Au Vieux Panier, Marsel

Noan'anaviy dizaynga qiziqsangiz, Vieux Panier sizga juda mos joydir. Bu yerda siz eng kutilmagan va qiziq xonalarni ko‘rasiz. Narxi 100 yevrodan boshlanadigan mazkur xonalarda zamonaviy dizayn namunalaridan baxramand bo‘lishingiz mumkin.

18. Marina Bay Sands, Singapur 

Marina Bay Sands mehmonxonasi butun dunyo bo‘ylab ko‘plab talevizion ko‘rsatuvlar, jurnal va gazetalarda yoritilgan. Bu mehmonxona sharoitiga tezlik bilan moslashasiz va bu yerni tark etishni istamaysiz. Bu xonada bitta tunni o‘tkazi narxi  500 AQSh dollaridan ko‘proqni tashkil qiladi.

19. Intercontinental, Gonkong

Gonkongni g‘aroyib qirralarini kashf eting. Narxlar 960 AQSh dollaridan boshlanadi.

20. Plaza Athenee mehmonxonasi

O‘z obro‘siga ega bo‘lgan Parisian mehmonxonasi mashhur Eyfel minorasidan bir mil uzoqlikda joylashgan. Deraza ortidagi hayratlanarli manzara bu mehmonxonada sizga rohat baxsh etuvchi narsalarning bir qismi xolos. Bitta tunni o‘tkazish narxi 895 yevroni tashkil qiladi.

21. Hard Rock mehmonxonasi, Vallarta, Mexiko

Ajoyib muhit, betakror taomlar va chiroyli insonlar sizga a'lo darajadagi kayfiyatni baxshida qiladi. Narxlar bir kecha uchun 672 AQSh dollarini tashkil qiladi.

22. Le Méridien, Bora Bora

Suv osti manzarasi sizni hayratlantiradi. Mazkur mehmonxonalar bayramona tadbirlarni o‘tkazish joyi sifatida tanilgan. Oynali pol ortidan lagun suvlarini tomosha qilib, uning moviy rangidan ko‘zlaringiz qamashadi. Narxlar esa 2 kishi uchun bitta tunni o‘tkazishga 900 AQSh dollari miqdorini tashkil qiladi.

23. Mountain Exposure (Tog‘lar ta'siri), Shveytsariya

Agar qishki o‘yinlar va chang‘i sport turini sevsangiz, Shveytsariya Alp tog‘lari aynan sizning didingizga mos keladi. Bu yerga sizga hashamatli lyuks nomerlar, o‘ta qulay mebellar, iliq muhit va betakror taomlarni taklif qilinadi. Haftalik narx esa 17 400 (1804 AQSh dollari) Shveytsariya frankini tashkil qiladi.

24. Ladera dam olish maskani, Sent-Lyusiya

1000 futda joylashgan Ladera dam olish maskani sizga takrorlanmas taassurotlarni hadya qiladi. Bu lyuks nomerni hech ham tashlab ketgingiz kelmaydi, chunki Ladera muhiti xonalarda ham aks etgan. Hashamatli ashyolar va xizmatlar sizga betakror hordiq onlarini taqdim qiladi. Karib dengizining go‘zal qiyofasi butun umrga xotirangizda muhrlanib qoladi. Bitta tunni o‘tkazish narxi esa 574 AQSh dollariga teng.

25. Janubiy okean uyi, Kenguru oroli, Avstraliya

Mazkur takrorlanmas go‘sha sizga xotirjamlik va xordiq xissini baxsh etadi. Narxlar 1050 AQSh dollaridan boshlanadi.

26. Daraxtdagi uy, Kosta-Rika

Quyuq yam-yashil o‘rmonlar bilan qoplangan va balandda qurilgan joylardagi go‘sha sizning ichki hislaringizni ochadi. Narx

lar 300 AQSh dollaridan boshlanadi.

27. Hashamatli safari xonasi, Tongabezi, Viktoriya sharsharasi, Zambiya

Zambeziga qaragan manzara tonggingizni iliq xotiralar bilan boyitadi. Bu yerdan kamida beshta sovg‘asiz uyga ketishning iloji yo‘q. Daraxtdagi uyda yashash narxi bir kishi uchun 751 AQSh dollarini tashkil qiladi.

28. Oberoi Amarvilas, Agra, Hindiston

Xalqaro jihatda mashhur bo‘lgan betakror Toj Mahal yodgorligi har yili minglab sayyohni Hindistonga olib keladi. Eng hashamatli mebel va xizmatlar bilan o‘zingizni marmar va oltin qurshovida bo‘lgan hind sultoni kabi tasavvur qilasiz. Narxlar 640 AQSh dollaridan boshlanadi.

29. "Giardino tog‘i mehmonxonasi", Shveytsariya

“Eng go‘zal mehmonxona” sifatida taqdirlangan Giardino (Jiardino) mehmonxonasi qishki ta'til va sayohat uchun eng qulay makondir. Oppoq dekor, hashamatli mato va xizmatlarning xilma-xilligi bu yerga tashrif buyurish sabablaridan biridir. Bu besh yulduzli mehmonxanada tunash narxi 450 Shveytsariya franikini tashkil qiladi.

30. B.O.G. mehmonxonasi, Bogota, Kolumbiya

Bu maskan sizga lyuks xonalar va turli xizmat paketlarini taqdim etadi. Bu mehmonxonada har kimning didiga mos keluvchi narsalar mavjud. Ulardan biri esa Bogotaga tashrif buyurishdir. Narxlar bir kecha uchun 180 AQSh dollaridan boshlanadi.

31. El Otro Lado mehmonxonasi, Portoelo, Panama

Ekzotik makonlarni xush ko‘rasizmi? Boshqa madaniyatni o‘rganishnichi? U holda bu siz uchun eng qulay joy. Bu yerda siz hotirjamlik, tabiat va boy afro-karib madaniyatidan bahramand bo‘lasiz. Bunga qo‘shimcha ravishda har kimga mos xizmat ko‘rsatish, ajoyib muhit taklif etiladi. Bu xonalardan birida yashab, qushlarning sayrashidan uyg‘onasiz, chiroyli muhit va ajoyib taomlardan rohatlanasiz.

32. Hacienda Uayamon (Gasiyenda Uayamon), Meksika

Mayya imperiyasi muhiti bu kurortdagi barcha narsalarda ufurib turadi. Bu yerdagi tabiiy go‘zallik yoqimli bayramlar va hordiq bilan boyitilgan. Mayya qarorgohlarini o‘rganing, hashamatli xizmatlardan bahramand bo‘ling. Narxlar 264 AQSh dollaridan boshlanadi.

33. Adelfi mehmonxonasi, Melburn

Bu yerda ijodkorlik g‘ayrioddiy ko‘rinishda aks ettirilgan. Eng tezkor ko‘chalardagi holatlar ham bu qadarjo‘shqin bo‘lmagan. “Om Nom” restoranlari shirinliklari, kokteylining ta'mi og‘zingizda qoladi. Melburndagi eng esda qolarli joy. Mazkur xona narxi 214 AQSh dollariga teng.

34. Mandarin Oriental, Taybey

Tayvanning eng yorqin qismlaridagi ko‘plab madaniy va tarixiy qadamjolar har haftada minglab turistlarni jalb etadi. Mandarin Oriental ular orasida eng obro‘lisidir. Chiroyli xonalar, innovatsion restoranlar va dunyo davlatlari darajasidagi spa xizmatlari bilan rohatlanmay qolmaysiz. Narxlar 639,88 AQSh dollaridan boshlanadi.

35. Auberge de la Maison, Monblan

Monblandagi bayramlar juda g‘aroyib. Auberge de la Maison  tog‘dagi katta va chiroyli uydir. Sodda rassomchilik jihozlari, go‘zal qadamjolar, romantik go‘shalar, qadimiy rasmlar va iliq muhit sizga o‘zgacha hislarni baxsh etadi. Narxlar 119 yevrodan boshlanadi.

36. Alto Atacama Desert Lodge & Spa, San-Pedro

Musaffolik va naturalizm bu go‘sha uchun xos bo‘lgan ta'riflardir. Atrofdagi tog‘li qoyalar bilan bilan bezatilgan muhit sizga ajoyib hislarni taqdim etadi. Tashqi zal bir qaraganda ko‘zingiz quvonadigan ilk joydir. Alto Atakama sayyohlarning ko‘zini ochib, tabiat va atrof-muhitni his qilish, tadqiq etish va hech qachon unutilmas hislarni tuyishga undaydi. Narhlar 770 AQSh dollaridan boshlanadi.

37. Iniala plyajdagi uy, Tailand, Pxuket

“Iniala Plyajdagi uy” dam olish maskani haqiqiy hashamatli dizayn ma'nosini tushunishga imkon yaratadi. Bu loyiha ustida ishlagan loyihachilar yordamida dam olish maskan va uning xizmatlari qulaylik va lazzat joyiga aylantirildi. Bu go‘sha orzularingizni amalga oshiradi. Pxuketda hukm surgan muhitni chin dildan his qilasiz. Narxlar taxminan 1000 AQSh dollaridan boshlanadi.

38. Bambu Indah, Ubud, Bali

G‘aroyib hodisalarni izlab yuradigan insonlar toifasidan bo‘lsangiz, Bambu Indah siz uchun. Mazkur maskan sizga alohida mavzu va muhitga ega bo‘lgan xonalarni taklif qiladi. Narxlar har bir inson uchun bir kechaga 95 AQSh dollaridan boshlanadi.

39. Daniel mehmonxonasi, Vena

Daniel mehmonxonasida siz betakror arxitektura va dizayn namunalariga duch kelasiz. Bu yerda o‘zingizni g‘aroyib olamga tushib qolgandek his etasiz. Narxlar bir kecha uchun 95 yevrodan boshlanadi.

40. Mayak Xarlingena, Niderlandiya

Noodatiy, g‘aroyib va betakror. Xarlingen mayog‘i – haqiqiy mayoqdir. U mehmonxonaga aylantirilgunga qadar haqiqiy mayoq bo‘lgan. Bu yerda o‘zingizni ajoyib va qiziqarli hikoyada yashayotgandek his qilasiz. Bir kecha narxi 300 yevrodan boshlanadi.

Kichik bir sir: 2015 yilga buyurtmalar allaqachon bajarib bo‘lingan. Bu g‘aroyib mehmonxonalarga oldindan buyurtma berishni unutmang!

Bu xonalarda yashash hayotingizda unutilmas onlar sodir bo‘lishiga yordam beradi. Tashrif buyuring, o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rib, rohatlaning.


Bu ham qiziq

O‘zbekiston TIV rahbari Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashdi

O‘zbekiston TIV rahbari Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashdi

Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi Janobi Oliylariga qabul uchun minnatdorlik bildiramiz. O‘zbekiston Respubli…
11:33 / 07.06.2025
Sergelida mebel sexi yonib ketdi

Sergelida mebel sexi yonib ketdi

Shunga ko‘ra yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 08:07 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 08:42 da qurshab olingan 10:2…
11:16 / 06.06.2025
Mbappe “Oltin to‘p”ga kim loyiq ekanligini aytdi

Mbappe “Oltin to‘p”ga kim loyiq ekanligini aytdi

Fransiya milliy jamoasi va Ispaniyaning “Real Madrid” klubi hujumchisi Kilian Mbappening fikricha, Usmon Dembele “Oltin to‘p…
16:22 / 07.06.2025
Rossiya Ukrainaga yirik havo hujumi uyushtirdi

Rossiya Ukrainaga yirik havo hujumi uyushtirdi

Ayrim rossiyalik OAVlar, masalan, “Argumenty i fakty” nashri bu keng ko‘lamli hujumni “qasos” deb atadi.
14:23 / 06.06.2025
Mirziyoyev Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif bilan telefon orqali muloqot qildi

Mirziyoyev Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif bilan telefon orqali muloqot qildi

Pokiston Bosh vazirining joriy yil fevral oyida O‘zbekistonga tarixiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshi…
21:14 / 07.06.2025
Toshkentning 122 ta masjidida hayit namozi o‘qiladi

Toshkentning 122 ta masjidida hayit namozi o‘qiladi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining Qurbon hayiti kuni 6-iyunga to‘g‘ri kelishi haqidagi qarorini inobatg…
10:00 / 05.06.2025
Farg‘onadagi alyuminni qayta ishlash sexida 1,8 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanildi

Farg‘onadagi alyuminni qayta ishlash sexida 1,8 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanildi

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
15:49 / 05.06.2025
UFC 316. Dvalishvili va O’Melli o‘rtasidagi kamar jangi muddatidan oldin yakunlandi

UFC 316. Dvalishvili va O’Melli o‘rtasidagi kamar jangi muddatidan oldin yakunlandi

AQShning Nyu-Jersi shtatida UFC 316 turniri o‘z yakuniga yetdi.
10:46 / 08.06.2025
Tramp va Mask o‘rtasida ziddiyat yuzaga keldi

Tramp va Mask o‘rtasida ziddiyat yuzaga keldi

Mask X platformasida prezident Donald Trampning nomi moliyachi Jeffri Epshteyn ishiga doir hujjatlarda qayd etilgani sababli…
12:08 / 06.06.2025
O‘zbekiston Afg‘onistonga hayit munosabati bilan insonparvarlik yordami jo‘natdi

O‘zbekiston Afg‘onistonga hayit munosabati bilan insonparvarlik yordami jo‘natdi

Insonparvarlik yordami tarkibidan un, guruch, shakar, makaron va qandolat mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, tez tayyorlanadigan …
17:35 / 05.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!