$
12831.81 UZS
-25.54
163.75 UZS
0.3
14606.45 UZS
-66.36
34° Kechasi 23°

Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti qayta tashkil qilinib, ayrim hududlarda uning filiallari ish boshlaydi

14:16 / 08.04.2020

Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti Tibbiyot xodimlarini kasbiy malakasini rivojlantirish markazi etib qayta tashkil etiladi hamda Toshkent shahridagi 1-son Respublika klinik shifoxonasi negizida Markazning ko‘p tarmoqli klinikasi tuziladi

Bu haqda davlat rahbarining “Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilab berildi.

Shu bilan birga, tibbiyot oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lmagan hududlar (Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan va Sirdaryo viloyatlari)da hududiy ko‘p tarmoqli kattalar va bolalar tibbiyot markazlarida mazkur Markazning filiallari ochiladi.

Ahamiyatli tomoni, Markazda 2021-yilgi O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi mablag‘lari hisobidan xalqaro standartlarga javob beradigan o‘quv-simulyatsion markazi tashkil qilinadi.

Shuningdek, 2021-yil 1-yanvardan boshlab shifokorlar uchun har 5 yilda malaka toifasini olish bo‘yicha majburiy attestatsiyadan o‘tish tartibi kiritiladi hamda ularga qulaylik yaratish va shaffof o‘tkazilishini ta’minlash uchun attestatsiyani onlayn tartibda audio va videokuzatuv ostida tashkil etish tizimi joriy etiladi. 

Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish uchun to‘lov ham bekor qilinadi.


Bu ham qiziq

Eshak go‘shtidan somsa tayyorlab, sotganlarga hukm o‘qildi

Eshak go‘shtidan somsa tayyorlab, sotganlarga hukm o‘qildi

Toshkent viloyati Parkent tumanida eshak go‘shtidan somsa tayyorlab, sotganlarga hukm o‘qildi.
10:25 / 07.06.2025
Toshkentning 122 ta masjidida hayit namozi o‘qiladi

Toshkentning 122 ta masjidida hayit namozi o‘qiladi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining Qurbon hayiti kuni 6-iyunga to‘g‘ri kelishi haqidagi qarorini inobatg…
10:00 / 05.06.2025
Eron tezkor yadroviy qurollanish imkoniyatiga ega

Eron tezkor yadroviy qurollanish imkoniyatiga ega

Eron tezkor yadroviy qurollanish imkoniyatiga ega
11:19 / 07.06.2025
Rim papasi Putinni Ukrainada tinchlikka chaqirdi

Rim papasi Putinni Ukrainada tinchlikka chaqirdi

Vatikan 4-iyun kuni Rim papasi Lev XIV va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida telefon orqali suhbat bo‘lib o‘tganini…
13:07 / 05.06.2025
6-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

6-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

Harorat kechasi 22-24 daraja, kunduzi 33-35 daraja bo‘ladi.
06:43 / 06.06.2025
Yangi hafta boshida qanday ob-havo kuzatiladi?

Yangi hafta boshida qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 9–11-iyun kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
14:46 / 07.06.2025
Mbappe “Oltin to‘p”ga kim loyiq ekanligini aytdi

Mbappe “Oltin to‘p”ga kim loyiq ekanligini aytdi

Fransiya milliy jamoasi va Ispaniyaning “Real Madrid” klubi hujumchisi Kilian Mbappening fikricha, Usmon Dembele “Oltin to‘p…
16:22 / 07.06.2025
O‘zbekiston TIV rahbari Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashdi

O‘zbekiston TIV rahbari Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashdi

Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi Janobi Oliylariga qabul uchun minnatdorlik bildiramiz. O‘zbekiston Respubli…
11:33 / 07.06.2025
Rossiya Ukrainaga yirik havo hujumi uyushtirdi

Rossiya Ukrainaga yirik havo hujumi uyushtirdi

Ayrim rossiyalik OAVlar, masalan, “Argumenty i fakty” nashri bu keng ko‘lamli hujumni “qasos” deb atadi.
14:23 / 06.06.2025
Ronaldu klublar o‘rtasidagi JChda ishtirok etishi haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi

Ronaldu klublar o‘rtasidagi JChda ishtirok etishi haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi

Ronaldu ko‘p takliflarga qaramay, mundialda qatnashmaslikka qaror qilganini aytgan.
19:37 / 07.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!