Bugun Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tashkil etilganiga 84 yil bo‘ldi. Bu dargoh yillar davomida ko‘plab malakali pedagoglarni tayyorladi. Mazkur Oliy o‘quv yurti 1935-yil 14-sentabrda Oʻrta Osiyo davlat universiteti (hoz.nom. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning pedagogika fakulteti negizida Pedagogika instituti sifatida tashkil etilgan. Biz bugungi sana munosabati bilan mazkur institut haqidagi qiziqarli faktlarni to‘plab chiqdik.
Demak boshladik:
- 1953-1998-yillarda Toshkent pedagogika instituti deb nomlangan.
- 1998-yil 24-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan unga universitet maqomi berilgan.
- 1947-yildan ozarbayjon shoiri va maʼrifatparvari Nizomiy nomi bilan atala boshlangan.
- Universitet kutubxonasida 900 mingdan ortiq asar saqlanadi.
- 2004-yil 23-martda universitet oldidagi maydonda Nizomiy Ganjaviy haykali (meʼmori Valeriy Akopjanyan, haykaltaroshi Ilhom Jabborov) oʻrnatilgan. Mazkur haykalning tantanali ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I. Karimov va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti I. Aliyev ishtirok etishgan.
- Unversitetning eski binosi o'rnida yangi – Alisher Navoiy nomidagi O'zbek tili va adabiyoti universiteti tashkil etilganligi uchun 2017-yili Nizomiy haykali o'rniga Navoiy haykali o'rnatilgan.

- Hozirda Moskva davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan Rus tili va adabiyoti qо‘shma fakultetida universitet talabalari 3+1 shaklida, ya’ni 3 yil Toshkentda, 1 yil esa Moskva shahridagi pedagogika sohasidagi universitetda ta’lim olishadi. О‘qish yakunida talabalarga Double Degree shaklidagi, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti va Moskva davlat pedagogika universiteti diplomiga ega bо‘ladilar.

- 2016-yili TDPU boshqa manzilga — 1-son Toshkent pedagogika kolleji binolariga ko‘chirilgan va universitet uchun yangi binolar qurilgandi.