$
12857.35 UZS
22.74
163.45 UZS
0.8
14672.81 UZS
10.55
36° Kechasi 22°

Oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

17:14 / 22.10.2021

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi va Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti  oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari hisoblanadi.

Mazkur ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi. 

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishida o‘qitish kunduzgi, masofaviy va sirtqi (maxsus sirtqi) ta’lim shakllarida amalga oshiriladi.

Kunduzgi ta’lim shaklida o‘qish kamida 3 yil davom etadi. 

Bakalavriatda ishlab chiqarishdan ajralmagan holda (masofaviy), sirtqi ta’lim davomiyligi oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xodimlar uchun kamida 4 yil, oliy ma’lumotga egalar uchun 3 yil etib belgilanadi.

Kursantlar 1-bosqich ta’lim muddati yakunlanganidan so‘ng muddatli harbiy xizmatni o‘tagan hisoblanadi va ularga harbiy guvohnoma beriladi.

Magistratura mutaxassisliklarida o‘qitish kunduzgi yoki masofaviy ta’lim shakllarida amalga oshirilib, o‘qish davomiyligi kamida 1 yilni tashkil etadi. 

Shuningdek, ta’lim muassasalari boshqaruv sohasiga mutaxassis kadrlarni maqsadli tayyorlash uchun 2 bosqichli (ikki yillik) magistraturani tashkil etishi mumkin. Bunda bitiruvchilarga ilmiy va pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish imkoniyati beriladi.

Ta’lim muassasalari bitiruvchilariga diplom bilan birga vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan namunadagi ko‘krak nishoni beriladi.

 


Bu ham qiziq

Yirik firibgarlikda gumon qilingan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi

Yirik firibgarlikda gumon qilingan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi

O‘zbekiston Interpolining Milliy markaziy byurosi ko‘magida Amerika Qo‘shma Shtatlarida qidiruvdagi shaxsning joylashgan o‘r…
21:33 / 02.06.2025
DXX tomonidan Hajga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

DXX tomonidan Hajga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
14:40 / 03.06.2025
Ilon Mask ortiq BMTni moliyalashtirmaslikni taklif qildi

Ilon Mask ortiq BMTni moliyalashtirmaslikni taklif qildi

U bu haqda X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.
09:03 / 04.06.2025
Mirziyoyev Koreya Respublikasi yangi prezidentini tabrikladi

Mirziyoyev Koreya Respublikasi yangi prezidentini tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myonni ushbu lavozimga saylang…
12:43 / 04.06.2025
UzAuto Motors yangilangan UzAutoSavdo saytini ishga tushirdi

UzAuto Motors yangilangan UzAutoSavdo saytini ishga tushirdi

O‘zbekistonda UzAutoSavdo avtomobillarini sotish bo‘yicha yangilangan sayt ishga tushirildi. Bu haqda UzAuto Motors kompaniy…
18:32 / 04.06.2025
Rasman: pensiya va nafaqalar 10 foizga oshiriladi

Rasman: pensiya va nafaqalar 10 foizga oshiriladi

Prezident farmoniga muvofiq, 2025-yil 1-iyuldan boshlab pensiyalar va nafaqalar hamda kam ta’minlangan oilalarga bolalar naf…
12:17 / 03.06.2025
O‘zbekistonda Amir Temur davriga oid noyob artefaktlar topildi

O‘zbekistonda Amir Temur davriga oid noyob artefaktlar topildi

Toshkentdan uzoq bo‘lmagan joyda, qadimiy Shahruxiya shahri hududida o‘zbek va turk arxeologlari Amir Temur davriga oid noyo…
18:14 / 04.06.2025
Janubiy Koreyada navbatdan tashqari prezident saylovi o‘tkazilmoqda

Janubiy Koreyada navbatdan tashqari prezident saylovi o‘tkazilmoqda

Bugun mamlakat fuqarolari harbiy holat e’lon qilishga uringani uchun lavozimidan chetlatilgan Yun Sok Yolning o‘rniga yangi …
10:51 / 03.06.2025
4-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

4-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

Harorat kechasi 19-21 daraja, kunduzi 35-37 daraja bo‘ladi.
22:44 / 03.06.2025
O‘zbekiston va Xitoy mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlaydi

O‘zbekiston va Xitoy mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlaydi

Tomonlar savdo, transport, logistika, sanoat, madaniyat, gumanitar va ilmiy sohalarda hamkorlikni kengaytirish yo‘llarini ba…
20:21 / 03.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!