$
12857.35 UZS
22.74
163.45 UZS
0.8
14672.81 UZS
10.55
36° Kechasi 22°

Magistraturada oʻqishning afzallik va kamchiliklari

09:03 / 26.06.2021

Ayni vaqtda bakalavriatni bitirayotgan bir qancha talabalarning oldida “Magistraturada oʻqisammikan?” degan savol turibdi. Bir tomondan, talabalik hayotidan ayrilging kelmaydi, bir tomondan, oliy ta’limning obroʻliroq ikkinchi bosqichida oʻqishni ham istaysan. Yakuniy qarorga kelish uchun bu sabablar kamlik qiladi. Bu osonroq boʻlishi uchun magistraturada oʻqishning qanday afzalliklari va kamchiliklari borligini quyida keltirib oʻtamiz.

Magistraturaning afzalliklari

Yoʻnalishingiz boʻyicha chuqurroq bilimlar olish imkoniyati
Mutaxassisligingiz oʻzingizga yoqsa va bu borada chuqurroq bilimlar olishni istasangiz, magistraturada oʻqish haqida oʻylab koʻrishingiz kerak. Masalan, psixologiya sohasida bakalavriatni bitirgach, sport psixologiyasi boʻyicha magistratura yoʻnalishini tanlasangiz boʻladi. 
Sohangizga yaqin boshqa bir yoʻnalishni tanlash imkoniyati ham mavjud. Masalan, bakalavriatda psixologiya yoʻnalishida oʻqigan boʻlsangiz, sotsiologiya yoʻnalishi boʻyicha magistraturada oʻqishingiz mumkin. 
Magistratura iste’dodli talabalarga yangi imkoniyatlar ochadi.

Ilmiy ish yozishingiz mumkin
Fan sizni qiziqtirsa va bu borada oʻzingizni sinab koʻrmoqchi boʻlsangiz, magistratura bu borada yaxshi imkoniyatdir. Qoʻshimcha adabiyotlarni oʻrganish va ilmiy-tadqiqot ishi yozishingiz uchun yetarlicha vaqtingiz boʻladi.

Ta’lim va ishni birga olib borish mumkin
Magistrant – anchagina tajribali talaba degani. U oson oʻqishni, bir nafasda imtihonlarni topshirishni, shaxsiy ishlariga vaqt ajratishni oʻrganib olgan. Shuning uchun oʻqish davomida mashgʻulotlarni hamda qoʻshimcha ishni birga olib borish mumkin. Ham stipendiya olish, ham oylik olish imkoniyatingiz boʻladi.

Rezyumengiz uchun qoʻshimcha band
Ish qidirayotganingizda magistratura uchun sarflagan ikki yilingiz sizning foydangizga ishlashi mumkin. Ish beruvchi sizning diplomingizga qarab, qarshisida tor yoʻnalishni chuqur biladigan odam turganini anglaydi. Pedagogika singari alohida sohalarda magistratura avtomatik tarzda oʻqituvchining malakasini oshiradi va kategoriya beradi. Maktablarda bu foydalidir.

Talabalar turar-joyida yashash imkoniyati
Bu yoqimli afzalliklardan. Turar-joyga qanday toʻlov qilsam ekan, deb boshingizni ogʻritib yurmasdan, oʻqishingiz mumkin. Katta shaharda stipendiya bilan alohida kvartira xonasi uchun toʻlov qilish qiyinligini hamma biladi.

Magistraturaning kamchiliklari

Ba’zida ish topish qiyin
Magistraturaning ayrim yoʻnalishlarini bitirganda, ish topish oson boʻlmaydi. Chunki ushbu soha vakiliga talab boʻlmasligi mumkin. Shuning uchun, magistraturaga hujjat topshirishdan oldin, uni bitirgach ish topish imkoniyatlaringiz qay darajada ekanini surishtirib koʻring.

Ilmiy ishingiz amaliy jihatdan keraksiz boʻlsa, behuda vaqt sarflayotgan boʻlasiz
Ba’zida ilmiy ish xobbiga aylanishi mumkin. Mavzuingiz juda tor boʻlsa, tadqiqotingiz amaliy jihatdan foyda keltirmasa, ilmiy ish faqatgina shaxsiy rivojlanish va qoniqishga xizmat qiladi. Buni hisobga oling.

Magistraturaga topshirish kerak-kerakmasligini, albatta, siz hammadan yaxshiroq bilasiz. Imkoniyat va xohishlaringizni inobatga olgan holda, chuqur oʻylang va qaror qabul qiling. Omad yor boʻlsin!

 


Bu ham qiziq

O‘zbekiston ketma-ket uchinchi oy eng ko‘p oltin sotgan mamlakat bo‘ldi

O‘zbekiston ketma-ket uchinchi oy eng ko‘p oltin sotgan mamlakat bo‘ldi

O‘zbekiston aprel oyi yakunlari bo‘yicha yana dunyodagi eng yirik oltin sotuvchisi bo‘ldi. Bu haqda Jahon oltin kengashi xab…
18:22 / 04.06.2025
Janubiy Koreyaga yangi prezident saylandi

Janubiy Koreyaga yangi prezident saylandi

Saylovlarda birlashgan demokratik partiyadan nomzod Li Chje Myon g‘alaba qozondi.
08:16 / 04.06.2025
O‘zbekiston va Xitoy mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlaydi

O‘zbekiston va Xitoy mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlaydi

Tomonlar savdo, transport, logistika, sanoat, madaniyat, gumanitar va ilmiy sohalarda hamkorlikni kengaytirish yo‘llarini ba…
20:21 / 03.06.2025
O‘zbekiston Yaponiyaga ishlash uchun 10 ming nafar ishchi mutaxassis yuboradi

O‘zbekiston Yaponiyaga ishlash uchun 10 ming nafar ishchi mutaxassis yuboradi

O‘zbekiston va Yaponiya 10 ming o‘zbek mutaxassislariga Yaponiyada ish topishga yordam beradigan qo‘shma loyihani ishga tush…
21:06 / 03.06.2025
Turkiyada 5,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Turkiyada 5,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Bu haqda mamlakatning Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) xabar bermoqda.
09:29 / 03.06.2025
UzAuto Motors yangilangan UzAutoSavdo saytini ishga tushirdi

UzAuto Motors yangilangan UzAutoSavdo saytini ishga tushirdi

O‘zbekistonda UzAutoSavdo avtomobillarini sotish bo‘yicha yangilangan sayt ishga tushirildi. Bu haqda UzAuto Motors kompaniy…
18:32 / 04.06.2025
Janubiy Koreyada navbatdan tashqari prezident saylovi o‘tkazilmoqda

Janubiy Koreyada navbatdan tashqari prezident saylovi o‘tkazilmoqda

Bugun mamlakat fuqarolari harbiy holat e’lon qilishga uringani uchun lavozimidan chetlatilgan Yun Sok Yolning o‘rniga yangi …
10:51 / 03.06.2025
DXX tomonidan Hajga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

DXX tomonidan Hajga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
14:40 / 03.06.2025
Japarov Almazbek Atambayevni afv etishga tayyorligini aytdi

Japarov Almazbek Atambayevni afv etishga tayyorligini aytdi

U bu haqda “Kabar” axborot agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
15:38 / 04.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!