$
12857.35 UZS
22.74
163.45 UZS
0.8
14672.81 UZS
10.55
36° Kechasi 22°

Yosh ulg‘aygani sayin tishlar nega buziladi? Buning oldini olish mumkinmi?  

12:45 / 20.03.2020

Yosh bilan bog‘liq ravishda tishlarning yemirilishi 35-40 yoshdan keyin paydo bo‘la boshlaydi. Jarayonning mohiyati oddiy: umr davomida tishlar tinmasdan ovqat chaynaydi, gapirish jarayonida tillar tegib turadi, chekish, alkogol, taom tarkibidagi ortiqcha qand va shu kabi zararli omillarni birinchi bo‘lib qarshi oladi.  Bularning hammasi tish emal qatlamining asta-sekinlik bilan yemirilishiga olib keladi. Natijada tishlar xiralashadi, yupqalashgan emal ostidan dentin ko‘rinib qoladi, keyinchalik esa tishlovning balandligi pasayadi. Shuning uchun ham yoshlarning tishlari qarilarnikiga qaraganda yaltillab turadi, yirik bo‘ladi.  

Bu borada, shuningdek, hayot tarzi ham muhim rol o‘ynaydi. Qandli diabet, gastrit, kolit, oshqozon-ichak tizimi kasalliklari tish salomatligiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, og‘iz bo‘shlig‘i parvarishi, rang qo‘shilgan taom va ichimliklarni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilinishi, kasbiy sharoitlar (og‘ir metallar intoksikatsiyasi), mineral moddalar yetishmasligi ham juda ahamiyatli. 
  
To‘g‘ri parvarish va stomatolog huzurida tez-tez bo‘lish tish emalidagi o‘zgarishlarni kamaytirishi mumkin, biroq butkul oldini ololmaydi. Hatto eng zamonaviy tibbiy texnologiya ham tabiiy qarish jarayonini to‘xtatish kuchiga ega emas. 
Tishlarning chiroyi va salomatligini qanday qilib uzoq saqlash mumkin?  

1. Hayot tarzini o‘zgartirish
Garchi stomatologlar tishlarimizning yaqin do‘stlari bo‘lishsa-da, o‘zimiz ham tishlar baxsh etuvchi yoshlikka xos chiroyli tabassumimizni uzaytirishimiz mumkin. Tishlarning qarish jarayoniga nimalar to‘sqinlik qiladi?  Chekish va spirtli ichimliklardan voz kechish. Spirtli ichimliklar tarkibidagi kislota tish rangini xunuklashtiradi.  

Qand iste’molini kamaytirish
Tarkibida bo‘yovchi moddalar yuqori darajada bo‘lgan mahsulot va ichimliklardan voz kechish: qahva, cho‘y, shokolad, qoraygan  mevalar, sabzavotlar va rezavorlar.
Uy sharoitida og‘iz bo‘shlig‘ini sifatli parvarishlash – kun davomida tishni ikki marta ovqatlangandan keyin tozalash, chayish, tish ipi, irrigatorlardan foydalanish. 
Tarkibida yetarli darajada oqsil, yog‘, uglevod, makro- va mikroelementlar, darmondorilar bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilish. 
Shuningdek, yiliga 2 marta stomatolog qabuliga borish. Shifokor muammoni qanchalik erta aniqlasa, uni bartaraf qilish shunchalik oson kechadi.]

2. Professional tozalashni e’tiborsiz qoldirmang 
Kun sayin muqarrar ravishda shakllanib boradigan tish karashlari sarg‘ayib nafaqat uning rangiga, balki chiroyli tabassumga ham putur yetkazadi. Tish karashlari kariyes chaqiruvchi bakteriyalar rivoji uchun ajoyib imkondir: ular o‘zlaridan tishni yemiruvchi kislota  chiqarishadi. 
Uy sharoitida har qancha harakat qilinsa-da, karashlarni to‘la tozalab bo‘lmaydi. Shuning uchun 1 yilda 2 marta stomatologga professional tozalash uchun murojaat qilish darkor. 

Ultrato‘lqinlar karashni olib tashlashga, og‘izni asl holiga qaytarishga yordam beradi. Tishni maxsus moslama bilan tozalash esa suvning nozik oqimi va mayda abraziv yordamida amalga oshiriladi. Ular tishlar yuzasi, ular orasidagi bo‘shliqlarda bosim ostida yuritilganda tishdagi toshlar, qorayishlar va karashlarni olib tashlaydi. Shu tariqa tishni 1-3 ton miqdorida oqartirish ham mumkin. 
  
3. Oqartirish
Tozalash og‘iz bo‘shlig‘ini sog‘lomlashtirsa ham, yosh ulg‘aygani sayin tish emalining yupqalashishi oqibatida paydo bo‘luvchi qorayishini ketkazishga qodir emas. Qorayishlarni yo‘qotish va 1-3 ton darajasida oqartirish uchun mutaxassisga murojaat qilish lozim. Bu ish gigiyenik tozalashdan keyingina o‘tkaziladi.    
Hozirda oqartirishning vodorod perekisiga asoslangan 2 usuli juda ham mashhur. Birinchi usulda tarkibni faollashtirish uchun ultrabinafsha yoki LED lampa qo‘llaniladi. Lampa maxsus gel surtilgan emalni qizdiradi. Qizish natijasida vodorod perekisidan kislorod ajralib chiqadi va tish tarkibiga kirib qora dog‘larni parchalaydi.
Ikkinchi holatda lazer qo‘llaniladi. Bu yana-da zamonaviyroq, samaraliroq va foydaliroq usul sanaladi. Bu usulda tishni hatto 10-12 ton darajasigacha oqartirish mumkin va natija juda uzoq vaqt saqlanib turadi – buning uchun 1 yilda 2 marta gigiyenik tozalash o‘tkazilib turilsa, kifoya. Lazer shuningdek, tish emalini qalinlashtiradi.  

Biroq oqartirishning ham qarshi ko‘rsatmalari bor:  
• 18 yoshgacha mumkin emas. Bu vaqtda tish-jag‘ tizimi shakllanadi, bolalar va o‘smirlarda tish emali juda nozik bo‘ladi. 
• Homiladorlik va emizikli davrda mumkin emas. Bu jarayonning homilador va emizikli ayollarga zararsiz ekanligini tasdiqlovchi tadqiqotlar mavjud emas.
• Kariyes, milk kasalliklari, tish plombalari ko‘p bo‘lsa tavsiya etilmaydi.
• Oqartiruvchilar tarkibidagi moddalarga allergiyasi borlarga ham ruxsat yo‘q.  

4. Vinir (tish shakli, rangini to‘g‘rilash va himoya uchun o‘rnatiladigan moslama)lar o‘rnatishni ko‘rib chiqish.  
Oqartirish tishlovning pasayishini, emal yemirilishini, yosh bilan bog‘liq tarzda paydo bo‘luvchi darzlarni, tish shaklidagi buzilishlarni to‘g‘rilay olmaydi. Bunday holatlarda vinir yoki lyuminirlar tavsiya etiladi. Unisi ham, bunisi ham nozik keramik yostiqchalar bo‘lib, old tishlarning yuzasiga mustahkamlanadi, gohida yon tomonlarga ham o‘tkazilishi mumkin. Farqi – qalinligi va mustahkamlash usulida. Vinir qalinroq (0,5 millimetrgacha), shuning uchun uning ostidagi tishni biroz tortish kerak bo‘ladi. Lyuminir yupqaroq (0,3 millimetrdan ko‘p emas), demak, tortish shart emas. 

Vinir va lyuminirlar yordamida tish rangini yaxshilash, eng muhimi tish shakli va balandligini to‘g‘rilash mumkin. Yostiqchalar plomba va jarohat asoratlarini yashiradi. 
Ammo yostiqchalarni o‘rnatish jarayoni tozalash yoki oqartirishga qaraganda ancha uzoqroq va murakkabroqdir. Dastlab tish va milkdagi barcha kasalliklar davolanishi, professional tozalash o‘tkazilishi talab qilinadi. Undan keyin shifokor vinirning (yoki lyuminirning) individual modelini yaratadi. Yostiqchalar 2-3 haftada tayyor bo‘ladi, ana shundan keyin ularni sinab ko‘rish mumkin bo‘ladi. Agar nimasidir ma’qul kelmasa qayta ishlashga jo‘natiladi. Agar hammasi yaxshi bo‘lsa, maxsus stomatologik sement yordamida mustahkamlab qo‘yiladi. 


Bu ham qiziq

3-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

3-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 3-iyun kuni Toshkent shahrida havo biroz…
22:13 / 02.06.2025
4-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

4-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

Harorat kechasi 19-21 daraja, kunduzi 35-37 daraja bo‘ladi.
22:44 / 03.06.2025
O‘zbekistonda Amir Temur davriga oid noyob artefaktlar topildi

O‘zbekistonda Amir Temur davriga oid noyob artefaktlar topildi

Toshkentdan uzoq bo‘lmagan joyda, qadimiy Shahruxiya shahri hududida o‘zbek va turk arxeologlari Amir Temur davriga oid noyo…
18:14 / 04.06.2025
Turkiyada 5,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Turkiyada 5,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Bu haqda mamlakatning Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) xabar bermoqda.
09:29 / 03.06.2025
O‘zbekistonning yangi elchisi Iordaniya Podshohiga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekistonning yangi elchisi Iordaniya Podshohiga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekistonning Iordaniyaga yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Nodirjon Turg‘unov ushbu mamlakat Podshohi Abdull…
19:31 / 03.06.2025
O‘zbekiston Yaponiyaga ishlash uchun 10 ming nafar ishchi mutaxassis yuboradi

O‘zbekiston Yaponiyaga ishlash uchun 10 ming nafar ishchi mutaxassis yuboradi

O‘zbekiston va Yaponiya 10 ming o‘zbek mutaxassislariga Yaponiyada ish topishga yordam beradigan qo‘shma loyihani ishga tush…
21:06 / 03.06.2025
Janubiy Koreyaga yangi prezident saylandi

Janubiy Koreyaga yangi prezident saylandi

Saylovlarda birlashgan demokratik partiyadan nomzod Li Chje Myon g‘alaba qozondi.
08:16 / 04.06.2025
O‘zbekiston ketma-ket uchinchi oy eng ko‘p oltin sotgan mamlakat bo‘ldi

O‘zbekiston ketma-ket uchinchi oy eng ko‘p oltin sotgan mamlakat bo‘ldi

O‘zbekiston aprel oyi yakunlari bo‘yicha yana dunyodagi eng yirik oltin sotuvchisi bo‘ldi. Bu haqda Jahon oltin kengashi xab…
18:22 / 04.06.2025
Japarov Almazbek Atambayevni afv etishga tayyorligini aytdi

Japarov Almazbek Atambayevni afv etishga tayyorligini aytdi

U bu haqda “Kabar” axborot agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
15:38 / 04.06.2025
Ilon Mask ortiq BMTni moliyalashtirmaslikni taklif qildi

Ilon Mask ortiq BMTni moliyalashtirmaslikni taklif qildi

U bu haqda X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.
09:03 / 04.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!