$
12857.35 UZS
22.74
163.45 UZS
0.8
14672.81 UZS
10.55
36° Kechasi 22°

Maktab bitiruvchilaridan olinadigan davlat imtihoni oliy o‘quv yurtiga kirish imtihoniga tenglashtiriladi

15:22 / 17.04.2020

Endi maktab bitiruvchilaridan olinadigan yakunif davlat imtihonlari hamda respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish sinovlari birlashtirilib yagona test sinovlari o‘tkaziladi.

Bu haqda “Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini yanada soddalashtirish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.
 
Unga ko‘ra, 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab, O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining (maktab) bitiruvchilari yakuniy davlat attestasiyasi hamda respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish sinovlarini birlashtirib, majburiy fanlar va maktab bitiruvchisi tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fan bo‘yicha yagona test sinovlarini aprel – may oylarida o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, test sinovlari natijalarini o‘tkazilgan kunning ertasiga Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi hamda test sinovlari natijalarini maktab bitiruvchilari umumiy o‘rta ta’lim dasturlarini to‘liq o‘zlashtirgandan keyin o‘tkaziladigan yakuniy davlat attestasiyasida hamda oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tanlovida inobatga olish.

Qaror loyihasida belgilanishicha, 

maktab bitiruvchilari uchun test sinovi topshiriladigan fanlar, baholash mezonlari, topshiriqlar soni, test sinovlari va tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishning aniq muddatlari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi;

Xalq ta’limi vazirligi test sinovi fanlari bo‘yicha natijasini umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi attestatga qo‘yish va yagona ma’lumotlar bazasiga kiritish uchun minimal ko‘rsatkichni (qoniqarlilik darajasini) belgilaydi, maktab bitiruvchilari haqidagi tegishli ma’lumotlarni har yili 1-fevralga qadar Davlat test markazining maxsus dasturiga kiritilishini ta’minlaydi hamda test sinovlarini belgilangan talablar asosida tashkil etilishida mas’ul hisoblanadi;

maktab bitiruvchilari majburiy uchta fan va o‘zi tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fandan test sinovlarini topshiradi;

maktab bitiruvchisi tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fanning har biridan o‘tkazilgan test sinovi natijasi qoniqarli bo‘lganda, ularning natijasi umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi attestatiga baholash mezoniga muvofiqlashtirilgan holda qo‘yiladi va qo‘shimcha test sinovlarisiz belgilangan tartibda test sinovi topshirgan mos o‘quv tili va ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda qatnashadi;

maktab bitiruvchisi tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fanning kamida biridan test sinovi  natijasi qoniqarsiz bo‘lganda, u maktab tomonidan o‘tkaziladigan yakuniy davlat attestasiyasida majburiy ravishda ishtirok etadi;

test sinovlarida ishtirok etmagan yoki unda qoniqarsiz baholanganlarga belgilangan tartibda, barcha abituriyentlar qatori iyul-avgust oylarida test sinovlarida qatnashish huquqi beriladi.


Bu ham qiziq

Janubiy Koreyaga yangi prezident saylandi

Janubiy Koreyaga yangi prezident saylandi

Saylovlarda birlashgan demokratik partiyadan nomzod Li Chje Myon g‘alaba qozondi.
08:16 / 04.06.2025
3-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

3-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 3-iyun kuni Toshkent shahrida havo biroz…
22:13 / 02.06.2025
Elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanganlik holatlari fosh etildi

Elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanganlik holatlari fosh etildi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari…
18:47 / 03.06.2025
Janubiy Koreyada navbatdan tashqari prezident saylovi o‘tkazilmoqda

Janubiy Koreyada navbatdan tashqari prezident saylovi o‘tkazilmoqda

Bugun mamlakat fuqarolari harbiy holat e’lon qilishga uringani uchun lavozimidan chetlatilgan Yun Sok Yolning o‘rniga yangi …
10:51 / 03.06.2025
Turkiyada 5,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Turkiyada 5,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Bu haqda mamlakatning Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) xabar bermoqda.
09:29 / 03.06.2025
Nursulton Ro‘ziboyevning navbatdagi jangi sanasi va manzili ma’lum bo‘ldi

Nursulton Ro‘ziboyevning navbatdagi jangi sanasi va manzili ma’lum bo‘ldi

Ro‘ziboyevga kim raqiblik qilishi hozircha aniq emas.
09:37 / 04.06.2025
Mask Trampni tanqid qildi

Mask Trampni tanqid qildi

“Kechirasizlar, lekin men boshqa chiday olmayman. Ushbu ulkan va g‘azabni keltiruvchi xarajatlar haqidagi qonun loyihasi jir…
14:33 / 04.06.2025
Yashnobodda 19 yoshli yigit o‘zini osib qo‘ydi

Yashnobodda 19 yoshli yigit o‘zini osib qo‘ydi

Yashnobod tumanida 19 yoshli yigitning jasadi topildi. Bosh prokuratura tomonidan ushbu holat bo‘yicha tergovga qadar tekshi…
18:27 / 04.06.2025
Rasman: pensiya va nafaqalar 10 foizga oshiriladi

Rasman: pensiya va nafaqalar 10 foizga oshiriladi

Prezident farmoniga muvofiq, 2025-yil 1-iyuldan boshlab pensiyalar va nafaqalar hamda kam ta’minlangan oilalarga bolalar naf…
12:17 / 03.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!