“Google” foydalanuvchilarga sayohatlarini yanada qulayroq rejalashtirishga yordam berish uchun o‘z “xarita”lariga COVID-19 bilan bog‘liq cheklovlar to‘g‘risidagi ogohlantiruvchi ma’lumotlarni qo‘shmoqda, deb xabar berdi dastur ta’sischisi “Alphabet Inc”.
Ushbu yangilik foydalanuvchilarga temiryo‘l stansiyasida ma’lum bir vaqtida qancha odam bo‘lishi mumkinligini yoki ma’lum yo‘nalishdagi avtobuslar cheklangan jadvalda qay tarzda harakat qilayotganligini tekshirish imkonini beradi, deydi “Google” muassislari.
Kompaniya saytida xabar berilishicha, endi “Google map” orqali foydanaluvchi yon-atrofidagi yetkazib berish xizmatini taklif qilayotgan restoran va oshxonalar haqida ham ma’lumot olishlari mumkin.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!