Xabardor.uz tahririyati yurist, aktyor, suxandon hamda bloger, dunyoning qator davlatlarida bo‘lib kelgan va ayni vaqtda AQShda istiqomat qilayotgan vatandoshimiz Otabek Mahkamov bilan suhbat uyushtirdi.
Okeanorti davlatida yashab ijod qilayotgan hamyurtimiz bilan bo‘lgan suhbat AQShdagi o‘zbeklar hamda bugungi kunning dolzarb mavzulari – ona tilimiz, kino sohasi, biznes va boshqalar haqida bo‘ldi.
Dastlab uning ayni damda nimalar bilan mashg‘ul ekanligi haqida qiziqdik.
“Hozirda biznes, suxandonlik va ijtimoiy tarmoqlarda blogerlik kabi faoliyat turlari bilan bandman. Yaqinda esa to‘plagan intervyularim asosida o‘z kitobimni yozib tugatdim. Taqdimotini sentyabr oylariga rejalashtirganmiz”, – deydi Otabek Mahkamov.
Shuningdek, aktyor AQShda muvaffaqiyatga erishgan hamyurtlarimizning aksariyati intervyu berishga istihola qilishini, jumladan, yaqinda Kamal Kamalovich degan yigit bilan suhbatlashganini aytadi.
“Boshida og‘ir mehnatlar qilib, hozirda o‘z logistika kompaniyalariga ega bo‘lgan Kamal yiliga yarim million AQSh dollaridan ortiq mablag‘ aylantiradi. Yana bir vatandoshimiz esa yillik 7 million AQSh dollarilik aylanma sarmoyasi bo‘lgan katta kompaniyaga egalik qiladi”, – deydi u.
Bugungi kunda O‘zbekistondagi qaysi sohalar uchun pul tikish yaxshi daromad keltiradi, degan savolga Otabek Mahkamov ta’lim va turizmni qayd etib o‘tdi.
Suhbat jarayonida xorijdagi o‘zbekistonlik sifatida Otabek Mahkamov bilan o‘zbek tilini rivojlantirish masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!