Jizzax shahrida avtobus haydovchisi uxlab qolib, «zapravka»da navbat kutib turgan 7 ta mashinaga borib urildi. Bu haqda IIV YHXX axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, kecha. 17 yanvar kuni taxminan soat 21:00 da Jizzax shahar “Mustaqillik shoh” ko‘chasida, “Ankai” rusumli “Jizzax avtotrans servis” MCHJga qarashli yo‘lovchi tashuvchi avtobusni yo‘lovchilarsiz boshqarib ketayotgan haydovchi A.N. harakat davomida charchoq alomati bo‘lib, uxlab qolishi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotib “JizzaxPlasTex” korxonasi oldidagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shahobchasida navbat kutib, to‘xtab turgan:
1) haydovchi Q.A.ga tegishli “Damas” rusumli avtomobilning orqa qismiga kelib urilishi natijasida “Damas” avtomobili yo‘lning o‘ng tomon chetiga chiqib ag‘darilib ketgan. avtobus harkatini davom ettirib:
2) haydovchi T.K.ga tegishli “Nexia-2” rusumli;
3) haydovchi T.U.ga tegishli “Nexia-2” rusumli;
4) haydovchi Z.Sh.ga tegishli “Cobalt” rusumli;
5) haydovchi X.A.ga tegishli “Nexia-3” rusumli;
6) haydovchi U.S.ga tegishli “Nexia-2” rusumli;
7) haydovchi R.I.ga tegishli bo‘lgan “Lacetti” rusumli avtomobillarga, jami 7 ta transport vositalariga to‘qnashib YTH sodir etgan.
YTH natijasida “Damas” avtomobili haydovchisi, A.Q.ga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, ambulator tartibda davolanish uchun yashash manziliga yuborilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Jizzax viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
“Barcha haydovchilardan ayni kunlardagi noqulay, anomal sovuq ob-havo sharoitida o‘ta ehtiyotkorlik bilan, oraliq masofani saqlab, tezlikni me’yoridan oshirmasdan harakatlanishlarini so‘raymiz”, – deyiladi xabarda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!