$
12777.52 UZS
-54.29
161.54 UZS
-2.21
14590.65 UZS
-15.8
32° Kechasi 20°

Oliygohda o‘qish urfga aylanyapti(mi)?

02:42 / 14.06.2022

So‘nggi paytlarda yurtimizning barcha hududlarida oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlariga tayyorlovchi o‘quv markazlari va u yerda tahsil olayotgan abituriyentlar soni anchayin ortdi. Shu bilan birga yangi oliygohlar va ulardagi qabul kvotalari soni ham sezilarli ko‘paygan. Bundan tashqari belgilangan balni to‘play olmaganlar uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakti(super kontrakt) ham joriy qilindi. Bularning barchasi talabalar sonining oshishiga, ya’ni oliy ma’lumotga ega bo‘lganlar sonining oshishiga olib keladi.

Statistika qo‘mitasi bergan ma’lumotlarga koʻra, 2021-yilda 454,3 ming nafar 11-sinf o‘quvchilari maktabni tamomlagan. Shu yili OTMga kirish imtihonlari uchun jami ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 948,2 ming nafarga yetdi. 2020-yilda esa oliygohlarga 366,6 ming nafar maktab bitiruvchilari hujjat topshirib, bu umumiy bitiruvchilarning 81,3 foizini tashkil etgan. Afsuski, mana shu abituryentlarning hammasi ham o‘z bilimiga ishongan holda imtihon topshirmagan. Yanada ochiqroq aytadigan bo‘lsak, ko‘pchilik uchun qaysi OTMda, qanday yo‘nalishda o‘qishning ahamiyati yo‘q. Asosiysi, o‘qishga kirib, uni eson-omon tugatib olsa bo‘lgani. Ba’zi ota-onalarning farzandi xohlamasa ham, uni oliy ma’lumotli qilish uchun jon jahdi bilan harakat qilayotganligining guvohi bo‘lganman. Yana boshqalarining “bolam, o‘qisang, bizga o‘xshab qiynalib yurmaysan, oddiy o‘qituvchi bo‘lsang ham, yarim dars berib, qolgan yarim kunda boshqa ishlar bilan ham shug‘ullanaverasan”, deganini ham eshitganman. Yoki shunchaki imtihon topshirib ko‘rganlarni va ajablanarlisi, ba’zilarining tasodifan talabalar safiga qabul qilinganligini bir men emas, sizlar ham ko‘rgansiz, eshitgansiz. Go‘yoki, oxirgi paytlar oliygohga kirish urfga aylanib borayotgandek nazarimda. Shu o‘rinda oliy ma’lumotlilarning ko‘paygani yaxshi-ku, degan fikr tug‘ilishi tabiiy. Lekin tanganing ikkinchi tomoni ham bor. Biz uchun raqamlar emas, oliy ta’limning sifati va oliy ma’lumotli kadrning salohiyati muhim boʻlishi lozim.

Maktabning yuqori sinf o‘quvchilaridan maqsadini so‘rasangiz, juda katta qismi “o‘qishga kirish”, deya javob beradi. Vaholanki, aslini olganda oliy taʼlim maqsad uchun bir vosita boʻlishi kerak. Shu sababli talaba boʻlganda ularning maqsadi qolmaydi va kelgusidagi maqsadini belgilab olguncha ham ancha vaqt yoʻqotadi. Bunga umumiy oʻrta taʼlimdagi bolalarning kelajagiga beeʼtiborlik va kirish imtihonlarining notoʻgʻri yoʻlga qoʻyilganligi sabab, deb oʻylayman.

Eng so‘nggi statistik ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekistondagi barcha oliygohlarda jami 571,5 ming nafar talaba tahsil olmoqda. Afsuski, ularning 500 ming nafari ham oʻz sohasining mutaxassisi boʻlib yetishmaydi. Hatto yuqori bosqich talabalarining koʻpchiligi oʻz sohasida faoliyat olib borishni chin dildan xohlamaydi. Koʻr-koʻrona, oʻzi istar-istamas oliygohda oʻqish va oliy taʼlimning talabga javob bermaydigan oʻqitish tizimi kelgusida korrupsiyaning yanada urchishiga olib keladi. Aytaylik, OTMni yetarli bilim, tajribaga ega boʻlmay tamomlagan va buning ustiga oʻz sohasini sevmaydigan talabaga hech kimning ish bergisi kelmaydi. U esa ishga kirish uchun bor “imkoniyat”ini ishga soladi. Eng ogʻriqli nuqta shuki, bunday xodim faoliyat olib borayotgan tizimini faqat va faqat choʻktirishi mumkin.

O‘zbekistonda 2020-yili oliy o‘quv yurtlarini qariyb 70 ming nafar talaba tamomlagan. Lekin ularning qanchasi ish bilan ta’minlanganligi bizga qorong‘i va biz uchun ahamiyatli bo‘lgani ham aynan mana shu. Shuning uchun ham abituriyentlar ota-onasining qistovi yoki tengqurlaridan qolmaslik uchun o‘quv markazlariga borishi va “nima bo‘lsa ham, shu yildan qolmay, o‘tsam bo‘ldi” qabilida eng kam odam topshiradigan, bali past yo‘nalishlarga topshirishi kerak emas. Balki o‘z xohishiga ko‘ra tayyorgarlik ko‘rib, o‘zi qiziqqan, kelajagini bevosita bog‘lay oladigan yo‘nalishni tanlashi lozim. Mana shunda oliygohni tamomlaganda o‘z sohasining mutaxassisi bo‘ladi.

Murodbek Haydarov


Bu ham qiziq

Ilon Mask AQShda yangi siyosiy partiya tashkil etish niyatida ekanligini ma’lum qildi

Ilon Mask AQShda yangi siyosiy partiya tashkil etish niyatida ekanligini ma’lum qildi

Ushbu partiya “Amerika partiyasi” deb nomlanishi mumkin.
17:29 / 08.06.2025
Shavkat Mirziyoyev xalqaro investorlarni qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev xalqaro investorlarni qabul qildi

Muzokaralar yakunida istiqbolli loyihalarni tizimli ilgari surish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olindi.
17:48 / 07.06.2025
O‘zbekiston TIV rahbari Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashdi

O‘zbekiston TIV rahbari Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashdi

Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi Janobi Oliylariga qabul uchun minnatdorlik bildiramiz. O‘zbekiston Respubli…
11:33 / 07.06.2025
7-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

7-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 7-iyun kuni Toshkentda havo o‘zgarib tur…
20:15 / 06.06.2025
Isroil G‘azodagi XAMASga qarshi kuchlarni qurollantirmoqda

Isroil G‘azodagi XAMASga qarshi kuchlarni qurollantirmoqda

Bu guruhni ayrimlar xalq militsiyasi deb, boshqalar esa jinoyatchilar to‘dasi deb atamoqda. Klanning o‘zi esa “Maqsadimiz — …
22:04 / 06.06.2025
UFC 316. Dvalishvili va O’Melli o‘rtasidagi kamar jangi muddatidan oldin yakunlandi

UFC 316. Dvalishvili va O’Melli o‘rtasidagi kamar jangi muddatidan oldin yakunlandi

AQShning Nyu-Jersi shtatida UFC 316 turniri o‘z yakuniga yetdi.
10:46 / 08.06.2025
9-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

9-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

9-iyun kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga…
01:24 / 09.06.2025
Bolgariya prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

Bolgariya prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radev 9–…
17:20 / 08.06.2025
6-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

6-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

Harorat kechasi 22-24 daraja, kunduzi 33-35 daraja bo‘ladi.
06:43 / 06.06.2025
Sergelida mebel sexi yonib ketdi

Sergelida mebel sexi yonib ketdi

Shunga ko‘ra yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 08:07 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 08:42 da qurshab olingan 10:2…
11:16 / 06.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!