O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 7-iyun kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-22, kunduzi 27-29 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. Kechasi 17-22, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo viloyatida o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.
Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. Kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. Kechasi 20-25, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel kelishi xavfi bor. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Momaqaldiroq paytida shamolning tezligi sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!