Haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish huquqiga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan tashkil qilingan xususiy imtihon markazlari o‘z faoliyatini boshlamoqda. Bu haqda IIV YHXBB Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Boshqarmaning ta’kidlashicha, mazkur tartib 2020-yil 7-dekabrdagi “Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qaroriga muvofiq joriy qilinmoqda.
Qayd etilishicha, mazkur markazlarda imtihonlar to‘liq inson omilidan xoli tarzda, avtomatlashtirilgan elektron tizim orqali qabul qilinishi rejalashtirilgan. Bu haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni topshirishi jarayonida e’tirozlarga sabab bo‘layotgan korrupsion holatlarga chek qo‘yadi.
O‘z navbatida YHXBB barcha avtomaktablar ma’muriyatidan o‘z o‘quvchilariga yo‘l harakati qoidalarini puxta o‘rgatib, haydovchilik huquqini olish masalasiga mas’uliyat bilan jiddiy e’tibor qaratishlarini so‘rmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!