$
12777.52 UZS
-54.29
161.54 UZS
-2.21
14590.65 UZS
-15.8
32° Kechasi 20°

Prezident past quvvatda ishlayotgan korxonalarni qo‘llab-quvvatlashga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi

21:02 / 19.02.2024

Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-fevral kuni hududlarda iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, past quvvatda ishlayotgan korxonalarni qo‘llab-quvvatlashga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Bu haqda shu yil yanvarda makroiqtisodiy barqarorlik tahlili bo‘yicha o‘tgan videoselektor yig‘ilishida topshiriq berilgan edi. Unga muvofiq, hududlarda ishga solinmagan qo‘shimcha imkoniyatlar, tadbirkorlarning muammo va takliflari o‘rganildi.

Masalan, Qashqadaryo viloyatidagi Mirishkor kanaliga qo‘shimcha nasos va lotoklar o‘rnatish orqali Qarshi tumanida 600 gektar yerni o‘zlashtirish mumkin. Bu kastor loviyasi yetishtirib, uning moyini ishlab chiqarish, 1 ming 400 kishining bandligini ta’minlash imkonini beradi.

Ayrim sanoat zonalarida infratuzilma quvvatini yaxshilash zarur. Shu maqsadda joriy yilda byudjetdan 1,5 trillion so‘m ajratilishi belgilangan. Buning natijasida mazkur zonalarning jozibadorligi oshib, korxonalar faoliyati kengayadi va ish o‘rinlari ko‘payadi.

Sanoat korxonalariga yaqin bo‘sh maydonlarda quyosh panellari o‘rnatib, ularga qo‘shimcha energiya yetkazib berish hamda tizimdagi yuklamani yengillatish imkoniyati bor.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari bilan taqdim etilgan soliq va bojxona imtiyozlari korxonalar faoliyatiga ijobiy ta’sir qilgan. Masalan, tekstil uchun bo‘yoq importida bojxona imtiyozi qo‘llanilgani hisobiga trikotaj mato, ko‘ylak, kostyum-shim tannarxi arzonlashgan. Taqdimotda ushbu imtiyozlar muddatini uzaytirish orqali erishilgan natijalarni mustahkamlash maqsadga muvofiqligi qayd etildi.

Davlatimiz rahbari bu takliflarni ma’qullab, tegishli me’yoriy hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Mutasaddilarga barcha 208 ta tuman va shaharning “o‘sish nuqtalari”ni aniqlash, aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan loyihalar tayyorlash vazifasi qo‘yildi.


Bu ham qiziq

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda botanika bog‘lari barpo etiladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda botanika bog‘lari barpo etiladi

Prezident farmoniga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda botanika yoki dendrologiya bog‘lari barpo etiladi.
14:32 / 08.06.2025
Ilon Mask AQShda yangi siyosiy partiya tashkil etish niyatida ekanligini ma’lum qildi

Ilon Mask AQShda yangi siyosiy partiya tashkil etish niyatida ekanligini ma’lum qildi

Ushbu partiya “Amerika partiyasi” deb nomlanishi mumkin.
17:29 / 08.06.2025
Yangi hafta boshida qanday ob-havo kuzatiladi?

Yangi hafta boshida qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 9–11-iyun kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
14:46 / 07.06.2025
Zelenskiy: “Tramp Rossiya Ukraina bilan urushda g‘alaba qozonadi, deb hisoblaydi”

Zelenskiy: “Tramp Rossiya Ukraina bilan urushda g‘alaba qozonadi, deb hisoblaydi”

“Menimcha, Tramp buni ochiqchasiga aytgan va u bu fikrini atrofidagi bir nechta odamlarga ham bildirgan”, — dedi Ukraina pre…
11:49 / 09.06.2025
9-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

9-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

9-iyun kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga…
01:24 / 09.06.2025
8-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

8-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

7-iyun kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab   qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumki…
09:11 / 08.06.2025
O‘zbekiston TIV rahbari Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashdi

O‘zbekiston TIV rahbari Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashdi

Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi Janobi Oliylariga qabul uchun minnatdorlik bildiramiz. O‘zbekiston Respubli…
11:33 / 07.06.2025
Eshak go‘shtidan somsa tayyorlab, sotganlarga hukm o‘qildi

Eshak go‘shtidan somsa tayyorlab, sotganlarga hukm o‘qildi

Toshkent viloyati Parkent tumanida eshak go‘shtidan somsa tayyorlab, sotganlarga hukm o‘qildi.
10:25 / 07.06.2025
Shavkat Mirziyoyev xalqaro investorlarni qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev xalqaro investorlarni qabul qildi

Muzokaralar yakunida istiqbolli loyihalarni tizimli ilgari surish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olindi.
17:48 / 07.06.2025
AQShda migrantlar deportatsiyasiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda

AQShda migrantlar deportatsiyasiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda

Noroziliklar Nyu-York shtatiga tarqaldi. Hozirda u yerda ham politsiya bilan to‘qnashuvlar kuzatilmoqda.
14:12 / 08.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!