$
12857.35 UZS
22.74
163.45 UZS
0.8
14672.81 UZS
10.55
36° Kechasi 22°

Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Italiya” sammitida ishtirok etdi

19:54 / 30.05.2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-may kuni Ostona shahrida “Markaziy Osiyo – Italiya” sammitida ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev raisligida o‘tkazilgan tadbirda Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnashdilar.

Uchrashuvda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Italiya o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Xususan, investitsiya va texnologiyalar, «yashil» iqtisodiyot sohalarida sheriklikni rivojlantirish, ta’lim va madaniy dasturlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Prezidentimiz o‘z nutqining avvalida ushbu tadbir joriy yil aprel oyida Samarqandda o‘tgan sammitda Markaziy Osiyo va Yevropa o‘rtasida erishilgan strategik sheriklik to‘g‘risidagi kelishuvlarning uzviy davomi ekanini ta’kidladi.

Ushbu formatda, avvalo, mamlakatlarimizning texnologik, sanoat va intellektual salohiyatini inobatga olgan holda samarali amaliy hamkorlikni rivojlantirishga intilish borligi qayd etildi.

Bugungi global va mintaqaviy siyosatdagi tendensiyalarni, xavfsizlik va taraqqiyotga nisbatan umumiy tahdidlarning kuchayishini hisobga olgan holda Italiya bilan ko‘p tomonlama muloqotga bo‘lgan ehtiyoj ham ortib bormoqda.

Shu bilan birga, mintaqaning Italiya bilan ko‘p asrlik savdo va madaniy aloqalari yangi bosqichdagi keng qamrovli sheriklik uchun mustahkam poydevor vazifasini o‘tamoqda.

Kun tartibidagi masalalarga o‘tar ekan, O‘zbekiston rahbari "Markaziy Osiyo - Italiya" formatidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z qarashlarini bayon etdi.

Avvalo, qator dolzarb xalqaro masalalar yuzasidan yondashuvlarni muvofiqlashtirish uchun tashqi ishlar vazirliklari darajasida muntazam muloqotlarni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, terrorizm, ekstremizm, radikalizm, giyohvand moddalar savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashda ko‘p tomonlama sheriklik va maxsus xizmatlarning axborot almashish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish taklif etildi.

Iqtisodiy sohada davlatimiz rahbari so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash va investitsiyalar hajmi uch barobar oshganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Italiyaning yetakchi kompaniyalari bilan texnologik hamkorlik loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

Italiya ishbilarmon doiralarining innovatsion rivojlanish borasida an’anaviy kuchli mavqeini hisobga olib, mamlakatlarimiz savdo-sanoat palatalari shafeligida biznes muloqoti uchun doimiy maydon - "Markaziy Osiyo - Italiya" ishbilarmonlar klubini tashkil etish taklif qilindi. Tadbirkorlar ishtirokidagi bunday uchrashuvlar har yili mintaqa mamlakatlari va Italiya poytaxtlarida o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Prezidenti texnologiyalar transferi, ilg‘or bilim va tajribalarni joriy etish, yuqori texnologiyali sanoat ishlab chiqarishlarini tashkil etish uchun qulay sharoitlarni yaratishni nazarda tutuvchi ko‘p tomonlama Sanoat va texnologik hamkorlik dasturini ishlab chiqish va qabul qilish muhimligini ta’kidladi.

Mavjud muvaffaqiyatli tajribani hisobga olib, mineral resurslar va qishloq xo‘jaligi xomashyosini chuqur qayta ishlash; elektrotexnika, kimyo, to‘qimachilik, charm, oziq-ovqat va boshqa qayta ishlash tarmoqlari uchun zamonaviy uskunalar ishlab chiqarish; butlovchi qismlar va sanoat mahsulotlarini mahalliylashtirish; Italiyaning yetakchi brendlari ishtirokida dizayn markazlarini tashkil etish hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘lishi mumkinligi qayd etildi.

Davlatimiz rahbari Toshkent viloyatida mintaqaviy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirish uchun Yevropa operatori boshqaruvida maxsus industrial park tashkil etilayotganini ma’lum qildi.

Shu bilan birga, Italiyaning SACE va SIMEST davlat agentliklari hamda qo‘shma investitsiya fondlarini hamkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga jalb qilish muhimligi ta’kidlandi.

"Yashil" transformatsiya sohasida Italiya bilan samarali hamkorlikni yuqori baholab, O‘zbekiston yetakchisi uglerod chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha milliy dasturlarni amalga oshirishga ko‘maklashadigan ko‘p tomonlama platformani yo‘lga qo‘yish orqali keng qamrovli sheriklikni rivojlantirishga chaqirdi.

Qayta tiklanuvchi energetika sohasidagi loyihalarni, jumladan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga "yashil" energiya yetkazib berish, Italiyaning yetakchi ishlab chiqaruvchilari va muhandislik kompaniyalarini jalb etgan holda korxonalarni auditdan o‘tkazish va energiya samaradorligini oshirish, suv infratuzilmasi obyektlarini modernizatsiya qilish va vodorod texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga tayyorlik bildirildi.

Toshkentdagi Turin politexnika va Piza universitetlari filiallari samarali faoliyat yuritayotganini ta’kidlar ekan, davlatimiz rahbari Italiyaning boshqa yetakchi oliy o‘quv yurtlarining mintaqaga qiziqishi ortib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

O‘zbekiston Prezidenti muhandislik, dizayn, suv tejamkorligi va biotexnologiyalar kabi yo‘nalishlarda ilmiy ishlanmalar, akademik almashinuv va kadrlar tayyorlash dasturlarini amalga oshirish va moliyalashtirish uchun "Markaziy Osiyo - Italiya" ilmiy-ta’lim konsorsiumini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi.

Yetakchi turoperatorlar o‘rtasida sheriklik aloqalarini o‘rnatish va qo‘shma sayyohlik mahsulotlarini yaratish maqsadida turizm alyansini tashkil etishdan manfaatdorlik bildirildi.

Italiya jamoatchiligi Rim va Florensiyada o‘tkazilgan ko‘rgazma va madaniy tadbirlarga katta qiziqish bildirgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Shu munosabat bilan kelgusi yili Xiva shahrida mintaqa mamlakatlari va Italiya yoshlarining kreativ iqtisodiyot va madaniy almashinuv forumini o‘tkazish taklif qilindi.

Sammitda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari va Italiya Bosh vaziri ham nutq so‘zladi. Tadbir yakunida Qo‘shma bayonot qabul qilindi.


O‘zbekiston


														
														4-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

4-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

Harorat kechasi 19-21 daraja, kunduzi 35-37 daraja bo‘ladi.
22:44 / 03.06.2025

														
														O‘zbekistonlik muhojir Rossiyada 15 yashar qizchaga zo‘ravonlik qildi

O‘zbekistonlik muhojir Rossiyada 15 yashar qizchaga zo‘ravonlik qildi

Sank Peterburg politsiyasi Vyborg tumanida 15 yoshli maktab o‘quvchisiga jinsiy zo‘ravonlik qilgan migrantni hibsga oldi. Bu…
21:59 / 03.06.2025

														
														O‘zbekiston Yaponiyaga ishlash uchun 10 ming nafar ishchi mutaxassis yuboradi

O‘zbekiston Yaponiyaga ishlash uchun 10 ming nafar ishchi mutaxassis yuboradi

O‘zbekiston va Yaponiya 10 ming o‘zbek mutaxassislariga Yaponiyada ish topishga yordam beradigan qo‘shma loyihani ishga tush…
21:06 / 03.06.2025

														
														O‘zbekiston va Xitoy mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlaydi

O‘zbekiston va Xitoy mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlaydi

Tomonlar savdo, transport, logistika, sanoat, madaniyat, gumanitar va ilmiy sohalarda hamkorlikni kengaytirish yo‘llarini ba…
20:21 / 03.06.2025

														
														O‘zbekistonning yangi elchisi Iordaniya Podshohiga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekistonning yangi elchisi Iordaniya Podshohiga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekistonning Iordaniyaga yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Nodirjon Turg‘unov ushbu mamlakat Podshohi Abdull…
19:31 / 03.06.2025

														
														Elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanganlik holatlari fosh etildi

Elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanganlik holatlari fosh etildi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari…
18:47 / 03.06.2025

														
														Qurbon hayiti kuni Toshkentda jamoat transportlari soat 03:00 dan harakatni boshlaydi

Qurbon hayiti kuni Toshkentda jamoat transportlari soat 03:00 dan harakatni boshlaydi

Ushbu qaror jamoat transporti orqali hayit namozida ishtirok etishni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun qulaylik yaratish ma…
16:11 / 03.06.2025

														
														DXX tomonidan Hajga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

DXX tomonidan Hajga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
14:40 / 03.06.2025

														
														O‘zbekistonda 2030-yilgacha 1,5 mln gektarda o‘rmonlar barpo etiladi

O‘zbekistonda 2030-yilgacha 1,5 mln gektarda o‘rmonlar barpo etiladi

“O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirla…
14:04 / 03.06.2025

Bu ham qiziq

“Agrobank” jarimaga tortildi

“Agrobank” jarimaga tortildi

Mazkur reklama axborotlarida “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 43-moddasi talablariga asosan moliyaviy xizmatlarni ko‘rsati…
11:06 / 02.06.2025
FVV Toshkent shahri aholisini ogohlantirdi

FVV Toshkent shahri aholisini ogohlantirdi

Bugun soat 11:00 dan 13:00 ga qadar Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joylashgan “Abu-Saxiy” buyum bozorini ko‘p qavatl…
09:51 / 02.06.2025
Elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanganlik holatlari fosh etildi

Elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanganlik holatlari fosh etildi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari…
18:47 / 03.06.2025
Turkiyada 5,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Turkiyada 5,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Bu haqda mamlakatning Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) xabar bermoqda.
09:29 / 03.06.2025
Rasman: pensiya va nafaqalar 10 foizga oshiriladi

Rasman: pensiya va nafaqalar 10 foizga oshiriladi

Prezident farmoniga muvofiq, 2025-yil 1-iyuldan boshlab pensiyalar va nafaqalar hamda kam ta’minlangan oilalarga bolalar naf…
12:17 / 03.06.2025
O‘zbekistonning yangi elchisi Iordaniya Podshohiga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekistonning yangi elchisi Iordaniya Podshohiga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekistonning Iordaniyaga yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Nodirjon Turg‘unov ushbu mamlakat Podshohi Abdull…
19:31 / 03.06.2025
May oyida 94,8 mlrd so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan

May oyida 94,8 mlrd so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan

“O‘zenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda elektr va gaz ta’minoti korxonalari ishtirokida so‘…
10:32 / 02.06.2025
3-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

3-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 3-iyun kuni Toshkent shahrida havo biroz…
22:13 / 02.06.2025
4-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

4-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

Harorat kechasi 19-21 daraja, kunduzi 35-37 daraja bo‘ladi.
22:44 / 03.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!