$
12834.61 UZS
44.18
162.65 UZS
0.05
14662.26 UZS
175.82
33° Kechasi 20°

Ayrim shaxslardan xorijga chiqish pasporti uchun davlat boji undirilmaydi

17:50 / 14.03.2022

Joriy yilning 14-martida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Mazkur qonun bilan biometrik pasport o‘rniga ID-kartalari joriy etilayotganligi sababli ayrim kodekslar va qonunlarga ID-karta tushunchasi kiritildi.  

Shuningdek, ID-kartalarni, xorijga chiqish biometrik pasportini yo‘qotganlik, ularni yaroqsiz holga keltirganlik uchun javobgarlik belgilandi.  
 
Xususan, Oila kodeksida bolalarning tug‘ilishini qayd etish ota-onasining doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidan qat’i nazar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida 1 oy ichida amalga oshirilishi belgilandi.  
 
Ta’kidlanishicha, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarga nikoh qayd etilganligi to‘g‘risida belgi qo‘yilishiga oid norma chiqarib tashlandi. Yer davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganda fuqarolarga uning o‘rniga berilayotgan uy-joy avvalgi uy-joyidan qimmatroq bo‘lsa, farq qilgan qiymat fuqarolar tomonidan qaytarib berilmaydi.  
 
Qayd etish joiz, ilgari 5 yilda qaytarilishi lozim edi. Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan shaxsga, shuningdek unga hamrohlik qiluvchi shaxsga xorijiy davlatda ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatilganda yoki jarrohlik amaliyoti o‘tkazilganda xorijga chiqish uchun biometrik pasportini berganligi uchun davlat boji undirilmaydi.  
 
Shuningdek, ID-karta berganlik uchun BHMning 89 foizi miqdorida boj undiriladi, xorijga chiqish uchun biometrik pasportni berganlik uchun esa BHMning 1 baravari miqdorida undiriladi (ilgari BHMning 1,2 baravari edi).


Bu ham qiziq

Namangan hududiga Qirg‘izistondan sel oqimlari keldi

Namangan hududiga Qirg‘izistondan sel oqimlari keldi

Soyning O‘zbekiston hududidan oqib o‘tuvchi qismi chegara hududi hisoblanib, ushbu hududda aholi yashash punktlari va ekin m…
19:41 / 02.06.2025
O‘zbekiston va Xitoy mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlaydi

O‘zbekiston va Xitoy mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlaydi

Tomonlar savdo, transport, logistika, sanoat, madaniyat, gumanitar va ilmiy sohalarda hamkorlikni kengaytirish yo‘llarini ba…
20:21 / 03.06.2025
O‘zbekistonda yillik inflyatsiya 8,7 foizgacha pasaydi

O‘zbekistonda yillik inflyatsiya 8,7 foizgacha pasaydi

2025-yilning may oyida O‘zbekistonda yillik inflyatsiya 8,7 foizni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich aprel oyidagi 10,1 foizga ni…
20:10 / 01.06.2025
Buyuk Britaniya bosh vaziri mamlakat armiyasining ehtimoliy urushga tayyor bo‘lishini xohlamoqda

Buyuk Britaniya bosh vaziri mamlakat armiyasining ehtimoliy urushga tayyor bo‘lishini xohlamoqda

“Bizga ilg‘or harbiy kuchlarga ega davlatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid solmoqda, shuning uchun biz jang qilish va g‘alaba qo…
12:43 / 02.06.2025
2-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

2-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

Harorat kechasi 16-18 daraja, kunduzi 30-32 daraja bo‘ladi.
21:54 / 01.06.2025
Elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanganlik holatlari fosh etildi

Elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanganlik holatlari fosh etildi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari…
18:47 / 03.06.2025
DXX tomonidan Hajga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

DXX tomonidan Hajga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
14:40 / 03.06.2025
O‘zbekistonda Qurbon hayiti namozi vaqtlari e’lon qilindi

O‘zbekistonda Qurbon hayiti namozi vaqtlari e’lon qilindi

6-iyun, juma kuni O‘zbekistonning barcha masjidlarida Qurbon hayiti namozi o‘qiladi. O‘zbekiston musulmonlar idorasi O‘zbeki…
20:20 / 02.06.2025
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari aniqlandi

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari aniqlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari…
19:29 / 01.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!