“Buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–361-son, 25.08.2022 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2022-2023-yillarda buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi UNESCO shafeligida xalqaro miqyosda keng nishonlanadi.
Shunga asosan:
“Buyuk Beruniy merosi” xalqaro sayyohlik marshrutlari yo‘lga qo‘yiladi;
2023-yil yakunigacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida Abu Rayhon Beruniy majmuasi quriladi;
alloma ilmiy-ijodiy merosiga mansub qo‘lyozma va boshqa madaniy boyliklar restavrasiya qilinadi;
Fanlar akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limi va Xorazm Ma’mun akademiyasida madaniy meros obyektlarini restavrasiya qilish va konservasiya qilishga ixtisoslashgan laboratoriya tashkil qilinadi;
o‘quvchilar o‘rtasida Xorazm viloyatida tegishli fan bo‘yicha Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro fan olimpiadasi o‘tkaziladi.
Shuningdek, Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro mukofot ta’sis etiladi.
2022-yil dekabrgacha “Beruniy va yoshlar” maxsus dasturi ishlab chiqilib, mutafakkir hayotiga oid ma’lumotlar, uning ilmiy-ma’rifiy asarlari jamlangan mobil ilova yaratiladi.
Qarorga ko‘ra, allomaning to‘liq asarlari turkumini o‘zbek, qoraqalpoq, rus, ingliz, arab va fors tillarida nashr etish choralari ko‘riladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!