$
12831.81 UZS
-25.54
163.75 UZS
0.3
14606.45 UZS
-66.36
30° Kechasi 21°

Bolalarni 1-sinfga qabul qilish tartibi ma’lum qilindi

17:28 / 02.06.2022

“Xalq ta’limi tizimida davlat xizmatlarini ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qaror bilan quyidagilar bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlari tasdiqlandi:

  • bolalarni davlat maktablariga qabul qilish hamda o‘quvchilarni bir maktabdan boshqasiga o‘tkazish;
  • chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar farzandlarini maktabga qabul qilish uchun arizalar olish;
  • eksteriat tartibida imtihonlar olish uchun arizalar qabul qilish;
  • umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi rasmiy davlat hujjatlari dublikatini berish.

 
Shunga ko‘ra, har yili 1-maygacha o‘quvchilarni 1-sinfga qabul qilish va bir maktab (sinf)dan boshqasiga o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatiladigan hududlar ro‘yxati tasdiqlanadi va Xalq ta’limi vazirligi rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.  

Ta’kidlanishicha, 1-sinfga bolalar ular 7 yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi.  

Shuningdek, davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun ariza beruvchidan yig‘im undirilmaydi.  

Ariza beruvchi mikrohudud bo‘yicha maktabga qabul qilish uchun har yili 20-iyundan 31-iyulgacha YAIDXP  yoki Xalq ta’limi vazirligining elektron xizmatlar portalida ro‘yxatdan o‘tadi.  

Ariza beruvchining yashash manzili bo‘yicha maktabda tanlagan ta’lim olish tilidagi sinf bo‘lmagan taqdirda, yaqin hududda joylashgan boshqa maktab mikrohudud sifatida biriktiriladi.

So‘rovnoma to‘ldiriladi hamda hududiy xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan 3 ish kunida ko‘rib chiqilib, mikrohudud bo‘yicha maktabga yuboriladi yoki sababi ko‘rsatilgan holda qaytariladi. Bu haqda ariza beruvchilarga xabar yuboriladi.

Ariza beruvchi farzandi bilan birgalikda mikrohudud bo‘yicha yuborilgan maktabga onlayn navbat asosida boradi va bolaning sog‘lig‘i to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnomani maktabga taqdim etadi.

Maktab qabul komissiyasi tomonidan 1 ish kunida bolani maktabga olish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.  

Quyidagi hollarda qabul komissiyasi bolani maktabga qabul qilishni rad etishi mumkin:

  • tibbiy ma’lumotnomada maktabda ta’lim olish tavsiya etilmagan bo‘lsa;
  • tanlangan tilda bola boshlang‘ich so‘zlashuv ko‘nikmasiga ega bo‘lmasa;
  • so‘rovnomadagi ma’lumotlar noto‘g‘riligi aniqlansa.  

Mikrohududdan tashqaridan bolalar maktabga har yili 1–15-avgust kunlari qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun, mazkur tartib Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi maktablarga nisbatan qo‘llaniladi


Bu ham qiziq

Bugun O‘zbekiston MTJ Jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqishi mumkin

Bugun O‘zbekiston MTJ Jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqishi mumkin

Uchrashuv BAAda Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
10:39 / 05.06.2025
Mirziyoyev Koreya Respublikasi yangi prezidentini tabrikladi

Mirziyoyev Koreya Respublikasi yangi prezidentini tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myonni ushbu lavozimga saylang…
12:43 / 04.06.2025
Nursulton Ro‘ziboyevning navbatdagi jangi sanasi va manzili ma’lum bo‘ldi

Nursulton Ro‘ziboyevning navbatdagi jangi sanasi va manzili ma’lum bo‘ldi

Ro‘ziboyevga kim raqiblik qilishi hozircha aniq emas.
09:37 / 04.06.2025
Toshkentning 122 ta masjidida hayit namozi o‘qiladi

Toshkentning 122 ta masjidida hayit namozi o‘qiladi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining Qurbon hayiti kuni 6-iyunga to‘g‘ri kelishi haqidagi qarorini inobatg…
10:00 / 05.06.2025
Bugun, 5-iyundan OTMlarga qabul boshlandi

Bugun, 5-iyundan OTMlarga qabul boshlandi

Prezidentning PF-81-son Farmoniga muvofiq, oliygohlar bakalavriatiga qabul jarayoni ikki bosqichda — “avval test, so‘ng tanl…
09:11 / 05.06.2025
O‘zbekiston va Xitoy mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlaydi

O‘zbekiston va Xitoy mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlaydi

Tomonlar savdo, transport, logistika, sanoat, madaniyat, gumanitar va ilmiy sohalarda hamkorlikni kengaytirish yo‘llarini ba…
20:21 / 03.06.2025
6-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

6-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

Harorat kechasi 22-24 daraja, kunduzi 33-35 daraja bo‘ladi.
06:43 / 06.06.2025
O‘zbekiston Afg‘onistonga hayit munosabati bilan insonparvarlik yordami jo‘natdi

O‘zbekiston Afg‘onistonga hayit munosabati bilan insonparvarlik yordami jo‘natdi

Insonparvarlik yordami tarkibidan un, guruch, shakar, makaron va qandolat mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, tez tayyorlanadigan …
17:35 / 05.06.2025
Toshkent metrosi Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi

Toshkent metrosi Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi

Shu munosabat bilan bayram kunlari poyezdlar qatnovi hamda metro ish vaqti quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
14:17 / 05.06.2025
O‘zbekistonlik muhojir Rossiyada 15 yashar qizchaga zo‘ravonlik qildi

O‘zbekistonlik muhojir Rossiyada 15 yashar qizchaga zo‘ravonlik qildi

Sank Peterburg politsiyasi Vyborg tumanida 15 yoshli maktab o‘quvchisiga jinsiy zo‘ravonlik qilgan migrantni hibsga oldi. Bu…
21:59 / 03.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!