$
12857.35 UZS
22.74
163.45 UZS
0.8
14672.81 UZS
10.55
36° Kechasi 22°

Nukusda 4 qavatli uy portladi

08:47 / 30.01.2023

Kecha, 29-yanvar kuni soat taxminan 16:15 larda Nukus shahri “Temir yo‘l” mahallasi 22 kichik tuman 8/1-uyning 4-qavatida joylashgan xonadonlarning birida gaz va havo aralashmasining chaqnashi tufayli portlash sodir bo‘lgan.

Oqibatda uydagi bir nechta xonadonlarning tom va pol qismlari o‘pirilib, 4-qavatdan 1-qavatgacha tushib ketgan.

Xodisa sabab 2 nafar fuqaro, ya’ni 2003-yilda tug‘ilgan S.Sh. va 2004-yilda tug‘ilgan Z.A., kuyish jaroxati olgan va zudlik bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialiga yotqizilgan.

Shuningdek, ushbu uyda yashab kelayotgan qolgan fuqarolar evakuasiya qilinib, vaktinchalik uy-joy va uch mahal issiq ovqat bilan ta’minlandi.

Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, bino vayronalari orasidan qidiruv-qutqaruv ishlari olib borish jarayonida bir nafar fuqaroning jasadi topilgan.

Shuningdek, Nukus shahrida yuzaga kelgan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish jarayonida 5 yoshli Tirnakova Elvira bino konstruksiyalari orasidan qutqarib olindi.

Ayni vaqtda binoning konstruksiyalarini tozalash ishlari davom etdirilmoqda.


Bu ham qiziq

Toshkentda Damas urib yuborgan skuter haydovchisi halok bo‘ldi

Toshkentda Damas urib yuborgan skuter haydovchisi halok bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoy…
09:55 / 03.06.2025
AQSh Rossiyaning Ukrainaga keskin javobini kutmoqda

AQSh Rossiyaning Ukrainaga keskin javobini kutmoqda

Bir necha kun avval Ukraina Rossiya harbiy aerodromlariga “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasini doirasida keng ko‘lamli hujumlar…
15:56 / 03.06.2025
O‘zbekiston Yaponiyaga ishlash uchun 10 ming nafar ishchi mutaxassis yuboradi

O‘zbekiston Yaponiyaga ishlash uchun 10 ming nafar ishchi mutaxassis yuboradi

O‘zbekiston va Yaponiya 10 ming o‘zbek mutaxassislariga Yaponiyada ish topishga yordam beradigan qo‘shma loyihani ishga tush…
21:06 / 03.06.2025
4-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

4-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

Harorat kechasi 19-21 daraja, kunduzi 35-37 daraja bo‘ladi.
22:44 / 03.06.2025
Janubiy Koreyada navbatdan tashqari prezident saylovi o‘tkazilmoqda

Janubiy Koreyada navbatdan tashqari prezident saylovi o‘tkazilmoqda

Bugun mamlakat fuqarolari harbiy holat e’lon qilishga uringani uchun lavozimidan chetlatilgan Yun Sok Yolning o‘rniga yangi …
10:51 / 03.06.2025
Yirik firibgarlikda gumon qilingan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi

Yirik firibgarlikda gumon qilingan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi

O‘zbekiston Interpolining Milliy markaziy byurosi ko‘magida Amerika Qo‘shma Shtatlarida qidiruvdagi shaxsning joylashgan o‘r…
21:33 / 02.06.2025
Janubiy Koreyaga yangi prezident saylandi

Janubiy Koreyaga yangi prezident saylandi

Saylovlarda birlashgan demokratik partiyadan nomzod Li Chje Myon g‘alaba qozondi.
08:16 / 04.06.2025
Farg‘onada fermer xo‘jaligi 1 mlrd 845 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalandi

Farg‘onada fermer xo‘jaligi 1 mlrd 845 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalandi

“HET” AJ Energosavdo filiali xodimlari tomonidan barcha hududlarda muntazam ravishda energiya resurslaridan oqilona foydalan…
12:53 / 03.06.2025
O‘zbekiston va Xitoy mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlaydi

O‘zbekiston va Xitoy mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlaydi

Tomonlar savdo, transport, logistika, sanoat, madaniyat, gumanitar va ilmiy sohalarda hamkorlikni kengaytirish yo‘llarini ba…
20:21 / 03.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!