$
12831.81 UZS
-25.54
163.75 UZS
0.3
14606.45 UZS
-66.36
30° Kechasi 20°

O‘zbekiston “Chegarasiz muxbirlar” matbuot erkinligi indeksida 22 pog‘ona yuqoriladi

10:06 / 14.12.2022

Chegarasiz muxbirlar (“Reporters without borders”) tashkilotining 2022 yilgi matbuot erkinligi indeksida (“World Press Freedom Index 2022”) O‘zbekiston 133-o‘ringa ko‘tarildi, avvalgi reytingda esa 157-o‘rinda qayd etilgan edi.

Hisobotda qayd etilishicha, ayni vaqtga kelib 5 nafar mahalliy jurnalist hibsda saqlanmoqda, joriy yilda hech bir jurnalist hayotiga suiqasd uyushtirilmagan. Biroq davlat hokimiyatini tanqid qilish murakkabligicha qolmoqda.

Kutilganidek, reytingda Skandinaviya mamlakatlari yetakchilik qilmoqda. Norvegiya, Daniya, Shvesiya, Estoniya, Finlyandiya, Irlandiya, Portugaliya va Kosta-Rika ushbu matbuot erkinligi indeksida yuqori pog‘onada qayd etilgan.

Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yaxshi natijaga ega Qirg‘iziston 98-o‘rinni band etgan.

Matbuot erkinligi indeksi Chegara bilmas muxbirlar tashkiloti tomonidan mamlakatlarning 2002 yildan beri tuziladigan va chop etiladigan yillik reytingi bo‘lib, tashkilotning o‘tgan yilgi matbuot erkinligi bo‘yicha qayd etgan natijalariga asoslanadi.

CHBMT har bir mamlakatda jurnalistlar, axborot tashkilotlari va internet foydalanuvchilarining erkinlik darajasi hamda rasmiylar tomonidan ushbu erkinlikni hurmat qilishga qaratilgan sa’y-harakatlarni aks ettirish niyatida. Chegara bilmas muxbirlar tashkiloti indeksi faqat matbuot erkinligi va jurnalistika sifatini o‘lchamaydi, balki inson huquqlari masalasiga ham e’tibor qaratiladi.


Bu ham qiziq

Mirziyoyev Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif bilan telefon orqali muloqot qildi

Mirziyoyev Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif bilan telefon orqali muloqot qildi

Pokiston Bosh vazirining joriy yil fevral oyida O‘zbekistonga tarixiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshi…
21:14 / 07.06.2025
6-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

6-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

Harorat kechasi 22-24 daraja, kunduzi 33-35 daraja bo‘ladi.
06:43 / 06.06.2025
Mbappe “Oltin to‘p”ga kim loyiq ekanligini aytdi

Mbappe “Oltin to‘p”ga kim loyiq ekanligini aytdi

Fransiya milliy jamoasi va Ispaniyaning “Real Madrid” klubi hujumchisi Kilian Mbappening fikricha, Usmon Dembele “Oltin to‘p…
16:22 / 07.06.2025
5-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

5-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 5-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutl…
08:22 / 05.06.2025
O‘zbekiston Afg‘onistonga hayit munosabati bilan insonparvarlik yordami jo‘natdi

O‘zbekiston Afg‘onistonga hayit munosabati bilan insonparvarlik yordami jo‘natdi

Insonparvarlik yordami tarkibidan un, guruch, shakar, makaron va qandolat mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, tez tayyorlanadigan …
17:35 / 05.06.2025
Bugun, 5-iyundan OTMlarga qabul boshlandi

Bugun, 5-iyundan OTMlarga qabul boshlandi

Prezidentning PF-81-son Farmoniga muvofiq, oliygohlar bakalavriatiga qabul jarayoni ikki bosqichda — “avval test, so‘ng tanl…
09:11 / 05.06.2025
Rossiya Ukrainaga yirik havo hujumi uyushtirdi

Rossiya Ukrainaga yirik havo hujumi uyushtirdi

Ayrim rossiyalik OAVlar, masalan, “Argumenty i fakty” nashri bu keng ko‘lamli hujumni “qasos” deb atadi.
14:23 / 06.06.2025
Jahon chempionatiga chiqqan O‘zbekiston MTJ a’zolariga mashina sovg‘a qilinadi

Jahon chempionatiga chiqqan O‘zbekiston MTJ a’zolariga mashina sovg‘a qilinadi

Futbol bo‘yicha JCh–2026 turniri 11-iyunda 19-iyulga qadar AQSh, Meksika va Kanada yashil maydonlarida bo‘lib o‘tadi.
15:07 / 06.06.2025
Shavkat Mirziyoyev xalqaro investorlarni qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev xalqaro investorlarni qabul qildi

Muzokaralar yakunida istiqbolli loyihalarni tizimli ilgari surish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olindi.
17:48 / 07.06.2025
Sergelida mebel sexi yonib ketdi

Sergelida mebel sexi yonib ketdi

Shunga ko‘ra yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 08:07 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 08:42 da qurshab olingan 10:2…
11:16 / 06.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!