O‘zbekiston 121 mamlakatni o‘z ichiga olgan “Safety Perception Index 2023” — dunyoning eng xavfsiz mamlakatlar reytingida 1-o‘rinni egalladi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston fuqarolar hayoti va sayohat qilishi uchun xavf darajasi minimal ekani aytilgan.
Eng xavfsiz mamlakatlar yuqori beshtaligidan shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Norvegiya va Estoniya joy olgan.
Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozog‘iston 14-, Tojikiston 17-, Qirg‘iziston 26-o‘ringa joylashtirilgan. Reytingning eng quyi qismini Gvineya, Serra-Leone va Mali davlatlari egallagan.
“Safety Perception Index” beshta faktorga e’tibor qaratadi: oziq-ovqat va suv, zo‘ravonlik jinoyatlari, noqulay ob-havo sharoiti, aqliy sog‘lomlik hamda mehnat muassasalaridagi xavfsizlik.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!