Joriy yilning 5 may kuni Termiz shahridagi “Alpomish” kurash majmuasi tomining bir qismi qulab tushgan. Holatga Qurilish vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, Termiz shahri Alpomish mahallasi Navbahor ko‘chasi 1-uy manzilida joylashgan “Alpomish” kurash majmuasi binosida sodir bo‘lgan texnogen tusdagi favqulodda vaziyat joyida ko‘rib chiqilganda quyidagilar aniqlandi:
- kurash zalining umumiy maydoni 2800 kv.metr bo‘lib, hozirgi kunda kurash zali tomining bir qismi buzilib, yerga qulab tushgan (tahminan 1700 kv.metr);
- kurash zalining tom qismi murakkab konstruktiv yechimli bo‘lib, “Kislovodsk” tipidagi fazoviy metall konstruksiyalardan foydadanilgan;
- buzilgan tom qismi yaroqsiz holatda;
- kurash zali binosi 1999 yilda qurilgan.
Ta’kidlanishicha, kurash majmuasi xodimlari sog‘lig‘iga hech qanday zarar yetmagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!