Vazirlar Mahkamasining Toshkent shahridagi Britaniya menejment universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.
Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda “British management university” mas’uliyati cheklangan jamiyatining nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi Toshkent shahridagi Britaniya menejment universiteti tashkil etildi.
Quyidagilar universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilanmoqda:
Universitetda London universiteti, Reding universiteti (Buyuk Britaniya) hamda yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarining ta’lim dasturlarini joriy etish, ularning malakali professor-o‘qituvchilari, olim va mutaxassislarini o‘quv jarayoniga jalb etish;
Respublika iqtisodiyoti real sektori ehtiyojlarini hisobga olgan holda yuqori malakali oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash;
O‘quv reja va dasturlarni zamonaviy fanlar asosida takomillashtirib borish, innovatsion texnologiyalarni tatbiq qilish;
Xorijning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik asosida tajriba almashish dasturlarini amalga oshirish.
Universitetda “Loyihalarni boshqarish”, “Logistika va yetkazib berish zanjirlarini boshqarish”, “Tadbirkorlik va innovatsiyalar”, “Xalqaro elektron tijorat” hamda “Raqamli iqtisodiyot” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar qabuli amalga oshiriladi.
Universitetda ta’lim faoliyati 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi.
Har yili ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli, iqtidorli hamda o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan farzandlari orasidan tanlov asosida bepul 20 nafardan kam bo‘lmagan abiturentlarni grant asosida o‘qishga qabul qiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!