$
12634.34 UZS
-18.98
162.37 UZS
0.48
14821.34 UZS
-0.76
36° Kechasi 23°

Uylarning narxi 18,3 foiz tushiriladi. Qurilishdagi kamchilik va qimmat narxlar

14:23 / 09.05.2019

Toshkent shahri Sergeli tumanida qurilgan arzon uy-joylarning narxi oshib ketgani, qurilishda ayrim kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani aholi noroziligiga sabab bo‘layotgani haqidagi xabarlar tarqalgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri 11 aprel kuni mazkur uylarda yashaydigan fuqarolar bilan uchrashgan, ularning savollariga javob bergan. Ushbu sayyor yig‘ilishda uylarning qurilishidagi kamchiliklarni aniqlash va joyining o‘zida bartaraf etish hamda uylarning narxlarini pasaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo‘yicha ikkita komissiya tashkil etilgan edi. 1 oydan so‘ng yana fuqarolar bilan uchrashib, olib borilgan ishlarni keng jamoatchilik vakillari ishtirokida muhokama qilishga kelishib olingan edi.

Iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xo‘jayev rahbarligidagi komissiya qariyb bir oy davomida uylarning narxi masalasini o‘rgandi, ularni imkon qadar arzonlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqdi. Qurilish vaziri Abduqahhor To‘xtayev rahbarligidagi komissiya qurilishdagi kamchiliklarni uyma uy, xonadonma xonadon yurib o‘rgandi va aniqlangan kamchiliklarni qurilish tashkilotlari bilan birga joyining o‘zida bartaraf etish choralarini ko‘rdi.

Jamoatchilik nazorat qildi

Belgilangan barcha ishlar sifatli bajarilishini ta'minlash maqsadida ushbu uylarda yashovchi fuqarolar, «Nuroniy» jamg‘armasi, «Mahalla» xayriya jamoat fondi, xotin-qizlar qo‘mitalari faollaridan iborat jamoatchilik nazorati guruhi tashkil etildi.

7 may kuni Sergeli tumani hokimligida tumanda barpo etilgan arzon ko‘p qavatli uylarda istiqomat qilayotgan fuqarolar, tegishli vazirliklar va idoralarning rahbarlari va mutaxassislari, jamoatchilik vakillari ishtirokida komissiyalarning hisobotlari eshitildi.

Har kvadrat metrdan 728 600 so‘m cho‘ntakda qoladi

Iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xo‘jayevning ta'kidlashicha, respublika miqyosida qurilish materiallarining narxlari tahlil qilingan, ularning katalogi tayyorlanib, davlat tomonidan qurilish tashkilotlari, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilarga berilgan imtiyozlarning qo‘llanilishi o‘rganilgan, bank marjasi va sug‘urta pulini kamaytirish bo‘yicha ishlar olib borilgan. 34-uy misolida uylarning narxlari masalasi har tomonlama o‘rganilgan. Natija uyning 1 kvadrat metri narxini 3 981 700 (uch million to‘qqiz yuz sakson bir ming yetti yuz) so‘mdan 3 253 100 (uch million ikki yuzi ellik uch ming 100) so‘mga tushirish yoki 18,3 foizga arzonlashtirish mumkinligini ko‘rsatdi. Albatta ushbu uyda yashovchilar uchun uyning har bir kvadrat metri uchun 728 600 (yetti yuz yigirma sakkiz ming olti yuz) so‘m yonga qolishi haqidagi xabarni yig‘ilganlar katta xursandchilik bilan kutib oldi.

Uy qadrini uysizdan so‘rang...

– Olmazor tumanida 17 yil kvartirama kvartira ko‘chib, turli sharoitlarda ijarada yashashga majbur bo‘lganmiz, – dedi Barno Yusupova. – Sergeli tumanidan oilamizga uy berildi. O‘tgan bir oy ichida esa quruvchilar kechayu kunduz ishlab uydagi ayrim kamchiliklarni tuzatdi. Bundan tashqari o‘tgan uchrashuvda bu yerda yashaydigan ayollarni ish bilan ta'minlash masalasini ham ko‘targan edik. Qisqa vaqtda ishsiz ayollarning bir nechtasiga imtiyozli kredit ajratilib, ular allaqachon tadbirkorlik faoliyatini boshlab yubordi. Barchasi uchun Prezidentimizdan bir umr minnatdormiz.

– Biz oilamiz bilan shunday chiroyli uyga ko‘chib o‘tganimizdan benihoya baxtlimiz, – deydi 40-uyda yashovchi Akmal Qalandarov. – Yangi uyga ko‘chib birinchi bo‘lib ko‘nglimdan o‘tgani Prezidentimizning biz kabi oddiy odamlarning tashvishini o‘ylayotgani bo‘ldi. Uyning qadrini uysiz, ijarada yashash, ikki-uch oila tiqilib yashash azobini ko‘rgan odamdan so‘rash kerak. Ana shunday odam o‘z uyining qadriga ko‘proq yetadi. Bunday kishilarga yangi uyning bitta ikkita kamchiligi ko‘rinmaydi ham. Mana endi bizning o‘z uyimiz, Vatanimiz bor! Men bunga javoban farzandlarimni Prezidentimiz kabi fidoyi, u kishiga munosib, sodiq, yurt koriga yaraydigan, barkamol qilib tarbiyalashga va'da beraman.

358ta uy kimlarga tegishli?

Qisqa vaqtda ikki komissiyaning a'zolari uyma-uy yurib, xonadon egalari bilan suhbatlashgan, kamchiliklar joyida hal etilgan. Lekin hududdagi 358ta xonadonning holati mavhumligicha qolgan. Chunki bu uylarda hech kim yashamasligi sababli qayta qayta borilsa-da uy egalari bilan bog‘lanishning imkoni bo‘lmagan. Hatto qo‘shnilari ham bu uylarning egalarini topib berolmagan.

Infratuzilma bosqichma bosqich rivojlanadi

Uchrashuvda shuningdek hududda infratuzilmani rivojlantirish, odamlarni ish bilan ta'minlash, maktab, maktabgacha ta'lim muassasasi, poliklinika qurish masalalari ham o‘rtaga tashlandi.

Sayyor yig‘ilishda ta'kidlandiki, oxirgi uch yilda barcha sa'y-harakatlar, kuch va imkoniyatlar aholini tezroq uyli qilishga qaratildi. Shu sababli ayrim infratuzilma obektlarini barpo etish kechikdi. Hududda bu ishlar bosqichma bosqich amalga oshirilmoqda. Xususan, davlat dasturlarida ko‘zda tutilganidan tashqari yana 4ta maktab va 4ta maktabgacha ta'lim muassasasi, 1ta poliklinika qurilishi shu yilning kuzida yakuniga yetkazilishi bilan ko‘pchilikni o‘ylantirayotgan muammolar o‘z o‘zidan yechim topadi. Eski aeroport hududida tashkil etilayotgan sanoat zonasida 10 ming yangi ish o‘rni tashkil etiladi. Bu sa'y-harakatlar odamlarni ish bilan ta'minlash va ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish, ijtimoiy masalalarni hal etish orqali bu yerda yashovchi kishilar hayotini yanada farovon qilish uchun muhim hayotiy ahamiyatga ega bo‘ladi.


Bu ham qiziq

Islom merosining bebaho xazinasi Londonda namoyish etildi

Islom merosining bebaho xazinasi Londonda namoyish etildi

Londonda muhim madaniy voqea bo‘lib o‘tdi
18:16 / 11.07.2025
DXX tezkor tadbir davomida noqonuniy psixotrop moddalar savdosiga chek qo‘ydi

DXX tezkor tadbir davomida noqonuniy psixotrop moddalar savdosiga chek qo‘ydi

Farg'onadagi tadbirda kuchli ta'sir ko'rsatuvchi dori vositalarining faoliyatiga chek qo'yildi
22:54 / 12.07.2025
Respublikada qancha elektromobil ro‘yxatga olingani ma’lum qilindi

Respublikada qancha elektromobil ro‘yxatga olingani ma’lum qilindi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-aprel holatiga O‘zbekiston Respublikasida 65,2 mingta elekt…
14:59 / 11.07.2025
Qo‘shni davlatlarda kuydirgi tarqaldi: O‘zbekistonda qanday choralar ko‘rilmoqda?

Qo‘shni davlatlarda kuydirgi tarqaldi: O‘zbekistonda qanday choralar ko‘rilmoqda?

Mazkur vaziyat yuzasidan O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Epidemiologiya va…
15:55 / 12.07.2025
Toshkent va Farg‘onada OTMga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan o‘qituvchilar ushlandi

Toshkent va Farg‘onada OTMga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan o‘qituvchilar ushlandi

Hozirda mazkur o‘qituvchilarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
09:16 / 12.07.2025
Chiqindi xizmatlaridan qarzdor abonentlarning avgust oyidan boshlab elektr energiyasi to‘loviga cheklov o‘rnatiladi

Chiqindi xizmatlaridan qarzdor abonentlarning avgust oyidan boshlab elektr energiyasi to‘loviga cheklov o‘rnatiladi

Ushbu tartib 2025-yil 30-iyungacha bo‘lgan qarzdorliklarga tatbiq etilmaydi.
20:34 / 11.07.2025
O‘zbekiston mustaqilligining 34-yilligi yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanadi

O‘zbekiston mustaqilligining 34-yilligi yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanadi

“O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘r…
17:11 / 11.07.2025
Bu yilgi test sinovlari uchun qancha abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi?

Bu yilgi test sinovlari uchun qancha abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi?

Bugun o‘tkazilgan brifingda bu yilgi qabul masalalariga batafsil to‘xtalib o‘tildi
19:44 / 11.07.2025
Fransiyada X va uning rahbariyatiga nisbatan tergov boshlandi

Fransiyada X va uning rahbariyatiga nisbatan tergov boshlandi

Milliy matbuotda chop etilgan xabarlarga ko‘ra, Parij Bosh prokurori Laure Beccuau yozma bayonotida, Parij prokuraturasi X p…
10:57 / 12.07.2025
Okeaniya mintaqasida yangi davlat tuziladi

Okeaniya mintaqasida yangi davlat tuziladi

Ammo bu mamlakat muxtoriyat maqomida bo'ladi
22:25 / 12.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!