$
12777.52 UZS
-54.29
161.54 UZS
-2.21
14590.65 UZS
-15.8
32° Kechasi 20°

Oksana Chusovitina Qatardagi nufuzli musobaqada oltin medalga sazovor bo‘ldi

12:31 / 26.06.2021

O‘zbek sportchisi Doxada tayanib sakrash bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi

Ayni kunlarda Qatar poytaxti Doxa shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Unda ishtirok etgan o‘zbekistonlik afsonaviy sportchi Oksana Chusovitina o‘zining navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Tokio-2020 litsenziati kutilganidek, tayanib sakrash yo‘nalishida ishtirok etdi va eng yuqori ball to‘plagan holda, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Taʼkidlanishicha, bu musobaqa  Oksana Chusovitina uchun bo‘lajak Olimpiada oldidan o‘ziga xos tayyorgarlik vazifasini bajarib berdi. 

Jahon kubogi, Doxa. Tayanib sakrash, ayollar:

1. Oksana Chusovitina (O‘zbekiston) – 14.066
2. Devilar Kolin (Fransiya) – 13.966
3. Taman Nensi (Misr) – 13.366 

Eslatib o‘tish joiz, 44 yoshli sportchi 2019-yil Germaniyaning Shtutgart shahrida o‘tkazilgan sport gimnastikasi bo‘yicha jahon chempionatidagi ishtiroki orqali Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi. 

Ma’lumot uchun, Chusovitina Jahonda sport gimnastikasi bo‘yicha Olimpiya o‘yinlarida eng ko‘p qatnashchisi hisoblanib, u 1992, 1996, 2000, 2004, 2008, 2012 hamda 2016 yillarda Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan. Kelgusidagi ishtirok Chusovitina uchun faoliyatidagi sakkizinchi Olimpiada bo‘ladi. 
 


Bu ham qiziq

6-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

6-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

Harorat kechasi 22-24 daraja, kunduzi 33-35 daraja bo‘ladi.
06:43 / 06.06.2025
7-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

7-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 7-iyun kuni Toshkentda havo o‘zgarib tur…
20:15 / 06.06.2025
Ronaldu klublar o‘rtasidagi JChda ishtirok etishi haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi

Ronaldu klublar o‘rtasidagi JChda ishtirok etishi haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi

Ronaldu ko‘p takliflarga qaramay, mundialda qatnashmaslikka qaror qilganini aytgan.
19:37 / 07.06.2025
Registon maydonida joylashgan Tillakori madrasasi qayta restavratsiya qilinadi

Registon maydonida joylashgan Tillakori madrasasi qayta restavratsiya qilinadi

Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar bermoqda.
21:39 / 08.06.2025
Slovakiya Bosh vaziri rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi

Slovakiya Bosh vaziri rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Slovakiya Respublikasi Bosh vaziri Robert Fitso …
09:39 / 08.06.2025
Ilon Mask AQShda yangi siyosiy partiya tashkil etish niyatida ekanligini ma’lum qildi

Ilon Mask AQShda yangi siyosiy partiya tashkil etish niyatida ekanligini ma’lum qildi

Ushbu partiya “Amerika partiyasi” deb nomlanishi mumkin.
17:29 / 08.06.2025
Eshak go‘shtidan somsa tayyorlab, sotganlarga hukm o‘qildi

Eshak go‘shtidan somsa tayyorlab, sotganlarga hukm o‘qildi

Toshkent viloyati Parkent tumanida eshak go‘shtidan somsa tayyorlab, sotganlarga hukm o‘qildi.
10:25 / 07.06.2025
Sergelida mebel sexi yonib ketdi

Sergelida mebel sexi yonib ketdi

Shunga ko‘ra yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 08:07 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 08:42 da qurshab olingan 10:2…
11:16 / 06.06.2025
O‘zbekiston TIV rahbari Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashdi

O‘zbekiston TIV rahbari Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashdi

Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi Janobi Oliylariga qabul uchun minnatdorlik bildiramiz. O‘zbekiston Respubli…
11:33 / 07.06.2025
Eron tezkor yadroviy qurollanish imkoniyatiga ega

Eron tezkor yadroviy qurollanish imkoniyatiga ega

Eron tezkor yadroviy qurollanish imkoniyatiga ega
11:19 / 07.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!