$
12778.12 UZS
78.98
164.01 UZS
1.85
14931.23 UZS
83.4
37° Kechasi 23°

Toshkentdagi tashqi reklama obyektlarining 50 foizga yaqinida kamchilik aniqlangan – Aksilmonopoliya

17:42 / 24.04.2021

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida tashqi reklama qurilmalarining buzilish holatlari haqidagi munosabat bildirdi.

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, respublika hududlarida joylashtirilgan jami 12 318 ta tashqi reklama obyektlarining (konstruksiyalari)ning 7 108 tasi (57,7 foiz) qaror talablariga muvofiq emasligi aniqlangan. Shundan, Toshkent shahrida joylashgan 6 630 ta konstruksiyaning 3 207 tasi yoki 50 foizga yaqinida kamchilik aniqlangan.

Qaror talablariga nomuvofiq deb topilgan 7 108 ta tashqi reklama obyektlarining (konstruksiyalarining) 2 094 tasi yo‘l qatnov qismida joylashganligi, 201 tasida oraliq masofaga rioya qilmaganligi, 1 353 tasining egasi aniqlanmagan hamda 3 460 tasida boshqa kamchiliklar (avtomobil yo‘llarining ajratuvchi bo‘lagida, xususan, yo‘lning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, transport vositalari harakatlanishi yoki to‘xtashi uchun mo‘ljallanmagan, yo‘l sathidan baland va (yoki) yotiq chizig‘i bilan belgilangan qismida hamda trotuar va piyodalar yo‘lkalarida, xavfsizlik orolchalarida joylashgan va boshqalar) aniqlangan.

Shundan, Toshkent shahrida joylashgan va qaror talablariga nomuvofiq deb topilgan 3 207 ta tashqi reklama obyektlarining (konstruksiyalarining) 1 459 tasi yo‘l qatnov qismida joylashganligi, 124 tasida oraliq masofaga rioya qilmaganligi, 1 104 tasining egasi aniqlanmagan hamda 520 tasida boshqa kamchiliklar (avtomobil yo‘llarining ajratuvchi bo‘lagida, xususan, yo‘lning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, transport vositalari harakatlanishi yoki to‘xtashi uchun mo‘ljallanmagan, yo‘l sathidan baland va (yoki) yotiq chizig‘i bilan belgilangan qismida hamda trotuar va piyodalar yo‘lkalarida, xavfsizlik orolchalarida joylashgan va boshqalar) aniqlangan.

Yuqoridagilarni inobatga olib, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bugungi kunda Toshkent shahrida o‘rnatilgan tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) tartibga keltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarda qatnashayotgan barcha ishtirokchilarni qat’iy ravishda “Reklama to‘g‘risida”gi qonuni va Hukumatning tegishli qarori talablari asosida o‘tkazilishi, tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) shaharlar, shu jumladan, Toshkent shahrining tashqi me’moriy qiyofasi saqlanishiga, shaharsozlik me’yorlariga va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlanishiga hamda reklama to‘g‘risidagi qonun talablariga zid kelmasligiga chaqirmoqda.  


Bu ham qiziq

O‘zbekistonda havo harorati 45 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekistonda havo harorati 45 darajagacha ko‘tariladi

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 17–19-iyul kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilm…
10:16 / 15.07.2025
Baxtiyor Saidov Eron tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Baxtiyor Saidov Eron tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Uchrashuvda bir qator muhim masalalar muhokama qilingan
20:24 / 15.07.2025
Surxondaryoda advokat 50 ming dollar pora bilan ushlandi

Surxondaryoda advokat 50 ming dollar pora bilan ushlandi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
11:08 / 15.07.2025
Putin yaqin orada Xitoyga tashrif buyuradi

Putin yaqin orada Xitoyga tashrif buyuradi

Sergey Lavrov Si Szinpin bilan uchrashuvda shunga erishilganini ma’lum qildi
19:23 / 15.07.2025
Surxondaryoda 23 bosh ilon tabiatga qaytarildi

Surxondaryoda 23 bosh ilon tabiatga qaytarildi

6 bosh O‘rta Osiyo kobrasi va 17 bosh sharq bo‘g‘ma iloni fuqarolar tomonidan noqonuniy saqlab kelinayotgan bo‘lgan.
17:49 / 15.07.2025
Donald Tramp Rossiya - Ukraina urushi borasida o‘z fikrlarini bildirdi

Donald Tramp Rossiya - Ukraina urushi borasida o‘z fikrlarini bildirdi

Siyosatchining fikriga ko‘ra, bu urushda baribir imkoniyatlar noteng bo‘lib qolmoqda
19:54 / 15.07.2025
Saida Mirziyoyevaga o‘rinbosarlar tayinlandi

Saida Mirziyoyevaga o‘rinbosarlar tayinlandi

Hilola Umrova vazirlikdan olindi.
17:27 / 14.07.2025
Fransiya hukumatining iqtisodiy prognozi: 2030 yilga kelib Yevropada katta urush boshlanadi

Fransiya hukumatining iqtisodiy prognozi: 2030 yilga kelib Yevropada katta urush boshlanadi

Bu urushdan eng ko'p aynan fransuzlar jabr ko'rishi taxmin qilinmoqda
22:06 / 15.07.2025
2025-yilgi umra mavsumi avgust oyidan boshlanadi

2025-yilgi umra mavsumi avgust oyidan boshlanadi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Haj va Umra markazi yangi umra mavsumini 2025-yil avgust oyidan boshlanishini e’…
12:22 / 15.07.2025
Toshkentdagi “O‘zbekfilm” binosi yaqinida kuchli yong‘in chiqdi

Toshkentdagi “O‘zbekfilm” binosi yaqinida kuchli yong‘in chiqdi

Hozirda o‘chirish ishlari davom etmoqda.
15:22 / 15.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!