$
12910.15 UZS
-14.77
159.78 UZS
-0.16
14660.77 UZS
40.1
32° Kechasi 19°

Vazirlar Mahkamasi avtobus haydovchilariga aloqador yangi qaror qabul qiladi

18:23 / 17.08.2019

Vazirlar Mahkamasining “Avtobus haydovchilarining ish vaqti, dam olish vaqti va unga amal qilinishini nazorat qilish to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.
Nizom shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo‘nalishlarda hamda turistik yo‘nalishlarda avtobuslar orqali yo‘lovchilarni, umumta’lim maktablari va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida o‘quvchi bolalar guruhlarini tashuvchi yuridik shaxslarga tegishli avtobus haydovchilariga, tashkiliy-huquqiy shakli va mulk shakllari, idoraviy mansubligidan qat’i nazar yakka tartibdagi tadbirkorlar va boshqa shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi.
Avtobus haydovchilarining ish vaqti va dam olish vaqtini nazorat qilish vazifasi O‘zbekiston Respublikasi “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligiga asosan ish beruvchilarga yuklatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida avtobuslarda yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga doir” 482-sonli qaroriga muvofiq:
mulkchilik shakllaridan qat’i nazar avtobuslarda yo‘lovchilar tashishni amalga oshiruvchilarning xavfsizlikni ta’minlashdagi asosiy vazifasi haydovchilar tomonidan ish vaqtining yo‘l qo‘yiladigan muddatiga rioya etilishi, shuningdek, ularning dam olishi va ovqatlanishi tashkil etilishini nazorat qilish hisoblanadi;
yo‘lovchilarni shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro tashuvchi avtobuslar servis ustaxonasi plombasi bo‘lgan nazorat priborlari (taxograf) bilan jihozlangan, xalqaro tashishlarda esa O‘zbekiston Respublikasining tanitish belgisiga ham ega bo‘lishlari kerak;
shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo‘nalishlarda, sayohat-ekskursiya yo‘nalishlarida avtobuslar harakati jadvalida avtobusni har 1,5 soat boshqarishdan keyin haydovchining kamida 15 daqiqa yoxud 4,5 soat boshqarishdan keyin 45 daqiqa dam olishi majburiy tartibda nazarda tutiladi;
avtobus haydovchisi nazorat punktlarida (avtovokzallar, avtostansiyalar, dispetcherlik punktlari), harakat jadvalida nazarda tutilgan hollarda, chipta-hisobga olish varaqasida kelgan va jo‘nab ketgan vaqti to‘g‘risida belgi qo‘ydirishi kerak.
Avtobusda xalqaro tashuvlarni amalga oshiruvchi haydovchilarning mehnat va dam olish tartibi va me’yorlari O‘zbekiston Respublikasi qatnashchi hisoblanuvchi “Avtomobilda xalqaro tashuvlarni amalga oshiruvchi transport vositalari ekipaji ish faoliyati to‘g‘risida”gi Yevropa kelishuvi asosida tartibga solinadi.
Nizomda nazarda tutilgan avtobus haydovchilarining mehnat va dam olish vaqti normalari haydovchilarning ish grafigini (smena) tuzishda qo‘llaniladi.
Ushbu Nizomda ko‘rsatib o‘tilmagan avtobus haydovchilarining mehnat va dam olish tartibi bo‘yicha masalalar avtobuslarda yo‘lovchi tashish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi va xalqaro shartnomalar asosida tartibga solinadi.
Avtobus haydovchilari uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga qirq soatdan oshmasligi kerak.
Olti kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati yetti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa sakkiz soatdan ortib ketmasligi lozim.
Bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha avtobus haydovchilari uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.
Avtobus haydovchisining ish kuni kelishuv asosida ikki qismga bo‘linishi va ular orasidagi tanaffus 5 soatdan kam bo‘lmasligi kerak.
Avtobus haydovchilariga tungi vaqtdagi ishlarning muddati soat 22:00 dan to soat 6:00 gacha bo‘lgan vaqt hisoblanadi.
Agar haydovchi uchun belgilangan kundalik ish (smena) muddatining kamida yarmi tungi vaqtga to‘g‘ri kelsa, tungi ish vaqti muddati bir soatga, ish haftasi muddati ham shunga muvofiq ravishda qisqartiriladi.
Ishlab chiqarish sharoitlariga ko‘ra zarur bo‘lgan hollarda, xususan, ishlab chiqarish uzluksiz bo‘lgan joylarda, shuningdek, bir kun dam olinadigan olti kunlik ish haftasi sharoitida smena bo‘lib ishlanayotgan joylarda tungi ish muddati kunduzgi ish muddatiga tenglashtiriladi.Avtobus haydovchisining ish vaqti tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
•  liniyaga chiqish oldidan va liniyadan qaytgandan so‘ng ishlarni bajarish vaqti;
•  shaharlararo tashishlarda borish yoki qaytish maskanida, smena boshlanishi oldidan va yakunlanganidan so‘ng yo‘lda (to‘xtab turish joyida) ishlarni bajarish uchun tayyorgarlik va yakunlash ishlarini bajarish vaqti;
•  haydovchilarni bir smenada besh daqiqaga qadar reys oldi tibbiy ko‘rikdan o‘tish vaqti;
•  avtobusning liniyada harakatlanish vaqti;
•  to‘xtab turish vaqti; 
•  yo‘lovchilarni chiqarish va tushirish joylaridagi vaqti;
•  avtobus haydovchisining aybisiz bo‘sh turib qolingan vaqti;
•  yo‘nalishdagi yakuniy punktlarda qatnov jadvalida ko‘zda tutilgan qisqa muddatli to‘xtagan vaqti.
Avtobus haydovchilari quyidagi huquqlarga ega:
–ish smenasi mobaynida dam olish va ovqatlanish uchun tanaffusga chiqish (tushlik tanaffusi);
–  har kunlik (smenalararo) dam olish;
–  har haftalik dam olish (dam olish kunlari);
–  bayram kunlarida dam olish;
–  o‘rnatilgan tartibda ta’tilga chiqish. 
Dam olish joyi avtobuslarning harakat jadvaliga mos ravishda ish beruvchi tomonidan tanlanadi va haydovchi undan o‘z xohishiga ko‘ra foydalanishi mumkin.
Avtobus haydovchilarining har haftalik dam olishi uzluksiz qirq ikki soatdan kam bo‘lmasligi kerak.
Bir haftadan ortiq davomiylikdagi shaharlararo tashishlarda band bo‘lgan avtobus haydovchilariga, safar davrida har haftalik dam olish kunidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, haydovchi doimiy ish joyiga qaytib kelganidan so‘ng ishlangan vaqt uchun dam olish kuni (otgul) berilishi lozim.
Ish vaqtini umumlashtirilgan tarzda hisob-kitob qilish avtobus haydovchilariga, har kunlik dam olish kunlari smena grafiklariga asosan haftaning turli kunlarida belgilanishi mumkin.
Avtobus haydovchilari bayram (ishlanmaydigan) kunlari ishlashlari man etiladi. Avtobus haydovchilarini shu kunlari ish beruvchining farmoyishi bilan ishga jalb etishga alohida hollardagina O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 130-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha va tartibda yo‘l qo‘yiladi.
Ishlab chiqarish-texnika sharoitlari va boshqa sharoitlarga ko‘ra ishni to‘xtatib turish mumkin bo‘lmagan joylarda, aholiga xizmat ko‘rsatish zarurati bo‘lgan ishlarda, shuningdek bayram (ishlanmaydigan) kunlari ishlashga yo‘lq o‘yiladi.
Bayram (ishlanmaydigan) kunlari bajarilgan ishlar uchun kompensatsiya va haq to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 157-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.Avtobus haydovchilariga yillik ta’tillarni berish navbati kalendar yil boshlangunga qadar tashuvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan jadvalga muvofiq belgilanadi.
Avtobusda tashuvlarni amalga oshiruvchi korxonalar qo‘l ostidagi barcha hujjatlardan: haydovchining ish grafigi, yo‘l varaqasi, shaxsiy nazorat kitobchasi, taxograf yozuvlarining tahlili  natijalaridan foydalangan holda avtobus haydovchisini boshqaruv vaqti, ish va dam olish vaqtini nazorat qilishlari kerak. Mehnat va dam olish tartibi buzilgan hollarda korxona darhol ularni bartaraf etishi va kelajakda ularga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
Avtobuslar yo‘l-transport hodisalarini oldini olish maqsadida ish beruvchi tomonidan haydovchilarni yo‘nalishdagi harakat vaqtida charchog‘ini aniqlash qurilmalari bilan jihozlanishi zarur.
Haydovchining mehnat va dam olish tartibini ta’minlamagan ish beruvchilar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘rsatilgan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Liniyaga taxografi yo‘q yoki nosoz taxograf bilan avtobuslarni chiqargan ish beruvchilar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘rsatilgan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Korxona haydovchining haqiqiy ishlash va dam olish tartibini tasdiqlovchi hujjatlarni, taxograf yozuvlarini, foydalanilgan shaxsiy nazorat kitobchalarini oxirgi yozuv qayd etilgan kundan boshlab o‘n ikki oy davomida saqlashi va nazoratchi talabiga binoan unga taqdim etishi kerak.
Har bir avtobus haydovchisi kun davomida shaxsiy nazorat kitobchasiga dam olish soatlarini qayd etib borishi kerak. U o‘z yonida nazorat kitobchasini olib yurishi va nazoratchi talabiga ko‘ra taqdim etishi kerak. Agar avtobus elektron yoki raqamli nazorat moslamasi (taxograf) bilan jihozlangan bo‘lsa nazorat kitobchasi bo‘lishi talab etilmaydi.
Avtobus haydovchilarining smenalar orasidagi dam olish vaqtini aniqlash yo‘l varaqasidagi haqiqiy garajdan chiqish ma’lumotlari bilan avvalgi kun uchun garajga kirib kelganlik ma’lumotlarini taqqoslash yo‘li bilan Chipta-hisob va yo‘l varaqalarini to‘ldirish bo‘yicha yo‘riqnomaga mos ravishda amalga oshiriladi.


Bu ham qiziq

Toshkentda Epica yonib ketdi

Toshkentda Epica yonib ketdi

“Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda”, – deyiladi x…
08:45 / 07.05.2025
Ilhom Aliyev  9-may kuni Moskvada bo‘lib o‘tuvchi bayramga borishdan bosh tortdi

Ilhom Aliyev  9-may kuni Moskvada bo‘lib o‘tuvchi bayramga borishdan bosh tortdi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev G‘alabaning 80 yilligini nishonlash uchun Moskvaga borishdan bosh tortdi. Bu haqda Rossiy…
21:57 / 07.05.2025
O‘zbekistonda sirtqi ta’lim bo‘yicha qabul butunlay to‘xtatildi

O‘zbekistonda sirtqi ta’lim bo‘yicha qabul butunlay to‘xtatildi

Prezidentning “Ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha cho…
22:03 / 06.05.2025
O‘zbekistonda yuqumli bo‘lmagan kasalliklar iqtisodiyotga har yili 1 mlrd dollar zarar keltiradi

O‘zbekistonda yuqumli bo‘lmagan kasalliklar iqtisodiyotga har yili 1 mlrd dollar zarar keltiradi

Shavkat Mirziyoyev raisligida tibbiyot sohasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
14:29 / 07.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Fridrix Mersga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Fridrix Mersga tabrik yo‘lladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federativ Respublikasi Federal Kansleri Fridrix Mersni ushb…
20:08 / 07.05.2025
Toshkent shahridagi “G‘alaba bog‘i” uch kunga yopiladi

Toshkent shahridagi “G‘alaba bog‘i” uch kunga yopiladi

“G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida Xotira va qadrlash kuniga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida uning tarkibidagi “Sho…
18:34 / 06.05.2025
Rossiya Kiyevga “Oreshnik” bilan zarba beradi, agar…

Rossiya Kiyevga “Oreshnik” bilan zarba beradi, agar…

RF Ukrainaning 9-may kuni Moskvaga ehtimoliy hujumiga qanday javob qaytarilishini ma’lum qildi.
14:20 / 07.05.2025
Yangi tashkil etiluvchi ta’lim tashkilotlari faoliyati ikki bosqichda yo‘lga qo‘yiladi

Yangi tashkil etiluvchi ta’lim tashkilotlari faoliyati ikki bosqichda yo‘lga qo‘yiladi

Prezident farmonga ko‘ra, 2025-yil 1-iyuldan yangi tashkil etiladigan ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish ikki b…
12:23 / 07.05.2025
Tramp Kanada bosh vaziriga mamlakatini AQSh tarkibiga qo‘shishni taklif qildi

Tramp Kanada bosh vaziriga mamlakatini AQSh tarkibiga qo‘shishni taklif qildi

Bosh vazir Mark Karni bunga javoban “Kanada sotilmaydi!”, – deb javob berdi.
11:21 / 07.05.2025
O‘zbekistonga aprel oyida bir milliondan ortiq sayyoh tashrif buyurdi

O‘zbekistonga aprel oyida bir milliondan ortiq sayyoh tashrif buyurdi

O‘zbekistonda 2025-yil aprel oyida sayyohlar soni bo‘yicha rekord qayd etildi. Bir oy ichida bir milliondan ortiq chet ellik…
09:06 / 08.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!