$
12831.81 UZS
-25.54
163.75 UZS
0.3
14606.45 UZS
-66.36
34° Kechasi 23°

So‘nggi yillarda qurilish sohasidagi baxtsiz hodisalarning qurbonlari soni ma’lum qilindi

10:44 / 12.02.2020

Kecha, 11-fevral kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Qurilish vazirligi tomonidan matbuot anjumani tashkil etildi. Bo‘lib o‘tgan tadbirda sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ham so‘z bordi. 

Qayd etilishicha, hozirda vazirlik tomonidan qurilish ishlarida yangi texnologiyalar asosida ish boshlab yuborilgan. Lekin sohada haligacha qator kamchiliklar kuzatilmoqda.

Shuningdek, “Qishloq qurilish invest” tomonidan qilinayotgan ishlar keng jamoatchilikka yoritilmay kelingani tanqid ostiga olindi. 
– Barcha qilayotgan ishlarimizda kamchilik bor. Qurilishda ishlaydigan ishchilar yo‘l qo‘yayotgan kamchiliklar turli muamolarga sabab bo‘lmoqda. Endilikda ularni o‘qitib, soha bo‘yicha bilim berishni yo‘lga qo‘yamiz. Bular bir kunda hal bo‘ladigan ishlar emas. Biz bu sohada 20 yil bir joyda uyquda edik, kelinglar bizga yana 2 yil beringlar o‘zimizni ko‘rsatamiz, - dedi Toshkent shahar qurilish sohasidagi hududiy nazorat inspeksiyasi bosh inspektori Alijon Soatov.

Matbuot anjumanida so‘nggi yillarda respublika bo‘yicha juda ko‘p qurilish ishlari amalga oshirilgani va bu jarayonda ko‘plab baxtsiz hodisalar ham kuzatilgani haqida ham fikrlar eshitildi.

– Oxirgi uch yil ichida qurilish sohasida jami 302 ta baxtsiz qoidalar qayd etilgan. Baxtsiz hodisa oqibatida 119 nafar ishchilar vafot etgan, 117 nafari turli xildagi og‘ir tan jarohatlari olib, mehnatga yaroqsiz bo‘lib qolgan. Agar ishlayotgan ishchilar sug‘urta qilingan bo‘lsa, ish beruvchi tomonidan ularga bir oy ichida kompensatsiya pullari to‘lab berilishi shart, - dedi Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha davlat mehnat inspektori Nozima Sulaymonova.


Bu ham qiziq

Mirziyoyev Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif bilan telefon orqali muloqot qildi

Mirziyoyev Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif bilan telefon orqali muloqot qildi

Pokiston Bosh vazirining joriy yil fevral oyida O‘zbekistonga tarixiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshi…
21:14 / 07.06.2025
Yangi hafta boshida qanday ob-havo kuzatiladi?

Yangi hafta boshida qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 9–11-iyun kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
14:46 / 07.06.2025
Rossiya Ukrainaga yirik havo hujumi uyushtirdi

Rossiya Ukrainaga yirik havo hujumi uyushtirdi

Ayrim rossiyalik OAVlar, masalan, “Argumenty i fakty” nashri bu keng ko‘lamli hujumni “qasos” deb atadi.
14:23 / 06.06.2025
6-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

6-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

Harorat kechasi 22-24 daraja, kunduzi 33-35 daraja bo‘ladi.
06:43 / 06.06.2025
Kim Chen In Ukrainaga qarshi urushda Rossiyani qo‘llashda davom etishga va’da berdi

Kim Chen In Ukrainaga qarshi urushda Rossiyani qo‘llashda davom etishga va’da berdi

Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi saytida xabar berildi.
14:55 / 05.06.2025
Rim papasi Putinni Ukrainada tinchlikka chaqirdi

Rim papasi Putinni Ukrainada tinchlikka chaqirdi

Vatikan 4-iyun kuni Rim papasi Lev XIV va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida telefon orqali suhbat bo‘lib o‘tganini…
13:07 / 05.06.2025
O‘zbekiston TIV rahbari Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashdi

O‘zbekiston TIV rahbari Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashdi

Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi Janobi Oliylariga qabul uchun minnatdorlik bildiramiz. O‘zbekiston Respubli…
11:33 / 07.06.2025
Bugun O‘zbekiston MTJ Jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqishi mumkin

Bugun O‘zbekiston MTJ Jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqishi mumkin

Uchrashuv BAAda Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
10:39 / 05.06.2025
Bugun barcha xodimlar 1 soat vaqtli ketishi mumkin

Bugun barcha xodimlar 1 soat vaqtli ketishi mumkin

Ertaga — Qurbon hayiti kuni, ya’ni rasmiy bayram va dam olish kuni.
09:40 / 05.06.2025
8-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

8-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

7-iyun kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab   qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumki…
09:11 / 08.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!