$
12712.05 UZS
-65.47
161.10 UZS
-0.44
14524.79 UZS
-65.86
32° Kechasi 20°

Xelsinkidagi g‘aroyib kutubxona

07:20 / 23.02.2019

Finlyandiya poytaxti aholisi Yevropadagi eng g‘aroyib kutubxona ochilishini uch yil kutishdi.

Library Oodi’da hamma narsa bepul: kitoblar, kinoteatr, turli ko‘ngilochar mashg‘ulotlar, 3D-printer va boshqa ko‘p narsalar.

Finlyandiyada o‘qishni juda yaxshi ko‘rishadi, har bir bolaning mutolaa chiptasi mavjud.

Mahalliy hukumat kutubxonalarga katta ko‘mak ko‘rsatadi. Oodi («Qasida») ham davlat mablag‘lari hisobidan ochilgan. Keling, undagi g‘aroyib jihatlarni ko‘zdan kechiramiz.

Kutubxona Finlyandiya parlamenti ro‘parasida qurilgan. Qurilishda eng ilg‘or texnologiyalarni qo‘llagan holda po‘lat va shishadan foydalanilgan.

Bino shaharning haqiqiy bezagiga aylandi. Kutubxona majmuasi 3 qavatdan iborat. Bino ichkarisiga yog‘och bilan ishlov berilgan, panoramali oynalar esa tabiiy yorug‘likni ta'minlaydi.

Loyiha ijodkorlari mutolaa uchun qulay hudud yaratishgan, biroq unga mehmonxona ko‘rinishi berilgan. Binoning birinchi qavatida kinoteatr, ma'ruza va ommaviy tadbirlarni o‘tkazish uchun zallar joylashgan. Shuningdek, u yerda o‘zingiz bilan olib kelgan yeguligingizni iste'mol qilish mumkin bo‘lgan qahvaxona ham bor.

Ikkinchi qavatda mashg‘ulotlar uchun ustaxonalar, kompyuterlar, nusxa ko‘chirish qurilmalari, 3D-printerlar, tikuv mashinalari, elektr anjomlari mavjud. Agar musiqani yoqtirsangiz, zamonaviy studiyada ovoz yozishingiz ham mumkin.

Majmuaning uchinchi qavatida barchamiz uchun odatiy ko‘rinishdagi, kitob jamg‘armasiga ega katta kutubxona joylashgan.

Xonani bezatish uchun tabiiy palmalardan foydalanilgan. Ular betakror qulaylik va ekzotik muhitni bergan holda yog‘och bochkalarda o‘sadi.

Bolalar uchun bino ichki qismida nafaqat o‘yin xonalari, balki divan, kreslo, mikroto‘lqinli pech va yo‘rgaklash stollari qo‘yilgan maxsus burchaklar ham bor.

Binoda chekish, texnika yonida ovqatlanish va yotib uxlash mumkin emas. Binoda turli tadbirlarni o‘tkazish mumkin.

Kitoblar kitobxonlarga 5 ta robot yordamida yetkaziladi.

Kutubxona shtati 54 kishidan iborat. Bundan tashqari, shtatda olim itlar ham bor. Jonivorlar endigina o‘qishni o‘rganayotgan bolalar oldida sabr bilan o‘tiradi. Ruhshunoslar fikricha, bu kabi ko‘mak bolalarga o‘qishni tezroq o‘zlashtirishda yordam beradi.

Kutubxonada ryukzak, ustara, tish pastasi, yig‘iladigan pichoqlar, ta'mirlash uchun anjomlar, durbinlar, bolalar kreslolari, stol o‘yinlari, avtomobil, chang‘i uchun tovarlarni ijaraga olish mumkin. Bu ro‘yxatni cheksiz ravishda davom ettirish mumkin.

Kutubxona boshqaruvchisining aytishicha, bu kabi xizmatlar tashrifchilar uylarini keraksiz buyumlarga to‘ldirmasliklari va zaruriyat tug‘ilganida barcha buyumlarni bepul olishlari uchun yo‘lga qo‘yilgan.


Bu ham qiziq

Bolgariya prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

Bolgariya prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radev 9–…
17:20 / 08.06.2025
Zelenskiy: “Tramp Rossiya Ukraina bilan urushda g‘alaba qozonadi, deb hisoblaydi”

Zelenskiy: “Tramp Rossiya Ukraina bilan urushda g‘alaba qozonadi, deb hisoblaydi”

“Menimcha, Tramp buni ochiqchasiga aytgan va u bu fikrini atrofidagi bir nechta odamlarga ham bildirgan”, — dedi Ukraina pre…
11:49 / 09.06.2025
10-iyun “Bunyodkor” stadioni atrofidagi ko‘chalarda avtomobil harakati chekla

10-iyun “Bunyodkor” stadioni atrofidagi ko‘chalarda avtomobil harakati chekla

Shu kuni JCh-2026 saralash doirasida O‘zbekiston va Qatarni qabul qiladi.
20:29 / 08.06.2025
Yangi hafta boshida qanday ob-havo kuzatiladi?

Yangi hafta boshida qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 9–11-iyun kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
14:46 / 07.06.2025
Ilon Mask AQShda yangi siyosiy partiya tashkil etish niyatida ekanligini ma’lum qildi

Ilon Mask AQShda yangi siyosiy partiya tashkil etish niyatida ekanligini ma’lum qildi

Ushbu partiya “Amerika partiyasi” deb nomlanishi mumkin.
17:29 / 08.06.2025
Fransiya kompaniyasi Ukrainada dronlar ishlab chiqaradi

Fransiya kompaniyasi Ukrainada dronlar ishlab chiqaradi

Renault kompaniyasi Fransiya Mudofaa vazirligi ularga “dronlarni ishlab chiqarish imkoniyati to‘g‘risida murojaat qilganini”…
09:28 / 09.06.2025
“O‘zgidromet” ogohlantirish bilan chiqdi

“O‘zgidromet” ogohlantirish bilan chiqdi

Joriy yilning 10–16-iyun kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel…
17:16 / 09.06.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi davlatlarga sayohat qilishmoqda?

O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi davlatlarga sayohat qilishmoqda?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-aprel oylarida jami 2 116,9 ming nafar O‘zbekiston fuq…
10:28 / 08.06.2025
8-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

8-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

7-iyun kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab   qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumki…
09:11 / 08.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!