Chexiya Respublikasidagi milliy kutubxona Klementinum binolar majmuining bir qismini egallagan. Ushbu majmua barokko uslubida qad rostlagan eng chiroyli inshootlardan biri bo‘lib, uning dizayni kishini lol qoldiradi. 1722 yilda bu yerda iyezuitlar universiteti ochilgan. 1781 yilda esa chex tilida yozilgan adabiyotlar kolleksiyasi yig‘iladigan joy —Bibliotheca Nationalis tashkil etildi. Bugun kutubxonada 20 mingdan ziyod kitob mavjud. Kam uchraydigan tarixiy kitoblar yaqinda skanerdan o‘tkaziladi va Google Books ga joylashtiriladi.
Klementinum haqida bir qancha qiziqarli faktlar yuradi: u jahondagi uchinchi eng yirik iyezuitlar o‘quv muassasasi; bu yerda ob-havoni kuzatish ishlari 1775 yilda boshlangan; Klementinum mashhur ispan romannavisi Xorxe Luis Borxesning asarida uchraydi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!