Bugun UZ Football Awards-2021 taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Unda ortda 2021-yilda Oʻzbekistonning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
“Toʻgʻrisini aytsam bu sovrinni yutganimdan koʻp xursand boʻlmoqchi emasman. Sababi birinchisini yutganimdan keyin bir yil pauza boʻlib qoldi. Hisoblab koʻrsam, Odil akaning (Ahmedov) rekordini yangilay olmas ekanman (kuladi). Albatta bu hazil.
Yoshligimda koʻpchilik oʻzbekistonlik futbolchilar ham dunyoning kuchli ligalarida oʻynay oladimi degan savol berishardi. Oʻz oʻyinlarim bilan oʻsha savollarga javob berdim, menimcha.
Bu yil koʻproq omadim keldi deb oʻylayman, chunki Jaloliddin Masharipov ham, Husayn Norchayev ham sovrin uchun munosib oʻyin namoyish etishgan edi. Barchaga rahmat aytaman”, — dedi Eldor Shomurodov.
Maʼlumot uchun, Shomurodov 2019-yilda ham Oʻzbekistonning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!