Qalin qor yog‘ganligi tufayli “Taxtaqoracha” dovoni vaqtincha yopildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bugun, 13-dekabr kuni soat 14:00dan Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining “Taxtaqorcha” dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Bunga yo‘lning dovon qismida tinimsiz yoqqan qor va yo‘lning yuza qismida muzlamalarning hosil bo‘lishi sabab bo‘lgan.
Xabarda aytilishicha, FVV hamda tegishli tashkilotlar mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!