Barcha hokimliklarda ish haqi oshiriladi
Ishchan va jozibador muhit yaratish uchun.
1-avgustdan barcha viloyat va tuman hokimliklarida ish haqi oshiriladi, xodimlarga ishiga qarab oylik ustama va qo‘shimcha bonus beriladi. Bu haqda 16-iyundagi Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilingandi.
Chiqindidan qarzi borlar “svet” uchun pul to‘lolmaydi
O‘zbekistonda chiqindidan qarzdor iste’molchilarning elektr energiyasi uchun to‘lov qilish imkoniyatini cheklash 2025-yil 1-avgustdan boshlanadi.
Oyliklar va stipendiyalar oshadi
1-avgustdan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi. Ushbu sanadan e’tiboran mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 271 000 so‘m, bazaviy hisoblash miqdori – 412 000 so‘m etib belgilanadi.
Byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqlari, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshirilishi bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Bazaviy hisoblash miqdori oshiriladi
Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori amaldagi 1 mln 155 ming so‘mdan 1 mln 271 ming so‘mga oshirildi.
Bazaviy hisoblash miqdori esa 412 ming so‘mga yetkaziladi. Amalda bu 375 ming so‘mni tashkil etgandi.
Jarimalar ham oshadi
• Taqilmagan kamar uchun – 206 000 so‘m;
• Texnik ko‘rik, birinchi tibbiy yordam to‘plami bo‘lmaganlik uchun – 206 000 so‘m;
• Transport vositasini hujjatsiz haydaganlik uchun – 412 000 so‘m;
• Transport vositasini sug‘urtasiz haydash – 412 000 so‘m;
• Svetoforda qizil chiroqdan o‘tish – 824 000 so‘m;
• Noqonuniy parkovka qilganlik uchun ham – 824 000 so‘m;
• Davlat raqamisiz avtomobilni boshqarish – 2 mln 60 ming so‘m;
• Tezlik (+20 km/soat) – 412 000;
• Tezlik (+20-40 km/soat) – 2 mln 60 ming ming so‘m;
• Tezlik (+40-60 km/soat) – 3 mln 708 ming so‘m;
• Tezlik (+60 km/soat) – 6 mln 180 ming so‘m;
• Qarama-qarshi tirbandlikda harakatlanganlik uchun – 4 mln 120 ming so‘m;
• Mast holatda transport vositasini boshqarish – 10 mln 300 ming so‘m va 3 yilgacha mashina boshqarish huquqidan mahrum qilish;
• Ruxsatsiz rang berganlik – 10 mln 300 ming so‘m;
• “Tonirovka”dan bir yilda takroran ruxsatsiz foydalanish uchun esa – 16 mln 480 000 so‘m jarima to‘lanadi.
• Shuningdek, belgilanmagan joyga chiqindi tashlash Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga asosan, 412 mingdan 1 mln 236 ming so‘mgacha, jamoat joylarida sigaret chekkanlik uchun esa 137 ming so‘m jarimaga tortiladi.
Davlat xizmatchilarining vazni nazorat qilina boshlaydi
Endilikda O‘zbekistonda davlat xodimlarining tana vazni o‘lchab boriladi va bu haqdagi ma’lumotlar maxsus platformaga joylanadi. Bu haqda kecha, 19-iyun kuni qabul qilingan “Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yo‘naltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmonida so‘z boradi.
Unga ko‘ra, joriy yil 1-avgustdan boshlab davlat organlari va tashkilotlarida har ish kunining muayyan vaqtlarida jismoniy tarbiya va harakat faolligi bo‘yicha tadbirlar o‘tkazib boriladi.
Davlat organlari xodimlarning vakillik organlari bilan hamkorlikda:
• Imkoniyatdan kelib chiqqan holda tashkilot hududida sport zonalari tashkil etiladi;
• Xodimlar jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishi ta’minlanadi;
• Sport targ‘ibotchilari tomonidan xodimlar o‘rtasida tana vazni indeksi o‘lchab borilishini hamda har bir xodim bo‘yicha ma’lumotlarning “hrm.argos.uz” platformasiga muntazam kiritib borilishi ta’minlanadi;
• Xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarziga rioya etilishi bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirib boriladi.
• Ba’zi oilalar bolalar bog‘chasi to‘lovlari uchun kompensatsiya oladi
• Kompensatsiya uchun mablag‘lar davlat byudjetidan ajratilib, oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yuboriladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!