$
12720.00 UZS
-7.96
140.04 UZS
0.58
13827.91 UZS
46.07
25° Kechasi 14°

O‘zbekistonda 4 ta sug‘urta kompaniyaning litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

13:45 / 03.06.2022

O‘zbekistonda to‘rtta sug‘urta kompaniyaning litsenziyasi 10 kun muddatga to‘xtatildi, ularga ushbu davr mobaynida yangi shartnomalar imzolash taqiqlanadi. Bu haqda Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 32-moddasiga asosan lisenziya talablari va shartlari buzilishi aniqlanganligi sababli, “SEMURG SUG‘URTA” AJ QKning 2022-yil 25-fevraldagi SF 00039-sonli, “ISHONCH SUG‘URTA KOMPANIYASI” AJ QKning 2022-yil 25-fevraldagi SF 00045-sonli, “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning 2017-yil 11-dekabrdagi SF 00222-sonli hamda “XALQ SUG‘URTA” AJning 2022-yil 25-fevraldagi SF 00054-sonli lisenziyalarining amal qilish muddati 2022-yil 3-iyun sanasidan boshlab o‘n kun muddatga to‘xtatilgan.

Qayd etilishicha, ushbu davr mobaynida sug‘urtalovchiga yangi sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini tuzish, shu jumladan amaldagi sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini uzaytirish taqiqlanadi. Ilgari tuzilgan sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalari bo‘yicha esa o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini belgilangan tartibda bajarishi shart.

“Sug‘urta tashkilotlari tomonidan ular faoliyatidagi qonunchilik talablarining buzilishi holatlari bartaraf etilganligini asoslovchi hujjatlar ushbu muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligiga taqdim etilishi lozim. Aks holda, ushbu sug‘urta tashkilotlariga nisbatan sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalarining amal qilishini qonunchilikda belgilangan tartibda o‘n kundan ortiq, lekin olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatish choralari ko‘riladi”, deyiladi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi xabarida.


Bu ham qiziq

Hududlarda “IT-shaharcha”lar tashkil etiladi

Hududlarda “IT-shaharcha”lar tashkil etiladi

Bu bo‘yicha Prezident Qarori qabul qilindi.
09:52 / 17.05.2024
Bugun, 17-may kuni ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Bugun, 17-may kuni ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘adi

“O‘zgidromet” 17-may, juma kuni kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
07:22 / 17.05.2024
O‘zbekistonda rasman ishlayotgan pensionerlar soni ochiqlandi

O‘zbekistonda rasman ishlayotgan pensionerlar soni ochiqlandi

Shundan 234 044 nafari erkaklar.
16:56 / 17.05.2024
Iyun oyidan boshlab poyezdlardagi ba’zi yo‘nalishlarda qo‘shimcha qatnov yo‘lga qo‘yiladi

Iyun oyidan boshlab poyezdlardagi ba’zi yo‘nalishlarda qo‘shimcha qatnov yo‘lga qo‘yiladi

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ iyun oyidan quyidagi poyezdlarning qo‘shimcha qatnovini yo‘lga qo‘yadi.
17:09 / 17.05.2024
Ijtimoiy tarmoqlarning salomatlikka foydasini oshirishga doir maslahatlar

Ijtimoiy tarmoqlarning salomatlikka foydasini oshirishga doir maslahatlar

Yana 45 foiz foydalanuvchi esa ijtimoiy tarmoqlar ham foydali, ham zararli deb javob bergan.
15:53 / 17.05.2024
“Bilasizlarmi, penaltini urolmaganidan keyin 3 kun uxlolmay chiqdim. Uning oʻrniga oʻzim boʻlsam, deyman-da” – Shavkat Mirziyoyev

“Bilasizlarmi, penaltini urolmaganidan keyin 3 kun uxlolmay chiqdim. Uning oʻrniga oʻzim boʻlsam, deyman-da” – Shavkat Mirziyoyev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston U-23 terma jamoasining Osiyo kubogi finali va Parij-2024 …
09:34 / 17.05.2024
Kuchli yomgʻir va shamol natijasida qariyb 67 ming isteʼmolchi “svet”siz qoldi

Kuchli yomgʻir va shamol natijasida qariyb 67 ming isteʼmolchi “svet”siz qoldi

Soat 10:00 holati boʻyicha mamlakatimiz boʻylab yuz berayotgan kuchli yomgʻir va shamol natijasida 6-10 kVli 190 ta fider 27…
11:55 / 18.05.2024
Surunkali holsizlikka nima sabab bo‘lishi mumkin?

Surunkali holsizlikka nima sabab bo‘lishi mumkin?

Kun boshlanishidayoq charchoqni his qilish sababi nimadaligi va bunday holatda nima qilinishi kerakligiga to‘xtalamiz.
14:58 / 17.05.2024
Bishkekdagi vaziyat barqarorlashdi

Bishkekdagi vaziyat barqarorlashdi

Qirg‘iziston poytaxtidagi bir qator tumanlarda chet elliklar, asosan osiyoliklar ommaviy yashaydigan joylarda mahalliy aholi…
11:08 / 18.05.2024
Malayziya Bosh vaziri Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi

Malayziya Bosh vaziri Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi

Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi xabar berdi.
15:51 / 17.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!