$
12668.14 UZS
-46.99
161.15 UZS
-0.6
14640.57 UZS
-89.91
40° Kechasi 25°

O‘zbekistonda pedagoglar faoliyati boshqa tashkilotlar tomonidan nazorat qilinishi haqidagi xabarlar asossiz – Dilfuza Sobirova

10:12 / 11.02.2024

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston maktablaridagi inspektor-psixologlar shtati IIVdan Milliy gvardiya tizimiga o‘tkazilishi haqida xabar berilgandi. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirovaning ma’lum qilishicha, shundan so‘ng pedagoglar faoliyati boshqa tashkilotlar tomonidan nazorat qilinadi, degan mazmunda asossiz xabarlar tarqaldi.

“Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida faoliyat olib borayotgan hurmatli pedagoglar, maktab direktorlari va soha mas’ullari! Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi maktab o‘qituvchilari va xodimlarining ishga kelib-ketishi yoki boshqa mehnat majburiyatlariga amal qilish jarayonlari vazirlik va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan tartibga solinadi. Pedagoglar faoliyati boshqa tashkilotlar tomonidan nazorat qilinadi, degan mazmunda tarqatilayotgan xabarlar asossiz ekanini ma’lum qilamiz”, – deydi vazirlik axborot xizmati rahbari.

Maktablardagi inspektor-psixologlar shtati IIVdan Milliy gvardiya tizimiga o‘tkazilishi 5-fevral kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda e’lon qilindi.

Dilfuza Sobirova shu munosabat bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Milliy gvardiya mas’ul xodimlaridan iborat ishchi guruh a’zolari O‘zbekistondagi qator umumta’lim muassasalarida o‘quvchilarning darslardagi ishtirokini ta’minlash, ularning ta’lim-tarbiyasini ota-onalar va mahalla faollari bilan hamkorlikda tashkil etish bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borayotganini qayd etdi.

Shuningdek, yolg‘on va asossiz mazmundagi xabarlarni tarqatganlik uchun mamlakat qonunchiligiga muvofiq tegishli jazo choralari qo‘llanishini eslatib o‘tdi.


Bu ham qiziq

DXX Qashqadaryoda soliq idorasi mansabdorining noqonuniy harakatini fosh qildi

DXX Qashqadaryoda soliq idorasi mansabdorining noqonuniy harakatini fosh qildi

Ular 360 mln so‘mlik soliq qarzdorligi sabab MChJga qo‘yilgan taqiqni olib tashlashni va’da qilgan.
09:56 / 16.06.2025
Erondagi o‘zbekistonliklar Turkmaniston orqali evakuatsiya qilindi

Erondagi o‘zbekistonliklar Turkmaniston orqali evakuatsiya qilindi

Erondagi xorijiy diplomatlar, ularning oila a’zolari va boshqa fuqarolar Turkmaniston orqali evakuatsiya qilindi. Bu haqda T…
09:28 / 16.06.2025
Isroilning keyingi nishoni Oyatulloh Ali Xomanaiy bo‘lishi mumkin

Isroilning keyingi nishoni Oyatulloh Ali Xomanaiy bo‘lishi mumkin

The Wall Street Journal bu haqda isroillik manbalariga tayanib xabar bermoqda.
12:41 / 15.06.2025
18-iyunda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

18-iyunda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutil…
18:05 / 17.06.2025
O‘zbekiston TIV Eron va Isroil hududida bo‘lib turgan fuqarolarni ogohlantirdi

O‘zbekiston TIV Eron va Isroil hududida bo‘lib turgan fuqarolarni ogohlantirdi

Shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi holatni doimiy ravishda monitoring qilishi va zaruratga qarab qo‘shimcha axborot berilis…
09:50 / 17.06.2025
Yer, mol-mulk, suv soliqlarini undirishning yangi mexanizmi ishlab chiqiladi

Yer, mol-mulk, suv soliqlarini undirishning yangi mexanizmi ishlab chiqiladi

Yil boshidan hududlarda byudjetga tushum 26 foizga o‘sdi. Lekin Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Qashqadaryo va Xorazmda o‘sish res…
12:35 / 16.06.2025
Mirziyoyev: “Tinchlik, adolat va inson qadrini ulug‘lashga bo‘lgan ehtiyoj har qachongidan ham oshib boryapti”

Mirziyoyev: “Tinchlik, adolat va inson qadrini ulug‘lashga bo‘lgan ehtiyoj har qachongidan ham oshib boryapti”

Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.
10:02 / 16.06.2025
Qoidabuzarlik uchun qaror bir oydan kechiktirilsa, jazo qo‘llanilmaydi

Qoidabuzarlik uchun qaror bir oydan kechiktirilsa, jazo qo‘llanilmaydi

Endilikda palasani bosganlik holati kameraga qayd etilmaydi.
15:07 / 17.06.2025
Eron Isroilga “Haqiqiy va’da” operatsiyasi doirasida hujumlar uyushtirdi

Eron Isroilga “Haqiqiy va’da” operatsiyasi doirasida hujumlar uyushtirdi

Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, 1-iyunga o‘tar kechasi Eron Isroilga 100 dan ziyod raketalar uchirgan.
10:50 / 16.06.2025
16-iyun kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida harorat 44 darajagacha ko‘tariladi

16-iyun kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida harorat 44 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 16-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulut…
14:58 / 15.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!