$
11899.09 UZS
1.19
₽
141.53 UZS
1.35
€
13298.42 UZS
-37.94
31° Kechasi 18°

Shoshilinch hayotdan sokinlik sari: “Slow living” nima va nega hozir buning ayni payti?

12:18 / 26.05.2025

Agar atrofga shoshmasdan, birozgina e’tibor bilan qarasangiz, hamma narsa hamda bizning harakatlarimiz ham tezlashib ketgan. Tez ovqatlanamiz, tez gapiramiz, tez fikrlaymiz, tez yuramiz. Hamisha qayergadir shoshamiz. Hayotimizda: bandlik, stress, charchoq kabi so‘zlar ko‘payib bormoqda. Har kuni ish, o‘qish, ijtimoiy tarmoqlar, ma’lumot oqimi, oilaviy va ijtimoiy majburiyatlar orasida yugurib yuribmiz. Chunki, tezroq o‘rganishimiz, tezroq o‘sishimiz, tezroq muvaffaqiyatga erishishimiz, tezroq natija ko‘rsatishimiz kerak. Xo‘sh, bu tezkorligimizning badali bormi? Ha, juda katta: ruhiy charchoq, diqqat buzilishi, ichki bo‘shliq va hayotdan zavq olmaslik. Shu sababli “sekin yashash” falsafasiga yuz tutmoqdamiz. Bu oddiy, biroq chuqur savolni o‘rtaga tashlaymiz: sekin yashash – orqaga qaytishmi yoki oldinga yurishning boshqacha yo‘limi?

Sekin hayot (slow living) nima?

“Slow living” — bu har bir kunni, har bir harakatni, har bir daqiqani ongli ravishda yashash falsafasi. Uning markazida shoshmaslik, sifatga urg‘u berish, hayotdan zavq olish, va muvozanatli yashash turadi. Bu “ertalab 9 da ishga borishni bas qil!” degani emas. Aksincha, har kuni o‘zingizni eslab yashash degani.

Slow living – bu:
Ko‘p emas, kamroq va mazmunli ish qilish;
Har narsani “tezroq” qilish emas, ongli va sifatli bajarish;
Har lahzadan rohat olishga o‘rganish;
“Ishlab yashash” emas, yashab ishlash.
Bu hayot tarzi insonni o‘ziga qaytaradi. Chunki inson mashinamas, balki his qiladigan, charchaydigan va baxtni his etishga qodir mavjudotdir.

“Sekin yashash” falsafasining qisqacha tarixi


“Slow living” harakati rasmiy ravishda 1986-yilda Italiyada boshlangan. Rim shahrida tez ovqatlanish restoranlarining (ayniqsa McDonald’s) ko‘payishiga qarshi chiqqan jurnalist Carlo Petrini “slow food” harakatini boshlab berdi.
Uning aytishicha, inson ovqatni tez yeyish emas, tayyorlash, his qilish, va lazzatlanish uchun iste’mol qilishi kerak. Bu fikr keyinchalik butun hayot tarziga yoyildi:
slow food → slow travel → slow work → slow life.
Bugun “slow living” butun dunyoda tarqalib, zamonaviy odamlar orasida jiddiy e’tibor qozonmoqda. Ayniqsa pandemiyadan so‘ng ko‘plab insonlar bu falsafani o‘rganishga harakat qilmoqda.

“Miya chirishi” — zamonaviy hayotning yashirin xavfi


Har kuni yuzlab bildirishnomalar, minglab ma’lumotlar, videolar, yangiliklar, tanqidiy izohlar bizning miyamizga “oqayotgan” bo‘lsa, bu nimaga olib keladi? Miya charchaydi. Bunga ba’zilar “miya chirishi” (ya’ni mental overstimulation) deb nom berishmoqda.
Bu holatda odam:
Bir narsaga to‘liq diqqat qila olmaydi;
Doimiy charchoqda bo‘ladi;
Dam olish paytida ham o‘zini bezovta his qiladi;
Qisqa video, qisqa post, tez zavqga o‘rganib qoladi;
Ko‘p o‘qiy olmaydi, murakkab fikrlardan qochadi;
Slow living falsafasi aynan mana shu muammoni yumshatadi. Chunki u shoshqaloqlik, ortiqcha tashvish, va uzluksiz stimulyatsiyaga “YO‘Q” deydi.

Sekin yashashning 5 asosiy afzalligi
“Sekin yashash” faqatgina xotirjam yurish yoki ko‘proq dam olish emas. Bu — hayot sifatini oshiradigan ongli tanlovlar majmuasi. Quyida “slow living” falsafasining inson hayotiga olib keladigan eng muhim besh afzalligiga to‘xtalamiz:
1. Ruhiy salomatlik yaxshilanadi
Shoshqaloqlik, ortiqcha yuklama, ijtimoiy tarmoqlardagi solishtirishlar inson ruhiyatini yemiradi. Sekin yashash esa nafas olishga, hayotdan zavq olishga vaqt beradi. Bu esa stressni kamaytiradi, xavotirni kamaytiradi va ichki tinchlikni tiklaydi.
2. Diqqat va e’tibor ortadi
Sekin yashash — bu bir ishni bir vaqtda qilish. Bu tarzda siz har bir vazifaga chuqurroq e’tibor berasiz, natijada ish samaradorligi oshadi. Bu ayniqsa o‘quvchilar, talaba va ijodkorlar uchun foydali.
3. Munosabatlar mustahkamlanadi
Sekin yashovchi inson yaqinlariga ko‘proq vaqt ajratadi. Tezkor muloqot o‘rniga haqiqiy suhbatlar, samimiy munosabatlar quriladi. Bu esa oilaviy va ijtimoiy aloqalarni mustahkamlashga yordam beradi.
4. Sog‘liq yaxshilanadi
Sekin hayot ovqatlanishdan tortib uyqu tartibigacha bo‘lgan odatlarni o‘zgartiradi. Siz ko‘proq uxlay boshlaysiz, sog‘lom ovqatlanasiz, tabiat bilan yaqin bo‘lasiz. Bu esa umumiy sog‘lig‘ingizni tiklaydi.
5. Hayotdan rohat olish osonlashadi
Odamlar tez-tez shunday deyishadi: “hayot o‘tib ketdi, sezmabman.” “Slow living” esa har daqiqani his qilish imkonini beradi. Yomg‘ir tovushidan, nonushta hididan, yaqinlar bilan suhbatdan zavqlanish – bu “kichik” lekin ulkan baxt manbai.

Hayotingizni sekinlashtirish uchun 7 oddiy qadam


Endi esa “slow living” hayot tarzini amalda qanday boshlash mumkin, degan savolga javob beramiz. Quyidagi qadamlardan bir nechtasini hayotingizga kiritish bilan siz katta o‘zgarishlarga qadam qo‘ygan bo‘lasiz:
1. Kun davomida telefondan foydalanishni kamaytiring
Bildirishnomalarni o‘chirib qo‘ying. Ertalab va kechqurun 1 soatga telefonni chetga qo‘ying.
2. Har kuni 10 daqiqa tabiatda sayr qiling
Sun’iy shovqinlardan uzoqlashib, daraxtlar, qushlar yoki quyosh nuri bilan muloqot qiling.
3. Harakatlaringizni ongli bajaring
Choy ichayotganingizda faqat choy iching. Ovqat yeyayotganda ekranlarga qaramang. Har bir lahzani sezishga harakat qiling.
4. “Yo‘q” deyishni o‘rganing
Hammaning iltimosini bajarishga harakat qilmang. Bu sizni ortiqcha band qiladi. Vaqtingizni qadrlang.
5. Vaqt jadvaliga “bo‘sh vaqt”ni ham qo‘shing
Faqat ish yoki majburiyatlar emas, balki hech narsa qilmaslik uchun ham vaqt ajrating.
6. Minimalistik turmushga o‘ting
Ortiqcha xaridlar, keraksiz narsalardan voz keching. Kam, lekin kerakli narsalar bilan yashash osonlik beradi.
7. Nafas oling — chuqur va ongli ravishda
Har kuni bir necha daqiqa davomida chuqur nafas olish texnikasini bajaring. Bu stressni kamaytiradi va sizni “hozir”ga qaytaradi.


Hayotni his qilib yashash uchun bugun ham kech emas


Sekin yashash bu — oddiylikka qaytish emas, ongli hayot tarziga o‘tish. Hamma joyga ulgirish, har sohada mukammal bo‘lish, doim faol ko‘rinish — bu zamonaviy hayot bosimining bo‘yinturuqlari. “Slow living” esa sizga yangi nafas, yangi nigoh, va haqiqiy yashash hissini beradi.

Asta yurish — sekinlashish emas, balki har bir qadamning qadriyatini anglashdir. Hayot bir marotaba beriladi. Uni shunchaki o‘tkazib yuborish emas, balki har kunini his qilib yashash eng katta baxtdir.


Maqola muallifi Munisaxonim Irisova


Lifestyle


														
														13-oktyabr — TARIX IZLARIDA

13-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim tarixiy voqealar
08:35 / 13.10.2026

														
														4-oktyabr — TARIX IZLARIDA

4-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim tarixiy voqealar
08:21 / 04.10.2026

														
														2-oktyabr — TARIX IZLARIDA

2-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim voqealar
08:50 / 02.10.2026

														
														30-SENTYABR: TARIX IZLARIDA

30-SENTYABR: TARIX IZLARIDA

Muhim voqealar
09:58 / 30.09.2026

														
														“Dars” filmi kinoteatrlarda namoyish etila boshlandi

“Dars” filmi kinoteatrlarda namoyish etila boshlandi

Kechcha, 24-sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Dars” badiiy filmining премьераси bo‘lib o‘tdi, bugundan…
13:40 / 25.09.2026

														
														“Uyda yolg‘iz 2” filmi aktyori Tim Karri 80 yoshida vafot etdi

“Uyda yolg‘iz 2” filmi aktyori Tim Karri 80 yoshida vafot etdi

Britaniyalik aktyor Tim Karri 80 yoshida vafot etdi. U 25-avgust kuni Los-Anjelesdagi uyida hayotdan ko‘z yumgan. Aktyorning…
11:47 / 27.08.2026

														
														Mashhur bloger narkotik savdosida gumonlanib qo‘lga olind

Mashhur bloger narkotik savdosida gumonlanib qo‘lga olind

TikTok’da “Doctor Food” nomi bilan tanilgan, 8 milliondan ortiq obunachiga ega bloger Jorj Dib Livanda qo‘lga olindi. Bu haq…
11:10 / 24.08.2026

														
														AQShda ayol ChatGPT yordamida sudda g‘alaba qozondi

AQShda ayol ChatGPT yordamida sudda g‘alaba qozondi

Nyu-Yorklik tadbirkor Steysi Dennett ChatGPT yordamida 2 ming dollarlik qarzdan qutuldi.
20:17 / 15.10.2025

														
														Trendlar tufayli yo‘qotilayotgan o‘zlik

Trendlar tufayli yo‘qotilayotgan o‘zlik

Trend ortidan quvish, go‘yoki boshqalardan orqada qolmaslikka urinish insonni o‘zidan uzoqlashtiradi. U Instagram’dagi “idea…
12:17 / 10.08.2025

														
														Tailandga turistik maqsadlarda safar qilgan o‘zbekistonliklar soni 2,3 barobarga ortgan

Tailandga turistik maqsadlarda safar qilgan o‘zbekistonliklar soni 2,3 barobarga ortgan

Bu borada statistik ma’lumotlar ochiqlandi
22:27 / 28.07.2025

Bu ham qiziq

Toshkentda 1,2 kilogrammdan ortiq sintetik giyohvandlik moddasi musodara qilindi

Toshkentda 1,2 kilogrammdan ortiq sintetik giyohvandlik moddasi musodara qilindi

Toshkentda sintetik giyohvandlik moddalarini tarqatishda gumonlangan shaxs ushlandi. Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) ma’lumo…
09:35 / 10.10.2026
Bo‘stonliqda 4 gektar yerning toifasini o‘zgartirib berishni va’da qilgan shaxs 100 ming dollar bilan ushlandi

Bo‘stonliqda 4 gektar yerning toifasini o‘zgartirib berishni va’da qilgan shaxs 100 ming dollar bilan ushlandi

Bo‘stonliqda 4 gektar yerning toifasini o‘zgartirib berishni va’da qilgan shaxs 100 ming dollar bilan ushlandi
11:19 / 13.10.2026
O‘zbekistonda 9 oyda 1 441 ta poraxo‘rlik jinoyati aniqlandi – IIV

O‘zbekistonda 9 oyda 1 441 ta poraxo‘rlik jinoyati aniqlandi – IIV

O‘zbekistonda joriy yilning to‘qqiz oyida 3 tonnadan ortiq giyohvandlik vositasi noqonuniy muomaladan olib qo‘yildi, 319 ta …
15:43 / 09.10.2026
Olmazorda yuk mashinasi uchta transport vositasiga urildi

Olmazorda yuk mashinasi uchta transport vositasiga urildi

Toshkent shahrining Olmazor tumanida FAW rusumli yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, svetoforning qizil chirog‘i…
09:33 / 10.10.2026
Turkiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi

Turkiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi

15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarga qo‘shimcha cheklovlar bilan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishga ruxsat beriladi.
17:20 / 10.10.2026
Istanbul aeroportida hushidan ketgan 19 yoshli o‘zbekistonlik Vatanga qaytarildi

Istanbul aeroportida hushidan ketgan 19 yoshli o‘zbekistonlik Vatanga qaytarildi

Turkiyada sog‘lig‘i yomonlashib, Istanbul aeroportida hushini yo‘qotgan 19 yoshli O‘zbekiston fuqarosi davolanib, Vatanga qa…
10:14 / 12.10.2026
“Real Sanjik” ishi: Sanjar Karimovga chiqarilgan hukm o‘zgarishsiz qoldirildi

“Real Sanjik” ishi: Sanjar Karimovga chiqarilgan hukm o‘zgarishsiz qoldirildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida 8-oktabr kuni “Real Sanjik” nomi bilan tanilgan tadbirkor Sanjar Karimovga n…
17:51 / 08.10.2026
Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladiToshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladiToshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi

O‘zbekistonda ilk bor 2027-yil 4–5-fevral kunlari “Tashkent Content Market” (TCM) xalqaro kontent bozori o‘tkaziladi. Tadbir…
09:22 / 10.10.2026
O‘zbekistonda o‘z mobil palliativ xizmatiga ega ilk bolalar xospisi tashkil etilmoqda.

O‘zbekistonda o‘z mobil palliativ xizmatiga ega ilk bolalar xospisi tashkil etilmoqda.

Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
08:28 / 13.10.2026
Popda ozodlikdan mahrum etilgan shaxs apellyatsiya sudi qarori bilan ozod qilindi

Popda ozodlikdan mahrum etilgan shaxs apellyatsiya sudi qarori bilan ozod qilindi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyat sudi apellyatsiya instansiyasining 2026-yil 13-oktabr kuni e’lon qilingan ajrimi b…
09:14 / 13.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!