Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi harbiy xizmatchilari harbiy texnikalarda Rossiya Federatsiyasiga yordam berish uchun poligon hududida shay bo‘lib turgani, ammo vaziyat o‘zgargani uchun borishdan qoldirilgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Ushbu xabarlarga Mudofaa vazirligi Axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Munosabatda mazkur xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi, tasvirlangan videoda shu yilning mart oyida Chirchiq shahrida bo‘lib o‘tgan Vatanparvarlik festivaliga jalb etilgan texnikalar aks etgani aytilgan.
Respublikamizdagi barcha elektron nashrlar va blogerlardan ma’lumotlarni noto‘g‘ri talqin qilmasliklarini so‘raymiz. Eslatib o‘tamiz, asoslanmagan yolg‘on xabar tarqatganlik uchun javobgarlik mavjud, deyiladi xabarda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!