Markaziy bank bergan ma’lumotga ko‘ra, 2022-yil 1-yanvar holatiga muomaladagi naqd pullarning umumiy pul massasidagi ulushi 20 foizni tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 foiz bandga pasaygan. Ya’ni ayni vaqtda mamlakat umumiy pul massasi 140 trln 184 mlrd so‘mni tashkil qilib, muomaladagi naqd pullar miqdori 28 trln 657 mlrd so‘mni tashkil qiladi.
Mazkur miqdorning YAIMga nisbatan ulushi esa 4,1 foizdan 3,9 foizgacha pasaygan.
Qayd etilishicha, muomaladagi naqd pullar tarkibida asosan yirik nominaldagi banknotlar salmog‘ining oshishi hisobiga banknotlar umumiy soni sezilarli darajada kamaydi.
Jumladan, 2021-yil davomida muomalaga chiqarilgan naqd pullar tarkibida ularning so‘mdagi miqdori bo‘yicha 100 000 so‘mlik banknotlar ulushi – 7,5 foizga oshgan bo‘lsa, 50 000 so‘mlikning ulushi – 4,6 foizga, 10 000 so‘mlikning ulushi – 1,2 foizga, 5 000 so‘mlik – 3,4 foizga, 1 000 so‘mgacha – 0,7 foizga tushdi. Shuningdek, 2 000 so‘mlik (0,3 foiz) va 20 000 so‘mlik (2,1 foiz) namunadagi banknotlar muomalaga kiritildi.
Buning natijasida, muomalaga chiqarilgan banknotlar soni 492,4 mln. donaga yoki 18 foizga kamaydi.
Shu bilan birga, 2021-yil davomida qo‘shimcha 14,6 mlrd. so‘mlik yangi tangalar muomalaga chiqarilib, ularning jami muomaladagi naqd pullar tarkibidagi miqdoriy salmog‘i 0,16 foizga yetdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!